3.2.
XALQ PEDAGOGIKASIDA AXLOQIY TARBIYA
MASALALARI
1. O‘zbek xalqining madaniyati , axloqiy me’yorlari .
2. Xalq pedagogikasida axloqiy tarbiya.
3. Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari
4. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq»
asarida insoniylik va axloqiy tarbiyaga oid qarashlari.
Tayanch iboralar: Axloqiy va falsafiy etuklik, xalq
odobnomasi, ma’naviy ustivorlik , tarbiyaviy qarashlar, axloqiy
me’yorlar, yuksak ma’naviyat, o‘tmish tajribalari, «Birinchi
muallim»,«YAxshi xulqlar», «yomon xulqlar», tarbiyaning zamoni,
badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi.
Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo‘lgan. Ota-
bobolarimiz farzand o‘stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-
so‘zlariga, kishilar oldida o‘zlarini qanday to’tib, nimalar haqida
fikrlashib, o‘z maqsadlarini qanday so‘zlar bilan tushuntirishlariga katta
ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo‘rslik qilishi, kattalar
suhbatiga aralashishi, nojo‘ya ishlariga zinhor-bazinhor yo‘l
qo‘ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni
deb qaraganlar.
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-
odatlarini, axloq-odobini o‘rganishga, tadqiq qilishga bag‘ishlagan ekan.
Ittifoqo, o‘sha olim bizning yurtimizga tashrif buyurib, Toshkent,
98
Samarqand, Buxoroda bo‘libdi. Yuritga qaytib borgach: “Hozirgacha
o‘rgangan, tadqiq qilgan barcha ishlarimni o‘n besh yoshli o‘zbek
qizalog‘ining o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha choy
uzatishdagi odobiga, nazokatiga almashtirishga rozi edim”, degan ekan.
Biz
shunday
yuksak
odobli,
madaniyatli
xalqning
farzandi
ekanligimizdan har qancha faxrlansak arziydi, albatta.
Yuksak ma’naviyatli xalqlar o‘z milliy axloq-odob xususiyatlarini
saqlab qolganlar. Masalan, yaponlar, hindlar, arablar. Imon-e’tiqodi sust
xalqlar esa o‘zga millat va xalqlarning axloq-odobiga berilib ketib
o‘zligini yo‘qotadi.
Quyida Sharq axloqi uchun mushtarak bo‘lgan muhim va mo‘’tabar
jabhalar, xalq xikmatlari va buyuk allomalarning axloq haqidagi
g‘oyalari bayon qilinadi. Shoyad donolar xikmati o‘zligimizni yangidan
kashf etish va axloqiy –ma’naviy qadriyatlarimiz tiklanishiga ko‘mak
bersa degan umiddamiz.
Xalq
madaniyatining
eng
muxim
belgilaridan
xushmuomalalikka, xozirjavoblikka aloxida e’tibor berilgan. SHark
xalqlari o‘z bolalariga soxtalik, yasamalikdan nari yurishni singdirib
kelgan, samimiy munosabatni uluglagan .
Xalq pedagogikasini chukur o‘rganar ekansiz, mutafakkirlarning
ta’lim-tarbiyaga oid, odob-axloqka oid asarlarni ko‘zdan kechirar
ekansiz, o‘zbek xalqi bolalarni tarbiyalashda tarbiyaviy ishning eng
ta’sirchan yo‘llaridan foydalanganliklarini guvohi bo‘lamiz. YOsh
avlodni tarbiyalashda keksa avlodning xizmati, ayniksa benixoyadir.
Bobo va buvilar oilada tarbiyani mukammal yo‘lga qo‘yishda ,
chinakam xalqchil tarbiyani , oilaviy tarbiyani yaratishda jonkuyarlik
qiladilar
Kesalar haqida gap ketganda, biz ularni xonadonimiz farishtasi,
xayr-barakasi deb ataymiz. Xalq donoligi, ming yillik tajribalar,
milliy an’analar qadriyatlarimiz ongida, faoliyatida, turmush tarzida
jamlangandir. Ular yosh avlodning ustozi, murabbiysi, hayot
dorilfununidir. Donishmandlar qari bilganni pari bilmas , deb bejiz
aytishmagan .
O‘zbek xalq pedagogikasi an’analarida farzandlarni axloqli qilib
tarbiyalash ham ularda insoniylik fazilatlarini shakllantirish va kamol
toptirish, axloqiy ongni shakllantirish va kamol toptirish: axloqiy
tarbiyada tarbiyalanuvchilarga tarixiy tajribalar va pandnomalardan
foydalanish, tarbiyalanuvchilarga axloqiy tarbiya berishda xalq
pedagogikasi manbalari asosida pedagogik, axloqiy-estetik madaniyatni
99
shakllantirish, yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish hamda axloqiy
tarbiyalashda xalq ommaviy tomosha, dorbozlik, askiya, baxshi-
shoirchilik, dostonchili, qiziqchilik, qiroatxonlik kabi san’atlarining
turlaridan foydalanish, xalq an’anaviy sporti, farzandlar jismoniy
baquvvatligi va etukligining garovi ekanligi, chaqqonlik, epchillik va
har tomonlama garmonik rivojlanishning sinalgan vositasi ekanligiga
alohida e’tibor qaratganlar.
Xalqimiz yoshlarga axloqiy tarbiya berish jarayonida xalq
an’anaviy pedagogikasida tabiat va inson uygunlashuvi
muammolari, tabiat va tarixni e’zozlash, saqlash va qadrlashning
ahamiyati, xayvonlar dunyosi, qushlar olami hamda dov-daraxtlar,
o‘simliklar va giyohlarga; suv, borliq-atrofga insoniy munosabat -
xalq pedagogikasining eqologik tarbiyasi asosi ekanligi, odatlar,
udumlar, rusm-rusumlar, marosimlar, «Navro‘z», «Mexrjon», «Xayit-
ro‘za» boshqalarning tarbiyalanuvchining dunyoga kelishi, qulog‘iga
azon aytish, ilk qadami, beshikka solish, birinchi kiyim-bosh
kiydirish,
tuy-tomoshalar,
odatlar,
udumlar,
marosimlar
va
an’analarning
tarbiyaviy
ta’siridan
keng
foydalanganlar.
Pedagogik madaniyatni egallash uchun avvalo boy pedagogik
tarixiy merosimizni chukur bilishimiz zarur . CHunki o‘tmish
tajribalaridan saboq olib, amaliy faoliyatga dadil kirib borish
mumkin .
Tarixiy merosimizdagi ulkan xazinadan baxramand bo‘lish
niyatida o‘zbek xalq pedagogikasiga murojaat eta boshladik . Ana
shunday ulkan pedagoglarimizdan biri Abdulla Avloniy edi .
Abdulla Avloniy ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari kengrok
tasavvur etish uning hayot faoliyatiga bir nazar tashlash o‘rinli
bo‘lar. Abdulla Avloniyning otasi Mirovlan asli Qo‘qonlik bo‘lib,
to‘quvchilik bilan shug‘ullangan . «Ota-onam, - deydi Abdulla
Avloniy tarjimai xolida , - savodli bo‘lganlar. Ishdan bo‘shagach har
ikkovlari ham kitob o‘qirdilar.»
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentdagi Mergancha
maxallasida tug‘iladi. U 7 – yoshida O‘qchidagi eski maktabni,
keyinrok madrasani ham o‘qib bitiradi. Arab, fors, tatar, ozarbayjon
va rus tillarini puxta o‘rganadi. 1907 yilda «SHuxrat», 1908 yilda
esa « Osiy» degan YAngi ro‘znomalarni chiqaradi
Uning 1912 yilda yozgan « Muallimi avval» kitobidan yoshlar
savod chiqarishgan , 1915 yilda yozgan « Ikkinchi muallim»
kitobidan esa she’r va xikoyalar o‘qib , zarur saboqlar olishgan .
100
Abdulla Avloniy «Birinchi muallim»da shunday deb yozadi:
«Muxtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning
«Birinchi muallim» imizdan ham olib tajriba qilib, uqitib ko‘rsalar.
Chunki har gulning bir isi , har mevaning bir ta’mi , mazasi bordir
.Bu
«buy»yu ta’m esa tajriba soxiblariga nashfo‘z ma’lum bo‘lur»,
«Birinchi muallim» , «eng oson usul ila» tartib etilmish» .
Abdulla Avloniy taniqli shoir sifatida 4000 misradan ortiq she’r
ijod qilgan, ko‘plab ilmiy-pedagogik maqolalar nashr ettirgan. U
1934 yil 24 avgustda vafot etadi .
Abdulla Avloniyning asosiy ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari 1913
yilda yozgan «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobida ifodalangan .
Bu kitob ikkinchi marta 1917 yilda eski o‘zbek yozuvida
Toshkentda nashr qilingan va boshlangich sinflarda axloqdan
darslik vazifasini o‘tab kelgan. Bu asarida u islom dini haqida
shunday deydi : « Islomiyat-odamgarchilik» demak .
Bu asar xozirgi Kirill yozuvida 1-marta 1967 yilda
«O‘qituvchi» nashriyotida kayta chop etiladi .
U 80 bet xajmda 10 ming nusxada nashr etilgan bo‘lsa ham
O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti
kutubxonasida uning bir nusxasi saqlanmoqda , xolos .
Demoqchimizki, bu asarga bo‘lgan talab ancha katta .
Mazkur asarga pedagoglarimizdan Muxitdin Maxsumov kirish
so‘zi yozar ekan , shunday degan :
«Turkiy guliston yoxud axloq», Kaykavusning «Qobusnoma» ,
YUsuf Xos Xojibning «Kutadgu bilik», Nosir Xusravning «
Saodatnoma», Sa’diyning «Guliston» va « Buston», Jomiyning
«Baxoriston», Navoiyning «Maxbub-ul-kulub», Axmad Donishning
«O‘g‘illarga nasixat» kabi asarlari tipidagi o‘ziga xos bir asardir.
XX asr boshlarida bunday asarni o‘zbek tilida birinchi bo‘lib
Abdulla Avloniy yaratdi va ta’lim-tarbiya ishlarida uni tatbiq etdi» .
Muallif ta’lim-tarbiya haqida g‘oyat ibratli fikrlarni bildiradi.
«Pedagogika – deydi Abdulla Avloniy,- bola tarbiyasining fani
demakdir». «Dars ila tarbiya ikkisi jon ila tan kabidir». «Dars
oluvchi – biluvchi, tarbiya oluvchi- amal qiluvchi demakdir».
Bu erda pedagogika faniga qisqa va lo‘nda ta’rif berilgan,
ta’lim bilan tarbiyani jon bilan tanga o‘xshatib, ularni bir-biridan
ajratib tushunish mumkin emasligini erkin ifodalab bergan .
101
Axloqni Abdulla Avloniy «YAxshi xulqlar» va «yomon
xulqlar» guruxiga bo‘lib , quyidagicha tushunchalarni sanab o‘tadi
va ularga izox beradi .
U «Yaxshi xulqlar»ga quyidagilarni kiritadi :
Fatonat ( o‘tkir zexn, ziyrakli , tezfaxmlilik), nazofat ( tozalik,
poklik,ozodalik), sa’y (harakat,tirishish,urinish) va g‘ayrat, riyozat
(qiynalish, mashaqqatlanish), shijoat ( botirlik, dovyuraklik), qanoat,
ilm, sab, xalim ( yumshoqlik, muloyimlik, yuvoshlik), intizom,
miqiyosi, nafs, vijdon, vatanni sevmak, haqoniyat, nazari ibrat ( ibrat
ko‘zi), iffat (poklik, tozalik, nomus, adab), idrok va zako ( zexnlik, tez
tushuna olishlik), ziyraklik, xifzi lison, xavf va rajo ( umid, tilak),
itoat, haqshunosli , xayrixoxlik kabi ijobiy fazilatlar.
«Yomon xulqlar»ga esa : g‘azab, shaxvat, jaxolat, razolat
(pastkashlik, tubanlik), safoxat ( aklsizlik, nodonlik, ablaxlik), adovat (
dushmanlik, kek), nifok, tama’ (ochko‘zlik, qizganchiklik) zulm kabi
salbiy xususiyatlar kiradi .
Unda mana shu xulq tushunchalarining ma’nosi izoxlanadi,
ta’riflanadi va ma’lum bir baytlar bilan yakunlanad. Masalan:
tarbiya bilan inson qismati hal bo‘lajagini ta’riflab, shunday bayt
keltiradi:
Xudoning raxmati , fayzi hama insonga yaksardur,
Va lekin tarbiyat birla etushmak sharti akbardur.
Tugib tashlov bila bo‘lmas bola, bo‘lgay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul raxnamo sizga .
Temurchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim ,
Bo‘zulsa xulqi, lukmon ugli bo‘lsa bo‘lgusi zolim .
Xozirgi rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan pedagogika
darslaridagi «Axloqiy tarbiya», « estetik tarbiya» deb har xil turlari
tilga olinsa, Abdulla Avloniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini
quyidagicha ko‘rsatadi :
1. Tarbiyaning zamoni
2. Badan tarbiyasi .
3. Fikr tarbiyasi .
4. Axloq tarbiyasi .
«Tarbiyaning zamoni»da uni kachon boshlash va kimlar
shugullanishi zarurligi ko‘rsatilgan. Abdulla Avloniy ta’kidlashicha,
tarbiyani yoshlikdan boshlash nixoyatda zarur. Haqiqatdan ham,
kichik yoshdagi bola hali misoli plastilin, qayoqqa qarab ishlov
berilsa, shunday shakllanadi, suyagi qotadi. Tarbiya bilan dastlab ota-
102
ona, keyin faqat maktabgina emas, xatto butun jamoatchilik, xukumat
ham shug‘ullanishi zarur, chunki bunda inson taqdiri hal etiladi.
«Alxosil, - deydi Abdulla Avloniy, - tarbiya bizlar uchun yo hayot,
yo mamot, yo najot – yo xalokat, yo saodat – yo falokat masalasidir».
Abdulla Avloniy fikricha ota-ona, oila badan tarbiyani o‘z
zimmasiga olishi, fikriy, aqliy tarbiya soxasida asosan muallimlar
kabi javob berishi lozim. Chunki jismoniy tarbiya shartlaridan biri
badan, kiyim-kechak, uy-joy, asbob-uskunalarni toza tutish zarur. Har
xil iflosliklarni yuqtirmaslik masalasida ota-ona extiyot bo‘lishi
kerak. Tozalik, poklik, kundalik extiyoj qoida, odatga aylansagina
faxm, idrok, kishi ruxiyati, fikri rivojlanadi.
Xalqi olam suygusidir tozalik, pokni,
Poklik orttirgusidir faxm ila idrokni,
Har kishini ko‘ksida poklik nishoni bo‘lmasa,
Tozalik maydonidan quvgaylar ul bebokni .
Abdulla Avloniy mehnat, gayrat, dangasalik, yalkovlik,
jasoratlilik, qo‘rqoqlik, qanoat, sabr, intizom kabi axloqiy
tushunchalarga alohida to‘xtaladi. U yoshlarni kichiklikdan
intizomga o‘rgatish, ilm-ma’rifatli bo‘lish zarurligini uqtiradi. Ilm-
fan, uning fikricha, yoshlarni yomonlikdan qaytaruvchi, yaxshilikka
etaklovchi, etuklikka eltuvchi, baxtiyor etuvchi qudratli kuchdir
«Ilm,- deydi Abdulla Avloniy ,- insonlarning madori, hayoti,
raxbari najotidir» .
Ilm bir daryo ichi tulmush duru gavhar bilan ,
Qiymatu qadrin qachon bilgay Ani joxil yilon .
Vijdon tushunchasi kengroq talqin etiladi, u yaxshi xulq
manbai, kishining fazilatini ko‘rsatuvchi ko‘zgu, vijdoni – kishining
eng yaxshi mevasi xosili. Xayo, iffat, ibrat, til – kishi uchun eng
muxim ziynatlardir. U ona tilining buyukligini eslatadi:
Ey ona til , aziz qadrdonim ,
Iltifoti ruxim , raxmonim .
Tug‘dim kundan aylading ulfat ,
Ulguncha ayilma ey jonim .
«Menga ilmu adab san o‘rgatding
Chin adib muallim shonim .
Millating ruxini ko‘targuchi sen ,
Eng muqaddas karami sultonim .
Abdulla Avloniy go‘zallik-nafosat haqida fikr yuritib , ma’naviy
ichki go‘zallikning so‘zda ifodalanishini aloxida ta’kidlaydi .
103
Go‘zallik yuzda ermay ey birodar ,
So‘zi shirin kishi har kimga yoqar.
So‘zing oz bo‘lsin-u , ma’noli bo‘lsin ,
Eshitganlar qulog‘i durga to‘lsin .
Abdulla Avloniy o‘zbek-milliy madaniyatiga, xalq ta’limini
YAngi yo‘lga qo‘yishda iste’dodli pedagog sifatida jonbozlik
ko‘rsatdi . U yoshlarga savod o‘rgatish, tarbiyalash yuzasidan g‘oyat
muxim masalalarni ko‘tarib chiqdi va ularni yangicha xal etish
yo‘llarini ko‘rsatdi .
Xullas, Abdulla Avloniy o‘z durdonalari bilan o‘zbek xalq
pedagogikasining tarbiya nazariyasiga ulkan xissa qo‘shdi .
Abdulla Avloniy g‘oyalarini kayta anglash, fikrlarini, uylarini
yana bir mushoxada etish uchun uning asarlarini kayta nashr etib,
kelajak avlodga etkazsak , alloma ruxini shod etgan va bu bilan
biz o‘zligimizni e’zozlagan bo‘lamiz .
Chor Rossiyasi o‘lkamizni bosib olgandan so‘ng millatimiz
ziyolilari maxalliy xalqlarimizni ma’rifatli qilish maqsadida milliy
maktablar ochib, yoshlarga milliy- vatanparvarlik tarbiyasi berish
yo‘llari haqida bosh qotirganlar .
Do'stlaringiz bilan baham: |