O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Emotsiya  deganda  odamning  o’ziga  va  uni  o’rab  turgan  muhitga  shaxsiy 
munosabati tushuniladi, u odam extiyojlari va narsalarga nisbatan qiziqishlari orqali 
belgilanadi.  Emotsiyalarni  odamning  xulq-atvordagi  ahamiyati  organizmni  sensor 
va motor  tizimlari faoliyatiga baholovchi ta’siri hisoblanadi. Emotsiyalar odamni 
turli xil vaziyatlardagi muammolarni yechish va ularga ta’sir qilish usullarini tanlash 
imkoniyatini yaratadi.  
         Emotsiyalar  sportchini  sport  faoliyatida  doimo  mavjud  bo’lib:  “muskul 
quvonchi”,  “sportcha  g’ijinish”,  “yutkazish  alami”  va  “g’alaba  quvonchi”  kabi 
xissiyotlarni  boshidan  kechiradi.  Emotsional  sozlanish  odamning  maksimal 
ixtiyoriy kuchini va harakat tezligini ortiradi. 
Emotsiyani “quyi” shakli  - hayvonlarga, “yuqori” ko’rinishi odamlarga hos 
bo’ladi.  Odamlarda  emotsiya  ularning  hayotini  ijtimoiy  tomonlari  intelektual, 
axloqiy,  estetik  aspektlari  bilan  bog’liq  bo’lib,  uning  ongli  faoliyatini  va 
qiziqishlarini,  ongli  va  ongsiz  intilishlarini,  sezgilarini,  axborotlarni  izlashlari 
belgilaydi.  
 
Emotsiya  yuzaga  chiqishida  bosh  miya  katta    yarmi  sharlari  po’stlog’ining 
ayrim bo’limlari va po’stloq osti tuzilmalari – katta yarim sharlarni pastki va ichki 
yuzalari  (kamar  egri-bugriligi,  gippokamp),  talamusning  ayrim  yadrolari, 
gipotalamus,  miya  sopining  to’rsimon  tuzilmasi  ishtirok  etadi.  Bu  tuzilmalar 
birgalikda limbik – retikulyar kompleks deb atalib  po’stloqni oliy bo’limlari bilan 
birgalikda odam emotsiyasini shakllatiradi. 
 
Emotsional  reaktsiyalar harakatlanish, vegetativ, va  endokrin  ko’rinishlarda 
namoyon bo’ladi: nafas harakatlari va yurak urishlar soni, arteriya qon bosimi, skelet 
va  mimika  muskullari  faoliyati,  gipofizdan  adrenokortikotrop,  buyrak  usti 
bezlaridan  adrenalin,  noradrenalin  va  kortikoid  gormonlarining  ajralishi 
ko’rinishlarida bo’ladi.     
   
Ijobiy va salbiy emotsiyalar farq qilinadi. Odamlarni klinikalardagi davolash 
ishlarida  va  xayvonlarda  o’tkazilgan  tajribalarda    gipotalamus  va  o’rta  miyada 
rohatlanish  markazi  va  talamusning  ayrim  yadrolarida    jaxl  chiqish  markazlari 
mavjudligi aniqlangan. Hayvonlarda va kasal odamlarda  shu markazlarni elektr toki 
bilan    qo’zg’atilganda  “sababsiz  quvonch”,  “sababsiz  qo’rqish  yoki    sog’inish” 
hissiyotlari kuzatiladi. 
Emotsiyalar harakat jadalligini boshqaruvchi mexanizm hisoblanib. ekstremal 
sharoitda  organizmni  funktsional  zahiralari  ishga  soladi.  Bu  ko’proq  musobaqa 
sharoitida ko’rinib, sportchini musobaqadagi natijasi chiniqish mashg’ulotlaridagi 
ko’rsatkichlaridan  yuqori  bo’ladi.  Ishning  bajarish  samaradorligi  yakka  xolda 
ishlaganga  nisbatan  boshqa  odamlar  bilan  birga  musobaqalashgan  sharoitda 
yuqoriroq  bo’ladi.  Funktsional    zahiralarni  ishga  sola  olish  qobiliyati  tajribali 


malakali  sportchilarda  yuqori  bo’lib,  chiniqmagan  odamlar  o’z  zahiralarini  to’la 
ishga solaolmaydilar.   
Sport  faoliyati  vaqtidagi  sezilarli  nerv-psixik  zo’riqish  emotsional 
reaktsiyalarni  keskin  ortiradi,  sportchilarda    emotsional  stressni  keltirib 
chiqarib,xaddan tashqari zo’riqish ta’siri natijasida distress - organizmni funktsional 
holatni va faolligini yomonlashishi, immunitet pasayishi kuzatiladi. 
 Emotsiya  va  emotsional  stress  shakllanishda  alohida  sinf    biologik      faol 
moddalar  neyropeptidlar  (enkefalinlar,  endorfinlar,  opiat  peptidlar)  ishtirok  etadi. 
Ular  oqsil  molekulalarining  bo’linib  ketishi  natijasida  hosil  bo’lgan  kalta 
aminokislotalar zanjirlari hisoblanadi. Neyropeptidlar bosh va orqa miyaning turli 
bo’limlarida keng va har xil miqdorda tarqalganlar. Ular neyronlarni bir-birlari bilan 
biriktiruvchi  sinapslarga  ta’sir  qilib    funktsiyalarni  kuchaytirish  yoki  susaytirish, 
og’riqsizlantiruchi samarani ta’minlash, xotirani yaxshilash va harakat malakalarini 
shakllantirish, uyquni va tana haraoratini o’zgartirish, alkogolizmni og’ir holatlarini  
yo’qotish    qobiliyatiga  egalar.    Ularning  nerv  tizimidagi  miqdori  harakat  faoligi 
chegaralanganda  kamayib,  emotsional  reaktsiyalarda  ortadi.  Sportchilarda 
musobaqa sharoitida neyropepditlar  kontsentratsiyasi, shug’ullanmagan odamlarni 
doimiy miqdoridan 5-6 marta ortiqligi aniqlangan.  
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish