O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Salomatlik uchun xafli tavakkal  zarur emas



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Salomatlik uchun xafli tavakkal  zarur emas. 
Odam  organizmi  turli  a’zo  va  to’qimalardan  iborat  murakkab  tuzilgan 
birlashma  hisoblinib,  ko’p  darajali  yuqoriga  ko’tariluvchi  va  pastga  tushuvchi 
boshqaruv  tizimiga ega. Tizimlar ichidagi va tizimlararo o’rnatilgan o’zaro aloqalar 
organizmning ichki muhit ko’rsatkichlarini doimiyligini (gomeostazni) ta’minlaydi 
va  uni  tashqi  muhit  bilan  nozik  o’zaro  aloqasini  amalga  oshiradi.  Organizmdagi 
asosiy  hayot  faoliyati  ko’rsatkichlari  o’zini  o’zi  boshqarish  printsipiga  asosan 
mavjud qaytar bog’lanishlar tizimi orqali boshqariladi. 
Oragnizm faoliyatiga har qanday tashqi aralashuvlar, ayniqsa irsiy apparatga 
ta’sir  qilish  og’ir  oqibatlarga  sabab  bo’ladi.  Yangi  genni  kiritish,  ishlayotgan 
genning  faolligini  orttirish,  uning  beradigan  mahsulotining  miqdorini  o’zgartirish 
yoki  odamning  genomidagi  uxlayotgan  genni  faollashtirish,  funktsiyalarni  o’zaro 
muvozanatini buzib, o’z-o’zini boshqarish mexanizmini ishdan chiqaradi. Natijada 
ayrim a’zo va tizimlarda og’ir patologik o’zgarishlar yuzaga kelib, taraqqiy etishi 
organizmning o’limiga sabab bo’lishi mumkin. 
Sportchilarni  yuqori  natijalarga  erishishga  va  mukofatlanishga  harakatlarini 
to’g’ri tushunsa bo’ladi. Biroq maqsadga erishish yo’lida taqiqlangan yo’lni tanlashi 
sportchining salomatligiga ziyon keltirishi bilan birga, uning kelajagini ham yomon 
bo’lishiga sabab bo’lishi mumukin. 
Epogen  doping  salomatlik  uchun  eng  xavfli  doping  hisoblanadi.  Oddiy 
sharoitda  qondagi  eritropoetinni  miqdori  uncha  ko’p  bo’lmasdan,  eritrotsitlarni 
normadagi  miqdorini  ushlab  turish  uchun  yetarli  hisoblanadi.  Agar  qonda 
eritrotsitlarning  miqdori  qonda  kamaysa,  eritropoetin  gormonini  hosil  bo’lishi 
ko’payadi va ularni miqdori talab darajasiga ko’tariladi. Eritrotsitlarni soni yetarli 
darajaga  ko’tarilgandan keyin, eritropoetinni ishlab chiqarish kamayadi. Sportchi 
tomonidan  epogenni  ko’p  iste’mol  qilish  yuqoridagi  o’z-o’zini  boshqarish 
mexanizmining  ishini  buzadi.  Natijada  eritropoetinin  miqdorini  va  eritrotsitlarni 
sonini  qonda  ko’payishi    uning  kislorod  sig’imini  orttirish  bilan  birga 
yopishqoqligini  ham  orttirib  yurakni  ishlashini  qiyinlashtiradi.  Qon  quyuqlashib, 
qonda  quykalarning  paydo  bo’lishi,  qonni  harakatlanishini  buzadi,  infarkt  va 
insultning  yuzaga  kelishiga  sharoit  yaratadi.  Qonni  suyultirish  uchun  turli  dori 
vositalaridan foydalaniladi, shunda ham xavf to’la bartaraf etilmaydi. 
Maymunlarda  o’tkazilgan  tajribalarda  olimlar  qon  olish  yo’li  bilan  uni 
suyultirish orqali salbiy ta’sirni samarasini kamaytirishga harakat qilishgan. SHunga 
qaramasdan ko’p maymunlar o’lgan. SHu tajribalarda ayrim maymunlarda teskari 
samara  kuzatilgan.  Eritropoetinning  kontsentratsiyasi  noma’lum  sababga  ko’ra 
kamayganligi  sababli,  eritrotsitlarni  va  gemoglobining  miqdorini  pasayishi 
anemiyani  keltirib  chiqargan.  Bu  holatda  ham  maymunlar  boshqa  sababga  ko’ra, 
kislorod yetishmaganligi uchun o’lgan. 
Eritropoetinni  qondagi  miqdorini  asliga  qaytishi  juda  qiyin.  Tur  de  Frans 
velopoygasi qatnashchilariga eritropoetin ukol qilingandan keyin qonning holati bir  
nechta  xavftadan  keyin  asli  holatiga  qaytgan.  Ikkinchi  marta  eritropoetin 


yuborilgandan  keyin,  qonda  eritrotsitlarni  kontsentratsiyasi  ko’payishi  sababli 
qonning yopishqoqligi ortib organizmni o’limigacha olib kelishi mumkin. 
Muskul  massasini  ko’paytirish  va  alohida  muskularni  kuchini  orttirishga 
genetik  dopingdan  foydalanish  ham  salomatlikka  katta  xavf  soladi.  Alohida 
muskullarni  yoki  muskul  guruxlarini  doping  ta’sirida  disproportsional  o’zgarishi 
bunday  o’zgarishga  uchramagan  va  adaptatsiyalanmagan,  ularni  o’rab  turuvchi 
to’qimalarga,  ular  bilan  bog’liq  pay  va  suyaklarga  ta’sir  qiladi.  O’sish 
mexanizmlariga  tashqaridan  yot  omilni  ta’sir  etishi,  muskullararo  va  tizimlararo 
aloqalarning buzilishini keltirib chiqaradi. Yuqori malakali sportchilarda maksimal 
yuklamalar ta’sirida o’rab turgan to’qimalarni yemirilishi, bog’lamlarni yirtilishi va 
suyaklarni sinishi kuzatilishi mumkin. 
Xozirgi vaqtda odamning genetik apparatiga ta’sir etishdan yuzaga keladigan 
qo’shimcha o’zgarishlar va  keyingi oqibatlar  xaqida to’la ma’lumotlar yo’q. Rak 
o’smalarini hosil bo’lishiga, xujayra membranalarini o’tkazuvchanligini buzilishiga, 
membrana  va  harakat  potentsialini  o’zgarishiga,  nerv  tizimida  axborotlarni 
o’tkazilishiga, buyraklarda filtirlanish jarayonlariga va boshqalarga ta’siri mutlaqo 
o’rganilmagan. 
Genetik dopingning qo’llanilishini bo’lajak avlodga ham juda yomon  ta’siri 
bor. Sportchi o’zi mutant bo’lib qolmasdan, uning bolasining mutant bo’lishi xavfi 
mavjud. 
Xali o’rganilib aniqlanmagan va ehtiyot chorasi topilmagan o’zgarishlar eng 
xavfli hisoblanadi. 1999 yili 18 yoshli sportchi organizmiga irsiy aralashuv sababli 
juda  ko’p  a’zolarida  yuzaga  kelgan  salbiy  o’zgarishlar  sababli  vafot  etgan, 
xozirgacha  uning  sabablari  noma’lumligicha  qolmoqda.  Genetik  doping  qabul 
qilgan  sportchtlar  yutuqqa  emas,  balki  o’limga  tavvakal  qilishadi.  Ularning 
ko’pchiligi doping qo’llanishining oqibatlari xaqida yetarli ma’lumotga ega emaslar, 
biroq noqonuniy yo’l bilan g’alabaga erishib moddiy mukofatlanish orzusi ustunlik 
qiladi.  Olimpiada  chempionlarida  1995  yili  o’tkazilgan  so’rovnomada 
qatnashchilarning  yarmidan  ko’pi,  genetik  doping  qabul  qilib  besh  yil  davomida 
g’alabalarga erishib undan keyin xattoki o’limga ham rozi ekanligini bildirishgan. 
Ketirilgan ma’lumotlar Xalqaro Olimpia Komitetini kuchli tashvishga soldi. 
1990-chi  yillarning  oxirlarida  XOK  doping  qabul  qilish  tizimini  nazorat  qilishni 
tashkil qilishga qaror qildi. 1999 yili Dopingga qarshi Agentlik tashkil qilinib, unga 
genetik  doping  qabul  qilish  natijasida    yuzaga  keladigan  salbiy  oqibatlar  xaqida 
ma’lumotlar  kelib  tusha  boshladi.  Bu  agentlikni  tashkil  qilinishi  nihoyatda  zarur 
bo’lib,  genetik  dopinglarni  xujayraga  kiritishning  xozirgi  zamon  texnologiyasi 
yaxshi ishlab chiqilgan va undan molekulyar biologiyaga ixtisoslashayotgan talaba 
ham bemalol foydalanishi mumkin. SHu sababli genetik dopinglarni yaqin kelajakda 
keng  miqiyosda  qo’llanishi  xavfi  bor.  Sport  kurashlari  natijalarini  sekundning 
ulushlariga  va  santimetrlarga  bog’liqligi  va  genetik  dopinglarning  qo’llanilishini 
osonligi, sport murabbiylarini va sportchilarni albatta qiziqtiradi. 
XOK  oxirgi  yillarda  genetik  dopinglar  muammolarini  muxokama  qilishga 
genetik olimlarni taklif qilmoqda. Xalqaro Dopingga qarshi Agentlikni muammolari 
doirasiga dopinglarni barcha shakllari shu jumladan genetik doping ham kiritilgan. 


Genetika fanining buyuk yutuqlari organizmni imkoniyatlarini  kuchaytirish 
uchun nolegal vositalardan foydalanishga yo’l ochib berdi. Xozirgi vaqtda genetik 
doping sportni rivojlanishi va sportchilarni salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi 
eng yomon omil hisoblanadi. 
Odam genomiga ta’sir qilish usullarini keng tarqalishi uning evolyutsiyasini 
taxmin qilib bo’lmaydigan darajada o’zgartirib tashlashi mumkin. 
Xozirgi vaqtda sport amaliyotida sportga tanlab olish samaradorligi juda past, 
sportchini  muvoffaqiyatini  taxminlash  esa  60-70%  ortmaydi.  Odam  genetikasi 
qonuniyatlarini  bilish  murabbiylar  va  o’qituvchilarning  faoliyatini  yaxshilash 
zahiralarni ko’rsatib beradi. 
Jismoniy  tarbiya  va  sport  uchun  odamni  hayot  faoliyatining  irsiy  asoslarini 
bilish muhim ahamiyatga egaligi quyidagilardan iborat bo’ladi:                                  
-  organizmni o’sishi va rivojlanishini irsiy nazorat qilish yoshlik davrida eng ko’p 
ta’sirga ega bo’lib, shu davrda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilarning 
soni ko’p bo’ladi; 
-  oddiy  sharoitda  odam  faoliyatiga  irsiyatning  ta’siri  unchalik  sezilarli  emas, 
kuchli jismoniy va psixoemotsional zo’riqish, eng katta quvvatli va davomli ishni 
bajargan  (sport  musobaqasi  shunga  o’xshash)  vaqtda  uning  ta’siri  kuchliroq 
bo’ladi; 
-  odamni  genetik  xususiyatlariga  mos  kelmaydigan  sport  turini  va  musobaqa 
yo’lini tanlash sportchilarni chiniqish jarayonining rivojlanishini sekinlashtiradi, 
organizmda  harakatlarni  boshqaruvchi  funktsional  tizimning  noqulayligini 
shakllantiradi, tizim ichida va tizimlararo keraksiz o’zaro bog’larni hosil bo’lishi, 
kompensator  reaktsiyalarni  ko’paytirib,  qo’shimcha  zo’riqishlarning  hosil 
bo’lishi  hisobiga  sportchi  salomatligiga  xavf  tug’iladi  va  oxir  oqibatda  sport 
mahoratining ortishiga to’sqinlik qiladi. 
         Sportchilar, murabbiylar va vrachlar chiniqish mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil 
qilish, sportga mo’ljallash, tanlab olish va musobaqa faoliyatining muvoffaqiyatini 
shaxsiy taxminlash uchun organizmga irsiyatni ta’sir qilish qonuniyatlarini yaxshi 
bilishi zarur. 
         Xozirgi  vaqtda    sport  genetikasi  yutuqlari  bilan  qurollangan  yangi  avlod 
sportchilarini, murabbiylarini, o’qituvchilarini, vrachlarini va bolalar muassasalari 
xizmatchilarini  tayyorlash  kerak.  SHundagina  chiniqish  mashg’ulotlarini 
samaradorligi ortadi, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash muddati qisqaradi va 
keng aholini sog’lomlashtirish ishlari yaxshilanadi. Genetika qonuniyatlarini yaxshi 
bilish  va  sport turiga  moyilligini ko’rsatuvchi irsiy  belgilardan  foydalanish  uchun 
murakkab  asbob  va  uskunalar  talab  qilinmaydi,  iqtidorli  bolalarni  sportga  tanlab 
olishning  yosh  chegaralari  sezilarli  darajada  pastlaydi,  har  bir  bolaning  irsiy 
xususiyatlarini aniqlash uchun keng qamrovli monitoring ishlarini amalga oshirish 
imkoniyati paydo bo’ladi. 
        DNK  bo’laklarini  xozirgi  zamon  biotexnologiyasi  yordamida  tahlil  qilish 
sportga  tanlab  olishga  keng  imkoniyatlar  yaratadi.  Tez  chiniquvchanlik 
xususiyatlaridan  foydalanish  orqali  sport  mahoratining  yuqoriga  ko’tarilishini 
tezlatib, elita sportchilarni tayyorlash muddatini qisqartiradi. 


       Sportchi va murabbiylarga xozirgi vaqtda sportda qo’llanilayotgan dopinglarni 
va  ularni  aniqlash  usullari  xaqida  bilimlar  berishga  alohida  e’tibor  berish  lozim. 
Genetik dopinglarga e’tiborni qaratish eng muhim masala hisoblanadi. 
         Xozirgi  vaqtdagi  fiziologlar,  sport  vrachlari  va  genetiklar  oldida  turgan  eng 
dolzarb masalalardan biri murabbiy va sportchilarga, sportchining salomatligiga va 
ularni  bo’lajak  avlodiga  genetik  dopinglarning  salbiy  ta’sirlarini  tushintirish 
hisoblanadi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish