ishchi gipertrofiya kuzatiladi, harakatlantiruvchi nervlar orqali qo’zg’alishni o’tish
tezligi ortadi, muskullarda fermentlar faolligi kuchayib mioglobin va glikogen
zahiralari ortadi. Muskullarni innervatsiyasini yaxshilanganligini nerv-muskul
sinapslarini qalinlashganligi va ularni sonini ortganligidan ko’rish mumkin.
Sportchilarda muskullarni ixtiyoriy zo’riqtirish ko’rsatkichlari ortadi.
Sportchilarda moddalar almashinuvida uglevodlar va oqsil zahiralarini
ko’payishi, asosiy almashinuv darajasini esa pasayishi kuzatiladi.
O’pkalarning tiriklik sig’imini 6-8 litrgacha ko’tarilishi , nafas olish
chuqurligini ortishi o’pka ventilyatsiyasini yaxshilab, nafas harakatlarining sonini
kamayishi (bir minutda 6-12 ta) sportchilarning nafas tizimi faoliyatining
samaradorligi ortganligini ko’rsatadi. O’pkalarning tiriklik sig’imini yuqori
ko’rsatkichini takror va takror o’lchaganda kamaymaganligi nafas muskullari yaxshi
rivojlanganligi va chidamliligi ortganligidan dalolat beradi.
Tinch holatda nafasni
minutlik hajmi deyarli o’zgarmaydi, biroq o’pkalarning maksimal vetilyatsiyasi
chiniqqan sportchilarda 150-200 litrga yetadi, chiniqmagan odamlarda esa bu
ko’rsatkich 60-120 litrgacha bo’ladi. Nafasni ushlab turish vaqtini ortishi,
sportchining anaerob imkoniyatlarining yaxshiligini belgisi xisoblanadi.
Jismoniy yuklamalar ta’siriga yuqori malakali sportchilarning yurak qon-
tomir tizimida adaptatsiyalanish samaralari kuzatiladi. CHiniqqan yurak muskullari
qalinlashadi, sig’imi ortadi. Uzoq masofaga yuguruvchilarda chidamlililikni ortishi
yurak sig’imini 1000-1200 sm
3
gacha ko’payishiga olib keladi (chiniqmaganlarda
o’rtacha 700 sm
3
). Yurakni umumiy sig’imini ortishi, yurak urishlar sonini
kamayishiga olib keladi. Stayerlarda yurak urishlar soni tinch holatda minutiga 40-
50 ta ayrim hollarda 28-32 tagacha pasayishi kuzatiladi.
Sportchilarda sport formasiga ko’tarilgan vaqtda arterial qon bosimini
pasayishi (100-105 mm s ust.) kuzatiladi. Bunday holat ko’proq gimnastlarda va
uzoq masofaga yugurivchilarda kuzatiladi. Arterial gipotoniya sportchining staji va
sport mahorati ortgan sayin kuchayib boradi. Sport o’yinlari sport turiga
ixtiisoslashgan sportchilarda tinch holatda ko’p xollarda arterial qon bosim ortgan
bo’lishi mumkin.
Sportchilarning qon tizimida ham jismoniy yuklamalarga adaptatsiyalanish
natijasida bir qator o’zgarishlar kuzatiladi. Eritrotsitlarni soni 6 mln. va undan ortiq
, gemoglobinni miqdori 160 g/l va undan yuqori bo’lishi mumkin. Bu albatta qonni
kislorod hajmini katta bo’lishini ta’minlaydi (20-22 sig’im %). Oqayotgan qonning
hajmi ortadi, gemoglobinning umumiy miqdori 800-1000 g.ga ko’tariladi
(chiniqmaganlarda 700 g), qonning ishqoriy zahirasi ko’payadi. Qon tomirlarda
oqayotgan qonning sig’imi ko’payadi.
Organizmida jismoniy yuklamalar ta’sirida yuzaga kelgan funktsional qayta
qurilishlar sportchi organizmini umumiy adaptatsiyalanganligidan dalolat berib,
sportchining tanlagan sport turiga funktsional tayyorganligini xususiyatlarini
ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: