O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/80
Sana30.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#90393
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Bog'liq
xalq pedagogik asi

Donoga ish – shonu shuhrat, 
Nodonga ish – g‘amu kulfat. 
 
Hosiling kam bo‘lsa, havodan ko‘rma! 
 
Qolgan ishga qor yog‘ar. 
 
Qarasang, qand ersan, 
Qaramasang, pand ersan. 
 
Qo‘li qimirlaganning og‘zi qimirlar. 
 
Cho‘pchak degan – cho‘p bo‘lar, 
Teraversang, ko‘p bo‘lar. 
 
Ertalabki ish – ko‘ngilni qilar xush. 
To‘qilsa, manglay tering, 
Unumli bo‘lar yering 
 
va shu kabilar. 
 
Mol boqqanning barmog‘idan moy tomar. 
Molga bersang soz emish, boqar seni yozu qish. 
Moling zotli bo‘lsa, emishing totli bo‘ladi ... 
 
Hozirgi  zamon  pedagogikasida  mehnat  tarbiyasini  tadqiq  etgan 
buyuk  pedagoglar  tadqiqotlarini  o‘rganish  shunday  xulosaga  olib 
keladiki,  ular  o‘z  pedagogik  fikrlarini  xalq  pedagogikasiga  tayanib 
yaratganlar. 
Hozirgi  paytda  yoshlarning  mehnat  tarbiyasini  takomillashtira 
borish xalq xo‘jaligi ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘lib, ayni paytda 
bu  jarayon  komil  inson  shaxsini  shakllantirish  vositasi  hamdir.  Chunki, 
mehnatning mohiyatini, uning inson hayoti uchun zarur omil ekanligini 
tushunishgina,  mehnatni,  mehnat  ahlini,  moddiy  ne’matlarni,  tabiatni, 
madaniy  yodgorliklarni  asrashga,  hurmat  qilishga  o‘rgatadi.  Xalq 
pedagogikasida ta’kidlangan bu boradagi fikrlar mazkur muammoni hal 
qilishga yordam beradi: 
 
 


109 
 
 
Ko‘p yurganga ergashma, ko‘p bilganga ergash! 
Mullaning qilganini qilma, aytganini qil. 
Otang ta’zirini emay desang, otang ta’sirini ol! 
Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q. 
O‘z qadrini bilmagan, kishi qadrini bilmas. 
Aytuvchi nodon bo‘lsa, tinglovchi dono kerak. 
Ustoz otangdan ulug‘. Ish ustasidan qo‘rqar. 
Asil aynimas, sariyog‘ sasimas. 
Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning .. 
 
Xalq  pedagogikasi  bolalarning  qo‘llaridan  keladigan  mehnatda 
qatnashuvini ularni kompleks tarbiyalashning samarali vositalaridan biri 
deb  hisoblagan.  Mehnatning  jamoa  turlari  yosh  avlodni  tarbiyalashda 
alohida  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  o‘zbek  xalqida  jamoa  bo‘lib 
bajariladigan ishlarning ko‘maklashish, hashar kabi bir qancha shakllari 
bo‘lgan.  
O‘zbek  xalqining  mehnat  an’analari  ichida  hashar  muxim  rol 
o‘ynaydi.  U  xalqimizning  avloddan-avlodga  o‘tib  kelayotgan  ajoyib 
an’analaridan  biridir.  Hashar  yaqin  kishilarining,  tanish-bilish,  oshna-
og‘ayni,  qadindosh-urug‘,  hamkasblarning  imorat  qurish,  to‘y  va 
ma’rakalar  uyushtirish,  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  tez  yig‘ib  olishda 
o‘zaro bir-birlariga yordam berishidir. 
Bunday  ishlar  jarayonida  yoshlar  mehnat  qilishgagina  o‘rganib 
qolmay,  balki  jamoaga  uyushish,  umumiy  ishdan  manfaatdorlik,  o‘zaro 
yordam zaruratini anglash kabi yuksak axloqiy sifatlarni egallaydilar. 
Shuni  ta’kidlash  kerakki,  qadim  zamonlardan  buyon  zarur, 
mas’uliyatli hamda ko‘p kuch va mablag‘ sarflab bajariladigan ishlarda 
qo‘llanadigan  xolisona  jamoaviy  o‘zaro  yordamning  umuman  e’tirof 
etilgan  va  ishonchli  shakllari  bo‘lib,  xalqning  hayotida  juda  muhim  rol 
o‘ynagan.  Ular  mehnatkashlar  hamkorligining  yorqin  ko‘rinishini, 
xalqning  jamoachilik,  do‘stlik,  o‘rtoklik,  bir-biriga  tayanish  va  o‘zaro 
hamjihatlik  haqidagi  g‘oyalarini  ifodalagan  va  shunga  ko‘ra  katta 
tarbiyaviy ahamiyat kasb etgan.
11
 
Qadimda  donishmand  xalqimiz  aqliy  va  mehnat  tarbiyasida 
chorvachilik,  bog‘bonchilik,  suvchilik  sirlari  haqida  bolalarda  tasavvur 
hosil  qilish  va  ma’lum  bilimga  ega  bo‘lishlari  umuman,  inson  qo‘li  va 
                                                           
11
 Qodirova М. Xalq pedagogikasi yosh avlodni tarbiyalash manbaidir. // Pedagogika ta’lim, 2007 yil 1-son, 20-22-
betlar. 


110 
 
aqli  yaratuvchilik  qudratiga  egaligini  bilishga  qiziqish  tuyg‘usini 
o‘stirish  maqsadida,  o‘zlari  yaratgan  maqollardan  mohirona 
foydalanganliklarini ko‘ramiz: 
 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish