104
3.3.
XALQ PEDAGOGIKASIDA JISMONIY VA MEHNAT
TARBIYASI.
1.Xalq pedagogikasida jismoniy barkamollikning ijtimoiy
ahamiyati haqida.
2. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va mehnatsevarlikning
ulug‘lanishi.
3. Xayoliy mehnat qurollari va mehnat ahlining e’zozlanishi.
Tayanch so‘zlar: jismoniy tarbiya, barkamollik, mehnat tarbiyasi,
mehnatsevarlik, mehnat qurollari, mehnat ahli, mehnat vositasi,
mehnatsevarlikning ulug‘lanishi, hayoliy mehnat, mehnat qurollari,
mehnat ahli, ijtimoiy taraqqiyot.
O‘tmishda insonning tabiat stixiyalariga qarshi kurashdagi ojizligi
noma’lum tuyulgan hodisalarga javob topishga undagan. Bo‘ron, sel,
toshqin, zilzila kabi g‘ayri tabiiy ko‘ringan kuchlarga qarshi kurasha
oluvchi qahramonlar yaratishga olib kelgan. Shuning uchun “Avesto” da
Anaxita xushqomat, zabardast, kamtarin, to‘g‘riso‘z go‘zal qiz sifatida
namoyon bo‘ladi. U kishilarga kuch-qudrat baxsh etuvchi, suvning mo‘l
bo‘lishini ta’minlovchi ma’buda. “Avesto” yovo‘zlikka qarshi
kurashuvchi pahlavonlar g‘olib bo‘lishida Allohdan madad so‘raydi.
“Odami Od” hikoyasida Odami Od obrazi ham jismoniy
barkamollikda tengsiz qahramon sifatida tasvirlanadi. Uning bo‘yi
bo‘lutga etadi, kuchli, dengizda baliqni qo‘li bilan to’tib, quyosh taftida
pishirib eydi. U Nuh payg‘ambarni elkasiga mindirib, toqqa olib
chiqibdi. Tog‘da to‘rtta bahaybat chinorni tomiri bilan sug‘urib, ustiga
Nuh payg‘ambarni o‘tirg‘izib, dengiz bo‘ylab ravona bo‘libdi.
Nonushtaga bir hovo‘z suvga non to‘g‘rab er ekan, chinordan kema
yasab, hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o‘zi kemani
tortib ketibdi.
“Avesto” dagi adolatli shoh Jamshid ham shunday qudratli
qahramon sifatida tasvirlangan. Etti yuz yil Amudaryoda hukmronlik
qilgan er Xubbi, qahramonlik rivoyatlaridagi To‘maris, Shiroq, Zarina,
Rustam, Siyovush, Alpomish singari qahramonlar ham o‘z jismoniy
barkamolligi tufayli yovo‘zlikka qarshi kurashganlar.
Hozirgi paytda unumdor erlar, tabiiy boyliklar, suv resurslarining
kamayishi, alkogolizm, narkomaniyaning kuchayishi singari salbiy
omillar insonning jismoniy barkamolligi, sog‘lig‘i, yoshlar salomatligini
105
asrashni taqoza etmoqda. Komil shaxs tarbiyasida jismoniy tarbiya
muhim yo‘nalishga aylandi. Xalq hamisha jismoniy tarbiya – salomatlik
garovi ekanligini tushungan. SHuning uchun yoshlarga o‘yinlar, milliy
kurash turlari, sport musobaqalariga, toza havodan foydalanishga
alohida e’tibor bergan. Quyosh nuri va suvdan foydalanib, sog‘liqni
saqlash mumkinligini qadimdayoq tushunib etgan. Ba’zan o‘z
sog‘lig‘iga e’tiborsiz qaragan yoshlarga qarata aytiluvchi o‘gitlar shular
jumlasidandir:
“Ikki narsa yo‘qotilganidan so‘ng qadrlanadi – sog‘liq va yoshlik”,
“Tan sihatlik – tuman boylik”, qozoqlar: “Kambag‘alning boyligi -
sog‘lig‘i”, - desa, turkmanlar: “Sog‘liq bo‘lsa, erkinlik bo‘ladi”
deyishadi. SHuningdek, xalq sog‘liqni saqolash uchun “Boshingni
salqin, oyog‘ingni issiq tut” deb pand beradi. Sog‘liqni saqlashda
ovqatlanish madaniyatiga amal qilishga chaqiradi: “Qorning og‘risa –
og‘zingni, ko‘zing og‘risa – qo‘lingni tiy” va b.
Zararli
odatlar
oqibati
achchiq
ekanligi
ta’kidlanadi:
“Chekuvchining ichi ham, puli ham kuyadi”.
O‘z avlodlarini sog‘lom, baquvvat, botir bo‘lishini orzu qilgan xalq
farzandlariga Quvvat, Polvon, Arslon, Botir, Qahramon, Bahodir,
Murod, Komil singari ismlar qo‘yishni taomilga kiritgan. Dostonlar va
ertaklar qahramonlari qahramonlar darajasida tasvirlangan. Ular
vositasida yoshlar jasoratiga, mardlik va insonparvarlikka undalgan.
Jismoniy tarbiyada “Ko‘pkari”, “Qiz quvdi”, “Olomon poyga”,
“Uloq tortish”, “Kurash” singari milliy o‘yinlarning ahamiyati katta
bo‘lgan. Ular hozir ham muhim ahamiyatga ega.
Mehnat tarbiyasi ham jismoniy barkamol qiluvchi, ham moddiy
to‘kin – sochinlikni ta’minlovchi vosita sifatida talqin etilgan.
Mehnatsevar yoshlarni tarbiyalash xalqning bosh maqsadi sifatida
qo‘yilgan: “Mehnat – mehnatning tagi rohat”, “Mehnatdan kelsa boylik,
turmush bo‘lar chiroylik”.
Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va mehnatsevarlikning ulug‘lanishi
haqida.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston sharoitida mehnat tarbiyasi yoshlar
tarbiyasining ajralmas qismi sifatida qaralgan. Uni amalga oshirishda
avvalo oila, so‘ngra jamoatchilik mas’ul hisoblangan. Mehnat vositasida
madaniyat, san’at, axloqiy sifatlar, ona Erga muhabbat hissi
tarbiyalangan. Chorvachilik, dehqonchilik, bog‘dorchilik, pillachilik
turkigo‘y xalqlarda qadimdan asosiy mehnat turi hisoblanib, bolalar
ularni amaliy hayot jarayonida o‘rganganlar.
106
Xalq pedagogikasi shuni ta’kidlaydiki, inson faqat mehnati bilan
aziz. Shuning uchun “Ko‘mirchi yuzi qora bo‘lsa ham uyalmaydi”, yoki:
“Gap bilguncha, ish bil!”, “Bugungi ishni ertaga qo‘yma!” deb o‘git
beradi xalq. Xalq hamisha yosh avlod mehnatsevar bo‘lishi bilan birga u
hunarli ham bo‘lishini, hunarni quruq o‘rganish emas, balki “qo‘li gul
usta” bo‘lishni targ‘ib etadi. SHuningdek: “Ortiqcha kasb boshni
aylantirmaydi”, yoki: “Bir yigitga qirq hunar oz” deydi xalq. Ayni
paytda o‘z ishining ustasi bo‘lish insonga darhol nasib etmasligi
eslatiladi. Buning uchun irodali, sabr-toqatli bo‘lishga chaqiriladi.
Mehnatni sifatli qilish (ishning o‘zini bilguncha, ko‘zini bilish)
kelajakda pan berishning oldini olishi alohida ta’kidlanadi.
Xalq engil ish ortidan quvuvchilar, ishyoqmaslar ustidan kuladi,
yoshlarni ulardan ibrat olmaslikka chaqiradi; ularni “oqbilak”, “tannoz”
deb ataydi. “Dangasaning kosasi oqarmas” ligi, “Ishyoqmasga it
boqmas” ligini ta’kidlaydi. SHunday qilib, xalq vijdonan, muntazam, aql
bilan ijtimoiy foydali mehnat qilish lozim deb hisoblaydi: “Yomg‘ir
bilan er ko‘karar, mehnat bilan el ko‘karar”, “Er yuzini er ochar, er
yuzini er ochar”, “Obro‘ osmondan tushmas, mehnatdan kelar”,
“Tekinning minnati ko‘p, mehnatning ziynati ko‘p” va boshqalar.
Xalq ertaklarida, afsona va rivoyatlarda, dostonlardagi qahramonlar
o‘z mehnatsevarligi, mehnatda toblanganligi, bir necha kasb-hunar
sohibi bo‘lganligidan hayot qiyinchiliklarini, og‘ir sinovlarni engib, o‘z
maqsadlariga erishadi, keng xalq ommasining baxti, manfaati uchun
kurashadilar. Chunonchi, A. Navoiyning “Farhod va SHirin”
dostonidagi Farhodning mehnati o‘z ijtimoiy harakteri bilan, xalq ertagi
“Zumrad va Qimmat” dagi Zumrad mehnatsevarligi va ijobiy axloqiy
sifatlari bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi.
Markaziy Osiyoda mehnat tarbiyasi berish bilan bolalarni
yoshligidan mustaqil hayotga tayyorlashgan. Jumladan, hatto A.
Vamberi ham, bizda qiz bolalarga to‘qish, bichish, tikish, sut
mahsulotlari tayyorlash, 7-8 yoshdan dehqonchilik, chorvachilik
ishlarida qatnashishga o‘rgatilishini ta’kidlagan. Chunki xalq: “Terga
botgan rohatga botar”, “Ter to‘ksang, dur terasan”, “Uyqu – g‘adolat,
mehnat - rohat”, “Xotin chiroyi erdan, hosil chiroyi erdan”, “Qolgan
ishga qor yog‘ar”, “Quldek ishlasang, bekdek yotib eysan”, “Qo‘rada
ko‘rsam – qornim to‘q”, “Hunar - birlikda, rizq - tiriklikda”, “Ko‘pning
rizqi mo‘l bo‘lur”, “Baraka - ko‘pchilikda”, “Ko‘pdan quyon qochib
qutulmas”, “Maslahatsiz bo‘lgan ish, boshga keltirar tashvish” va
boshqalar.
107
Xayoliy mehnat qurollari va mehnat ahlining e’zozlanishi
Ma’lumki, ibtidoiy odamlar o‘ziga noma’lum bo‘lib ko‘ringan
tabiat kuchlaridan talvasaga tushar ekan, ayni paytda ularni engishga
harakat qilgan. Ba’zan buning uddasidan chiqa olmay, g‘ayri tabiiy
hodisalarga sig‘ingan, ularni totemistik tasavvurga aylantirgan.
Jonsiz narsalarga jonli deb qarashdan iborat ibtidoiy qarashlar
animizm nomini, g‘ayritabiiy jonzodlar (qirq boshli ilon, ikki boshli
odamsifat shoxli hayvon ...) totemizm nomini olgan. Totemizm ibtidoiy
jamiyatda paydo bo‘lib, unda odamning hayvon, o‘simlik yoki tabiat
hodisalari bilan aloqasi borligiga ishonishga undaladi. “Yjriltosh” da
tosh yorilib, qizni ofatlardan saqlash uchun o‘z bag‘riga olsa, “Qilich
botir” da qahramonning joni qilichida deb uqtiriladi. SHuningdek,
o‘tmishda turkiy xalqlar ot, xo‘kiz, ilon, bo‘ri, it kabi hayvonlarga
e’tiqod qo‘yganlar, og‘ir kunlarda bo‘ri va otlardan najot kutganlar.
O‘zbek xalq dostonlarida G‘irot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko‘k
singari otlar obrazlari mavjud. Hatto sohibqiron Amir Temurning
“Kuno‘g‘lon” deb atalgan oti ham g‘ayri tabiiy hisoblangan.
Qadimgi
etnopedagogika
manbalarida
hayvonlarda
mavjud
bo‘lmagan xususiyatlar haqida ham fikr yuritiladi. Jumladan, otning
qulog‘ini burash bilan ko‘kka parvoz qilish, suvda so‘zish, dunyoning
narigi chetiga, baland tog‘lar osha “uchar gilam” da borish
samolyotlarning kashf etilishiga, suv ostida so‘zuvchi qayiqlar – suv osti
kemalarining yaratilishiga, “sehrli etikcha” lar ega mashinalarning
yaratilishini orzu qilish tufayli vujudga kelgan. “Sehrli oyna” haqidagi
afsona va orzu televizor misolida ro‘yobga chiqqan bo‘lsa, sehrli
dastgoh sehrli dasturxon haqidagi orzular ish unumi juda yuqori bo‘lgan
dastgohlarning ishlab-chiqarish uskunalarining yaratilishiga olib kelgan.
Chunki, har bir yangilik dastlab orzularda, hayol (fantaziya) da tug‘iladi.
So‘ngra inson uni amalga oshirishga harakat qiladi. Chunki, ijtimoiy
taraqqiyotning ma’lum bosqichida mavjud bo‘lgan ish qurollari,
asboblar, mehnat unumini jamiyat talabi darajasida qondirmagach, yangi
qurollar haqida o‘ylanadi. Hind badiiy filmi “Ramayana” dagi yoy
paykonlarining uchishi, boshqarilishi raketalar haqidagi eng ibtidoiy
tasavvurga o‘xshaydi.
Etnopedagogikada mehnat ahli g‘oyat ulug‘lanadi. Mehnatning
tarbiyaviy ahamiyatiga ham yuqori baho beriladi:
108
Do'stlaringiz bilan baham: |