lipidlar va xolesterinning miqdori ortadi, qonni ivuchanligi kuchayadi,
kortikosteroidlar va katexolaminlarning darajasi ortadi. Odamda ikkita muhim
sindrom shakllanadi: vegetativ tomir disitoniyasi va organizmni nerv-psixik
astenizatsiyasi.
Markaziy nerv tizimining funktsiyasini pastlashi odamni oliy nerv faoliyatiga
ham ta’sir ko’rsatadi: diqqat va xotira yomonlashadi, aqliy ishni bajarganda xatolar
soni ko’payadi, axboratlarni qayta ishlash tezligi pastlaydi, kayfiyat yomonlashadi,
o’ta ta’sirchanlik va uyquni buzilishi kuzatiladi.
Yetarli darajada jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish bosh miya
funktsiyalarini kuchaytirib, boshqaruv mexanizmlarini mukammallashtiradi,
vegetativ tizimlar faoliyatini yaxshilaydi va organizmni optimal funktsional holatini
shakllantiradi.
Harakat apparatida muskul tolalarini atrofiyasi sababli muskullarni hajmi va
massasining kamayishi va qisqaruvchanlik xususiyatining yomonlanishi kuzatiladi.
Muskullarni qon bilan ta’minlanishi va energiya almashinuvi yomonlashadi. Ish
vaqtida muskullarni qisqarish kuchi, aniqligi, tezkorligi va chidamliligi pastlaydi.
Harakatlanganda umumiy tana og’irligi markazi to’lqinlanishining ortishi, yurish va
yugurish harakatlarini samaradorligini keskin kamaytiradi.
Harakat faolligini yetarli emasligi nafas tizimida quyidagi o’zgarishlarni
keltirib chiqaradi: o’pkalarni tiriklik xajmi, nafas harakatlarini chuqurligi, nafasni
minutlik sig’imi, o’pkalarning maksimal ventilyatsiyasi kamayadi. Ish vaqtida
kislorod talabi va kislorod qarzi keskin ortadi. Asosiy almashinuv va energiya
almashinuvi pastlaydi.
Yurak qon tomir tizimi faoliyati buziladi. Yurak muskuli atrofiyaga uchrab,
miokardni oziqlanishi yomonlashadi. Natijada yurakda ishemik kasallik rivojlanadi.
Yurak sig’imining kamayishi uning sistolik va minutlik sig’imlarini ozayishiga olib
keladi. Yurak urishlar soni tinch holatda ham, ish vaqtida ham yuqori bo’ladi.
Kuchsizlangan
skelet
muskullari
vena
qonini
yurakka
tomon
harakatlanishidagi “muskul nasosi” vazifasini yomon bajarganligi tufayli qonni
yurakka kelishi qiyinlashib, yurak ishini og’irlashtiradi. Qon aylanish vaqti sezilarli
darajada ortadi, harakatlanayotgan qonning miqdori kamayadi.
Kichik jismoniy yuklamalar ta’sirida va nafas harakatlarini sayozligi sababli
qon oqishiga “nafas nasosini” yordami juda ozayib ketadi. Harakat faolligining
susayishi natijasida xozirgi zamonda yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining ortib
borishi kuzatilmoqda.
Ichki sekretsiya bezlarining faoliyati susayib, gormon ishlab chiqarishi
kamayadi.
Akineziyada organizm kuchliroq jabrlanadi va sutka davomida bioritmlarni,
yurak urishlar sonini, tana haroratini va boshqa funktsiyalarning to’lkinlanishini
kuchsizlanib ketishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: