91
muammolari o‘ziga xos tarzda bayon etilgan. “Har bir musulmonga
ilmga intilish farzdir”. Bu fikr ta’limning umumiy majburiyligiga
ishora emasmi? Bu fikrlar Ya.A. Kamenskiyning “Buyuk didaktika”si
yozilmasdan bir necha asr avval aytilgan.
Umuman hadislardagi fikrlarning qimmatli tomoni yana shundaki,
ular umumbashariydir. Ular biron bir ijtimoiy guruh manfaati nuqtai-
nazaridan yozilmagan. Bundan tashqari ular insoniyat ma’naviyati,
axloqi, madaniyati taraqqiyotining sarchashmalari, ular rivojining
poydevorini tashqil qilganligi bilan ham ardoqlidir. Qolaversa,
hadislarning o‘zi ham xikmat, ham ilmdir.
Shunday qilib, Qur’oni Karim va Hadislarda insonni o‘qib-
o‘rganishga, ilm vositasi bilan dunyodagi voqea-hodisalarning tub
mazmun-mohiyatini anglab etishga targ‘ib qilinadi.
Qur’oni Karimda axloq va odob masalasiga alohida e’tibor berilgan.
Ta’kidlanishicha, insonning jamiyatda tutgan o‘rni bilan chambarchas
bog‘liq axloq-odob, ota-ona va qarindosh-urug‘larga hurmat etim-esir,
qambag‘al-miskinlarga muruvvat va saxovatlilik, halollik, poklik,
to‘g‘rilik, o‘z halol mehnati va kasb-hunari bilan yashash, oila va nikoh
munosabatlari, o‘z bolalarini boqish, ta’lim va tarbiya berish, omonatiga
xiyonat qilmaslik, adolatparvarlik, do‘stlik va birodarlik kabi yaxshi
xulqlar insonni haqiqiy kamolotga undovchi insoniy fazilatlardir.
Qur’oni Karimda sabr-qanoatli, ehsonli, saxovatli, muruvvatlik,
keng fe’lli bo‘lish yuksak ma’rifat va yuksak axloqiy fazilat belgisi, deb
ta’kidlanadi: “Albatta sabrlilar o‘z savoblarini hisob-kitobsiz to‘liq
oladilar” (“Zumar” surasi, 10-oyati). “Sabr-qanoatga ehson bilan bir
qatorda eng yuksak fazilat sifatida katta e’tibor beriladi: Muhammad,
mashaqatli va ozorlarga sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli amal
qiluvchilarning ajr-mukofotlarini zoe etmas” (“Hud” surasi, 115-oyati).
Shuningdek insondagi axloqiy fazilatlardan eng muhimi xayri ehson
haqida alohida fikr yuritiladi: “Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham
(Allohning bandalariga) infoq- ehson qil” (“Qasas” surasi, 77-oyati).
Qur’oni Karimning “Al-Isro” surasini 23-24-oyatlarida ota-onaning
bolani dunyoga keltirishi bilan birga, farzandga yaxshi ism qo‘yishi, o‘z
farzandini jismoniy va ma’naviy tomondan etuk kishi qilib tarbiyalashi,
ya’ni ilmu ma’rifatga o‘rgatish va biror bir kasb-hunar egasi qilish,
o‘g‘il bola bo‘lsa uylantirish, qiz bola bo‘lsa turmushga chiqarish, ularga
moddiy va ma’naviy yordam berib turishi ta’kidlanadi.
Ma’lumki, manmanlik – aybini tan olmaslik, takabburlik sanaladi.
Manmanlik haqida Qur’on Karimni “Isro” surasining 37-oyatida: “Er
92
yuzida Kibr-Havo bilan yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) hargiz
erni teshib (uning tubiga) ketolmaysan va bo‘yi bastda tog‘larga
etolmaysan”, - deyiladi.
Bu to‘g‘rida payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning
hadislaridan birida: “Kimki o‘zini katta olsa, yurishida o‘ziga bino
qo‘ysa, oxiratda Allohning g‘azabiga uchraydi” (821-hadis), deb
ogohlantiradi.
Ma’lumki, VIII - IX asrlar Hadis ilmi uchun «oltin davr»
hisoblanadi.
Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli
to‘plam (as-sahih as – sitta) ni yaratgan muhaddislar “ham
vatandoshlarimiz bo‘lib, ilm – u fan rivojlangan IX asrda yashab ijod
etganlar. Bo‘lar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al - Buxoriy 194
(810) – 256 (870), Imom Muslim ibn al – Xajjoj 206 (819) – 261 (874),
Imom Iso Muhammad ibn Iso at –Termiziy 209 (824), - 279 (892),
Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817) – 275 (880), Imom
Ahmad an – Nasoniy 215 (830) – 303 (915), Imom Abu Abdulloh
Muhammad ibn Yazid ibn Majja 209 (824) – 273 (886) kabi
allomalardir.
Olimlar “al-kutub as-sitta” (olti kitob)ni quyidagilardan iborat deb
ko‘rsatadilar:
1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan
yozilgan “As-Sahih”.
2. Imom Muslim an-Nishonpuriy (imom Muslim ibn al - Hajjoj)
tomonidan yozilgan “As-Sahih”.
3. Imom Ibn Mojja tomonidan yozilgan “Sunnai”.
4. Imom Abu Dovud Sulaymon – Sijistoniy tomonidan yozilgan
“Sunnai”.
5. Imom ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozilgan “Aj-jami al-
Kabir”.
6. Ahmad an – Nasoiy tomonidan yozilgan “Sunnai” kabi
to‘plamlardir.
7. Imom al – Buxoriyning shoh-asari “Al-Jome’ as-sahih”
(“Ishonchli to‘plam”) 4 jiddan iborat bo‘lib, unga 600 ming hadidan
7275 ta eng “sahih” hadislar kiritlgan, takrorlanmaydiganlari 4000
hadisdan iboratdir.
Imom al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning “Al-
Jome’ as-saxix” (“Ishonchli tuplam”), “Al-adab al-mufrad”, “At-Tarix
al-kibor” (“Katta tarix”), “At-Tarix as-sagiyr”, (“Kichik tarix”), “Al-
93
kiroatu xalfa-l-Imom” (“Imom ortida turib ukish”), “Vaf’ul-yadini fi-s-
Saloti” (“Namozda ikki kulni kutarish”) kabi ishlari mavjud bo‘lib,
kulyozmalari bizgacha etib kelgan. Amma “At-Tarix al-avsat” (“Urta
tarix”), “At-Tafsir al-kabir” (Katta tafsir”), (“Al-Jome’ al-kabir” (“Katta
tuplam”), “Kitob-ul-xiba” (“Xadya kitobi”) nomli asarlari ham
bo‘lganligi ma’lum, lekin bo‘lar bizgacha etib kelmagan. Shubxasiz, bu
asarlaridan eng etuk, shox asari “Al-Jome’-as-saxix”dir. Bu asar “Saxix
al-Buxoriy” nomi bilan ham dunyoda mashxur. 4-jildan iborat mazkur
kitobda paygambarimiz sallolloxu alayxi vasallam xadislaridan tashkari,
islom xukukshunosligi, islom marosimlari, axlok-odob, ta’lim-tarbiya,
tarix va etnografiyaga oid ma’lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming
xadisdan 7275 ta eng “saxix” xadislar kiritilgan bo‘lib,
takrorlanmaydigan 4000 xadisdan iboratdir. Bu kitob islom ta’limotida
Qur’oni Karimdan keyingi manba xisoblanadi. Ma’lumki, islom dini
insonni ma’naviy kamolot sari etaklovchi ta’limot. Shu sababli Kur’oni
Karimda ham, xadislarda ham yaxshi xulq va odob keng targib etilgan.
“Saxix” yunalishining asoschisi, eng etuk va mashxur muxaddis
Abu Abdulox Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Buxoriy
xadis ilmida “Amir ul-mu’minin”. “Imom al-muxaddisiyn” (“Barcha
muxaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan. U
810 yil, 13 mayda (ba’zi manbalarda 810 yil, 20 iyulda) (xijriy 194 yil
shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan. Gudakligida otadan etim
qolgan. O‘quv muassasasida savod chikargan, 10 yoshidanok arab tili va
kitoblaridan ularni yodlay boshlaydi. Al-Buxoriy xadis ilmini katta
kizikish bilan urgana boshlaydi. Yoshlik chog’idan boshlab turli
roviylardan eshitgan xadislarni yodlab boror edi. Abdullox ibn ol-
Muborak, Vaki’ ibn Jarrox kabi olimlar to’plagan xadislarni yod olgan,
xadis rivoyatchilari haqidagi baxslarda qatnashgan.
Al-Buxoriy 825 yilda, un olti yoshida onasi va akasi bilan
Xijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinayu Munavvarada
bo‘lib, xaj ibodatini ado etadi. Balx, Barsa, Kufa, Bag‘dod, Xume,
Damashq, Misr, Makka va Madinada bo‘lib, safar jarayonida
muxaddislardan xadis ukir edi. Olti yil Xijozda qolib, xadis ilmidan
ta’lim oladi. SHu bilan birga, Damashk, koxira, Basra, Bagdod
shaharlarida mashxur olimlardan fikx olmidan dars oladi, o‘zi ham baxs
va munozaralarda qatnashadi, tolibu ilmlarga dars ham beradi.
Imom Buxoriy iste’dodli, o’tkir muxofazali, ziyrak olim bo‘lgan.
“Manbalarga ko‘ra, Bag‘dodda istiqomat qilgan paytida ko‘pincha
oyning nurida ijod qilib, qorong’i kechalari sham yorug’ida kitob o’qir
94
ekan. Agar tunda bexosdan biror-bir fikr-muloxaza kelib qolsa, shamni
yoqib darxol fikrini qog’ozga tushirar, shu taxlitda ba’zi kechalari
shamni yigirma martagacha uchirib-yokar ekan”.
Imom Buxoriyning o’tkir zexn egasi ekanligini quyidagi
misoldan ham bilish mumkin.
Rivoyatlarga ko’ra “U qaysi bir kitobni qo’lga olib, bir marotaba
mutolaa qilsa, hammasi yod qolaverardi”. Imom Buxoriyning o‘z
so‘ziga ko’ra, yuz ming saxix (ishonchli) va ikki yuz ming gayri saxix
(ishnchsiz) xadisni yod bilar ekan. O‘z shogirdlaridan Amir ibn Fallos
“Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma’lum bo‘lmagan xadis, albatta
ishonchli xadis emasdur”, - deydi. Ustozi Imom Axmad ibn Xanbal al-
Marvaziyning aytishicha, “Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil
kabi olim chiqqan emas”.
Imom Buxoriyning o’tkir zexni haqida shunday rivoyat
keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada xadis darsiga qatnashgan
sheriklaridan biri Xoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan
ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan xadislarini biz yozib
olar edik, ammo Buxoriy fakat quloq solibgina o’tirardi. Shu tarzda
qancha kunlar o’tib, orada ustoz kariyb 15 ming xadis rivoyat qildi.
Shunda biz Buxoriyga: “Sen nega xadislarni yozmaysan?” - deb ta’na
qilgan vaqtimizda: “Sizlar yozib borayotgan xadislarni men ustoz
ogzidan yodlab olayotirman”, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma
xadislarni bir chekkadan yoddan o’qib berdi. Shundan keyin biz yozib
olgan xadisalarimizdagi xatolarni uning yodlaganidan tuzatib oladigan
bo‘ldik”.
Imom Buxoriy juda ko’p zabardast olimlardan ta’lim oladi.
Manbalarda uning ustozlarini tuksonga yakin deb ko‘rsatishadi.
Muhammad ibn Yusuf al-gartobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu
Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy, ibn Raxavayx nomi bilan
mashxur imom Isxok ibn Ibroxim, Imom Axmad ibn Xanbal, Ali ibn al-
Madiyniylar uning ustozlaridir.
Imom al-Buxoriyning o‘zi ham yirik va mashxur olimlar Isxoq
ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdullox ibn kutayba, Ibroxim al-Harbiy,
Muhammad ibn Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy,
Muslim ibn Al-Xajjojlarga o‘z vaqtida ustozlik qilgan.
Imom Buxoriy uta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz,
saxovatli inson ham bo‘lgan. U xadis ilmining etuk olimi bo‘lsa ham,
vaqti kelganda zamondoshlari, shogirdlaridan ham urgangan. Imom
Buxoriy bir ming saksonta muxaddisdan xadis eshitgan. Undan tukson
95
ming kishi ishonarli xadisni tuplagan, 100 ming “saxix” va 200 ming
“gayri saxix” xadislarni yod olgan.
Imom al-Buxoriy uzok safardan ona yurti Buxoroga kaytgach,
talabalar va ulamolarga xadis ilmidan sabok beradi va uning
targ’ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko’ra, xalifaning Buxorodagi
noibi Xolid ibn Axmad ibn Xolid az-Zuxaliy uni saroyiga kelib xadis
ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo Imom Buxoriy bu taklifni
qabul etmaydi va: “Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib
bormayman. Agar amirga ilm kerak bo‘lsa, tarbiyalanuvchilarni
(ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga yuborsin”,
- deb javod beradi. Al-Buxoriy bilan amir Xolid ibn Axmad az-Zuxalliy
munosabatlariga raxna tushadi. Bunga ba’zi xasadguy shaxslarning
ig’volari ham sabab bo‘ladi. Amir buyuk allomani shahardan chiqib
ketishga farmon beradi. Uni Samarqand ulamolari o‘z yurtlariga taklif
etadilar. Imom Buxoriy yulga chiqadi. Ammo Samarqandga yaqin
Xaftang kishlogida (xozirgi Poyarik tumani) betob bo‘lib qoladi va shu
erda xijriy 256 yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 870 yil 1
sentyabr) 62 yoshida vafot etadi va shu erga dafn etiladi.
Yuqoridagilarga
xulosa
qilib
aytganda,
islom
ta’limoti
mujassamlashgan Qur’oni Karimdagi “Biz odam bolalarini aziz-
mukarram qildik... ularga halol-pok narsalardan rizqu – ro‘z berdik va
ularni o‘zimiz yaratgan juda ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib
qo‘ydik”; “Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz-pokiza
narsalardan englar”, “Bandalarimga aytingki, ular eng go‘zal so‘zlardan
so‘zlashsinlar”, “Odamlarni aldab fitnaga solish o‘ldirishdan
yomonroqdir”,
“Alloh
zulm
qiluvchilarni
sevmaydi”,
“Parvardigoringiz... ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi...” kabi
muhim g‘oyalar; shuningdek, Hadisi SHarifdagi “Ilm egallang! Ilm-
sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida – yo‘ldosh,
baxtiyor daqiqalarda – rahbar, qayg‘uli onlarda – madadkor, odamlar
orasida – zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda - quroldir”; “Ilm
olish har bir muslim va muslima uchun farzdir”; “Beshikdan to qabrga
kirgunlaringizcha ilm izlangiz”, “YOshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan
naqsh kabidir”; “YOlg‘on so‘zlama”, “o‘zinga ravo ko‘rganni
boshqalarga ham ravo ko‘r”, “Englar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo
isrofgarchilikka o‘tmanglar”, “Ahmoqdan uzoqlashing”, “Nonni
e’zozlanglar”; deb zikr etilgan hikmatlar komil insonni tarbiyalashda
muhim manbadir.
96
Ta’kidlash joizki, Muso al-Xorazmiy, Imom Ismoil al – Buxoriy,
Imom at-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Ahmad YAssaviy, Ahmad Yugnakiy, Shayx
Najmiddinov Kubro, Sulaymon Boqirg‘oniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy,
Bahovuddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek,
Alisher Navoiy, Davoniy, Voiz Koshifiy va ulardan keyin ijod qilgan
boshqa
mutafak-kirlar
islom
ta’limotini,
Qur’oni
Karimni,
payg‘ambarimizning aytgan so‘zlari, diniy va axloqiy yo‘l-yo‘riqlari,
hikmatlaridan iborat manba-Hadisi Shariflarni yaxshi bilganlar, ularning
ta’sirida ijod etib, kelgusi avlodlar uchun benazir meros qoldirganlar.
Aslini olganda esa, mutafakkirlarimizning tabiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy
va ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari-ning asosi, shuningdek, asarlarining
mazmun – mohiyati va g‘oyasi ham Qur’oni Karim va Hadisi Sharif
ta’limotiga asoslanadi. Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab
savod o‘rgatish Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardagi pand-nasihatlarni
o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalarni o‘zlashtirish bilan olib borilgan.
Shunga ko‘ra, Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardagi pand-nasihatlar
ham olimlar, ham adiblar ijodiga kuchli ta’sir etgan va islom ta’limoti
allomalarimiz asarlarida ilmiy talqin etiladi. Bo‘larda ilgari surilgan
g‘oyalar yosh avlodning ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamol
topishiga, pedagogik fikr taraqqiyoti tarixida katta ahamiyatga ega
bo‘ldi.
Shunday qilib, biz islom ta’limotida, ta’lim-tarbiya masalalarining
tutgan o‘rnini tahlil etar ekanmiz, bu davr ma’naviy-ma’rifiy
tafakkurining harakterli tomoni shundaki, ma’naviyat, ma’rifat, odob-
axloq sohasidagi tasavvur, fikr, bilimlar islom diniy aqidalari va
ta’limotlarini ham bilimning, ilmiy tasavvurning bir ko‘rinishi sifatida
o‘z ichiga singdirib yubordi. Dunyoviy ilmlar va diniy ilohiy
tasavvurlar bir butun holda qabo‘l etilib, inson ilmiy tushunchalari
asosida talqin etilib, ular jahonga mashhur qomusiy mutaffakkir-larimiz
asarlarida keng o‘rin egalladi.
Nazorat savollari:
1. Islom dinini insonlar tafakkurini o‘stirishdagi xizmati qanday?
2. «Qur’oni Karim»da qanday tarbiyaviy g‘oyalar ilgari surilgan?
3. Hadis ilmining rivojlanishida allomalarning qo‘gan xissasi qanday?
4. Hadislarda ilm egallash haqida qanday o‘gitlar berilgan?
5. Axloqiy fazilatlarni shakllantirishda diniy manbalarning axamiyati
qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |