59
UMUMIY XULOSALAR
1.
Ishimizda qobiliyatlilik va uning darajalarini baholash, shuningdek, shaxs
qobiliyatini rivojlantirishda muhim jihat.lar tahlil etildi.
2.
Manbalardagi
“qobiliyat”,
“iqtidor”,
“iste‟dod”
va
“salohiyat”
tushunchalarining garchi yagona negizga ega bo„lsa-da, biroq turli
darajadagi xususiyatlarni ifodalashi alohida ta‟kidlab o„tiladi. Jumladan,
qobiliyat “shaxsning muayyan faoliyati yuzasidan layoqati va uning ishni
muvaffaqiyatli bajarishidagi o„ziga xos imkoniyatlarni ifodalovchi ruhiy
xususiyatlar”,“Shaxsning
ma‟lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va
osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta‟minlaydigan individual
pedagogik-psixologik xususiyatlar” sifatida e‟tirof etilsa, “insonning o„z
xatti-harakatlariga nisbatan sub‟ektiv munosabati” esa iqtidor deya talqin
etilishi isbotlandi.
3.
Maqsadli tashkil etilgan ta‟lim muassasalari (umumiy o„rta va maktabdan
tashqari ta‟lim muassasalari, shuningdek, ularning qoshida tashkil etilgan
to„garaklar) faoliyatlari nuqtai nazaridan quyidagi yo„nalishlarda faoliyat
olib bormoqdalar: musiqa; sport; raqs; tasviriy san‟at; xalq amaliy san‟ati;
texnik ijodkorlik (kreativlik); fan va badiiy tafakkur.
4.
Pedagogik kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini aniqlash murakkab
jarayon sanalganligi bois, bu jarayon tegishli ixtisosliklar mutaxassislarni
jalb etish va puxta asoslangan tashkiliy-texnik tayyorgarlik asosida ish
ko„rishni taqozo etilishi lozimligi asoslab berilgan.
5.
Qobiliyat murakkab pedagogik-psixologik xususiyat bo„lganligi bois uning
o„ziga xos xususiyatlarini o„rganish va tahlil qilinishi maqsadga muvofiq
ekanligi belgilab qo„yildi.
6.
Pedagogik kollej o„quvchilarida bilish qobiliyati va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish orqali ular muammoni qo„yish, maqsadni belgilash, ularning
yechimlarini ta‟minlovchi vositalarni belgilash, tahlil (analiz), sintez,
60
istiqbolni belgilash, xulosalar chiqarish va yangi maqsadni asoslash kabi
sifatlarga ega bo„lib boradilar.
7.
Ijodiy qobiliyat namoyon bo„lishi va natijasiga ko„ra betakror, o„ziga xoslik,
shu bilan birga ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega faoliyat mazmunini aks
ettiradi.
8.
Shaxsda ijodkorlik (kreativlik) sifatlari muayyan shart-sharoitlar mavjud
bo„lgan sharoitlardagina rivojlanishi quyidagicha asoslab berildi: tanqid
erkinligi, ijodiy munozara, fikrlar almashinuvi va ular o„rtasidagi o„zaro
kurash ijodiy qobiliyatni yanada rivojlantirishga yordam beradi.
9.
Pedagogik kollejlarda ham o„quvchilarda ijodiy qobiliyatni shakllantirish
ta‟lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi sanalishi: bo„lajak
boshlang„ich ta‟lim, jismoniy tarbiya, tasviriy san‟at, mehnat va musiqa
o„qituvchilari sifatida ularning ijodiy qobiliyatga ega bo„lishlari ahamiyatli
ekanligi tahlil natijasida asoslandi.
10.
O„quvchi yoshlarning hissiy qobiliyat va ijodiy qobiliyatga ega bo„lishlari
esa ta‟lim-tarbiya jarayonining faol sub‟ektlari – o„qituvchilar va
o„quvchilar o„rtasidagi munosabatlarning mo„‟tadil kechishini ta‟minlaydi
va yuzaga kelish ehtimoli bo„lgan ziddiyatlarning oldini olish, ularni bartaraf
etishga yordam berishini ta‟idlab o„tdik.
11.
Har bir o„quvchining individual xususiyatini inobatga olish va unga muvofiq
yondashish,
shuningdek,
o„quvchilarning
xatti-harakatlarini
to„g„ri
tushunish,
aytayotgan
so„zlariga
ishonch
bildirishda
bo„lajak
pedagoglarning hissiy qobiliyatga ega bo„lishlari muhim ahamiyatga ega
12.
O„quvchilar
bilan
ruhiy-hissiy
yaqinlik
pedagogik
faoliyat
muvaffaqiyatining garovi bo„la olashini tahlil natijalari tasdiqladi.
13.
Shaxsning yuqori jismoniy imkoniyatlarga egaligi ham qobiliyat va iqtidor
sifatida e‟tirof etilib, u shaxs tomonidan jismoniy qobiliyat bajarilish nuqtai
nazaridan murakkab, alohida biologik kuchni talab etuvchi muayyan xatti-
harakatlar, shu jumladan, jismoniy mashqlarni baja-rishda yuqori natijalarni
qayd eta olish imkoniyati sifatida baholandi.
61
14.
Pedagogik qobiliyat qobiliyat turlaridan biri bo„lib, shaxsning pedagogik
faoliyatni samarali olib borish va shu sohada muvaffaqiyatlarga, yuqori
natijalarga erishish demakdir. Pedagogik qobiliyat mohiyatida pedagogik
faoliyatni samarali yo„lga qo„yishga imkon beruvchi nazariy-metodik
bilimlar, amaliy ko„nikma va malakalar yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: