O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Sportchilarning  funktsional  tayyorgarligini standart va  yuqori  darajali



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

 
Sportchilarning  funktsional  tayyorgarligini standart va  yuqori  darajali 
yuklamalar ta’sirida baholash 


Sportchilarning  funktsional  tayyorgarligini  tinch  holatda  va  ish  bajarish 
vaqtida  organizmni  turli  funktsiyalarining  ko’rsatkichlarini  o’zgarishi  orqali 
baholanadi.  Baholashda  standart  va    yuqori  darajali  yuklamalardan  foydalaniladi. 
Standart yuklama kuzatilayotgan  odamlarni  barchasi uchun tanlab olinadi, yoshi va 
jismoniy tayyorgarlik darajasi hisobga olinmaydi. Yuqori  darajadagi yuklamalar esa 
odamni shaxsiy imkoniyatlar darajasiga mos kelishi kerak. 
Standart  va  yuqori  darajali  jismoniy  yuklamalar  ta’siriga  chiniqqan  va 
chiniqmagan odamlarning fiziologik ko’rsatkichlarini o’zgarishi bir-biridan keskin 
farq qiladi. 
Standart  yuklamalarda  ishning  quvvati  va  davomliligi  aniq  belgilanadi. 
Veloergometrda  pedallarni  aylantirish  chastotasi  va  qarshilikning  kattaligi,  step-
testda  pog’analarning  balandligi  va  ko’tarilish  tempi,  ishning  davomliligi  va  ular 
orasidagi vaqt barcha kuzatiluvchilar uchun bir xil  bo’lishi kerak va ularga bir xil 
ishni bajarish taklif qilinadi. 
Bu  vaziyatda  jismoniy  yaxshi  tayyorlangan  odam  harakatlari  mukammal 
koordinatsiyalanganligi tufayli ishni ozroq energiya sarflab bajaradi, enerigiya sarfi 
ko’p bo’lmaganligi sababli harakat apparati hamda vegetativ  funktsiyalarda sodir 
bo’ladigan o’zgarishlar boshqalarga nisbatan kichikroq bo’ladi. 
Yuqori darajali yuklamalarni  bajarganda chiniqqan sportchi katta quvvatda 
ishlab,  chiniqmagan  odamlarga  nisbatan  katta  hajmda  ish  bajaradi.  Alohida 
fiziologik  jarayonlarni  kam  harjligi  va  nafas  hamda  qon  aylanishi  funktsiyalarini 
yuqori samaradorligiga qaramasdan, sportchining chiniqqan organizmi bunday ishni 
bajarganda  katta  miqdorda  energiya  sarflaydi,  motor  va  vegetativ  funktsiyalarda 
kuchli o’zgarishlar sodir bo’ladi. 
Sportchilarning  funktsional  tayyorgarligini  aniqlashda  standart  yuklamalar 
umumiy  va  xususiyga  bo’linadi;  umumiy  yuklamalarga  turli  xil  funktsional 
probalar,  veloergometrli  testlar,  step-testlar  va  boshqalar  kiradi;  xususiy 
yuklamalarga  tanlangan  sport  turiga  mos  keladigan  yuklamalar  olinadi.  Masalan, 
ma’lum bir tezlikda aniq masofani yugurib  yoki suzib o’tish, statik kuchlanishni 
kerakli vaqt davomida ushlab turish va  boshqalar. 
Standart  ishga  chiniqqan  organizmning  reaktsiyalari  chiniqmagan 
organizm reaktsiyalaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:      
1. 
nisbatan tez  ishga kirishadi. 
2. 
turli funktsiyalarni ish ta’siridagi  o’zgarish darajalari oz bo’ladi. 
3. 
turg’unlik holati yaxshi ko’rinadi. 
4. 
yuklama ta’siridan keyin tez qayta tiklanadi  


 
 
 
 
 
CHiniqqan sportchi dinamik ish bajarayotganda nafasning minutlik xajminini 
ko’payishi  nafas  harakatlari  chuqurligini  ortishi  va  yurakni    minutlik  hajmini 
ko’payishi  yurakni  sistolik  hajmini  ortishi  hisobiga  amalga  oshadi. 
SHug’ullanmagan  odamda  esa  organizmni  extiyoji  nafas  harakatlari  va  yurak 
urishlar sonini ortishi hisobiga qoplanadi. 
Statik  ishni  bajarishga  adaptatsiyallangan  sportchilarda  statik  zo’riqish 
fenomeni kuchsiz ko’rinadi. Yuklama ta’sirida nafas va qon aylanish funktsiyalarini 
susayishi ozroq, ishdan keyingi ularni ortishi, boshqalarga nisbatan kamroq bo’ladi. 
Eng 
ko’p 
qo’llaniladigan 
standart 
testlarga 
jismoniy 
mehnat 
qobiliyatchanlikni  PWC
170
  usulida  aniqlash  va  Garvard  step-testi    indeksini 
aniqlashni ko’rsatish mumkin. PWC
170
-minutiga 170 ta yurak urishlar soniga to’g’ri  
keladigan  ishning  quvvati  va  Garvard  step-testini  indeksini  aniqlash  ish 
to’xtagandan keyin yurak urishlar sonini qayta tiklanish tezligiga ko’ra baholanadi. 
SHug’ullanmaganlar  uchun  PWC
170
ni  kattaligi  o’rtacha  1060  kgm/min, 
tezlik-kuch  sport  turi  bilan  shug’ullanuvchi  sportchilar  uchun  o’rtacha  1255  va 
jismoniy chidamlilikni talab qiluvchi sportchilarda 1500 kgm/min va undan ko’proq 
bo’lishi mumkin. 
Standart  yuklamalarni  bajarganda  sportchilarning  mehnat  qobiliyatchanligi 
bevosita  bajarilayotgan  ishning  kattaligi  va  quvvati    hamda  vositali  organizm 
funktsiyalarini 
o’zgarishining 
kattaligi 
orqali 
baholanadi. 
CHiniqqan 


sportchilarning  funktsional  zahiralarining  diapazoni  keng    bo’lganligi    sababli, 
funktsiyalarni  ortishi  ko’rsatkichlari  katta    bo’ladi,  chiniqmagan  odamlar  esa  u 
darajaga ko’tarila olmaydilar. 
CHiniqqan  sportchilarning  markaziy  nerv  tizimi  faoliyati  axborotlarni  katta  
tezlikda qabul qilish va qayta ishlash, xalaqit qiluvchi omillar ta’siriga chidamlilikni 
yuqoriligi,  organizmni  funktsional  zahiralarini  ishga  solish  qobiliyatini  kattaligi 
bilan  tavsiflanadi.  Ularda  charchashni  ixtiyoriy  yengish  va  emotsional  stresslarga 
qarshi turish imkoniyatlari yuqori bo’ladi. Bunga bir tomondan miyada kuchli ishchi 
dominantalarni  shakillanishi,  ikkinchi  tomondan  esa  neyropeptid  va  gormonlarni 
ko’payishi sabab bo’ladi. Masalan, chiniqqan sportchilarda musobaqa davrida bir 
sutkada  adrenalinni  qonga  chiqishi,  chiniqmagan  odamlarga  nisbatan  150  marta 
ko’p bo’ladi. 
Organizmni  energiya  sarfi  maksimal  quvvatli  ish  bajarganda  sekundiga  4 
kkalgacha va umumiysi esa o’rta quvvatli ish bajarganda 2-3 ming kkal va undan 
yuqori bo’ladi. 
 
 
 
 
   
 
Kislorodning maksimal iste’moli kattaligi organizmning aerob imkoniyatlarni 
tavsiflab, yuqori malakali sportchilarda kislorodni maksimal iste’molining absalyut 
ko’rsatkichi  minutiga  6  litr,  ayrim    hollarda  7  litrgacha  ko’tariladi,  nisbiy 
ko’rsatkichi  85-90  ml/kg/min  tashkil  qiladi.  Kislorodni  maksimal  iste’molini 
bunday  ko’rsatkichlari  sportchiga  harakatlanishni  katta  tezligini  ta’minlab,  yuqori 
darajadagi sport natijalariga erishish imkoniyatini beradi. Umumiy masofani bosib 
o’tishda kislorod iste’molining umumiy miqdori katta bo’ladi. Sportchi-stayerlarni 
chiniqqqanligini  ko’rsatkichlaridan  biri  qonda  glyukoza  miqdorini  keskin  
kamayishiga qaramasdan ishni bajarishni davom ettiraolish qobiliyati hisoblanadi. 
Yuqori  malakali  sportchilar  submaksimal  quvvatli  ish    bajarganda,    anaerob 
imkoniyatlarini  yuqori  darajada  ekanligi  bilan  farq  qiladi.  Ularning  kislorod 
qarzining kattaligi 20-22 litrga tenglashib, qonda sut kislotasini kontsentratsiyasini 
ortib  ketishi,  rN  ko’rsatkichini  7,0  ga  ayrim  hollarda  xattoki  6,9ga  tushib  ketishi 
organizmni  bunday  o’zgarishlarga  chidamliligini  yuqoriligini  ko’rsatadi.  Bunday 
o’zgarishlar  kislorodga  talabi  yuqori  ishlarga  xos  bo’lib,  vegetativ  tizim 
funktsiyalari juda katta darajada o’zgarishiga qaramasdan ish vaqtida  organizmni 
kislorodga  bo’lgan  talabini  qondirmaydi.  Bu  vaqtda  nafasni  minutlik  sig’imining 
kattaligi  180  l/min,  yurakni  minutlik  sig’imi  esa  40  l/min  teng  bo’ladi.  Sistolik 
sig’im 200 ml ga ko’tariladi.  
  

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish