Fe’lning shart formasi –sa /-sə qo‘shimchalari bilan yasaladi: Bedənəning yatqa yyeri xas bolur; Chillə chussə, na : r tuyələr mas bolur.
Yaqin o‘tgan zamon fe’lining formalari xuddi adabiy tildagidek, faqat fonetik qiyofasi boshqacharoq:
I sh. mən aldim I sh. bizlə aldiq
II sh. san aldin II sh. sizlə aldinla
III sh.xu aldi III sh.xula aldi (la)
Tarixiy o‘tgan zamon fe’li so‘z o‘zagiga -g‘an, -gen, -qan / -kan va shaxs affikslari bilan yasaladi:
mən barg‘amman bizlə barg‘ammis
səyen barg‘ansan sizlə barg‘ansislə
xu barg‘an xula barg‘an (lə)
Uzoq o‘tgan zamon fe’li -b, -ib ravishdosh shakliga –ye(e) to‘liqsiz fe’lining tuslangan formasi qo‘shilib keshlishi orqali yasaladi.
mən koribiydim bizər kəribi -duk
sən koribi: diq silər koribidinnər
u(l)koribi:di ular koribi:di/lər
O‘tgan zamon hikoya fe’li so‘z o‘zagiga -b,-p,-ib,-ip shaxs qo‘shimchalarini qo‘shish orqali yasaladi:
I sh. mən baripman bizlə boripmis
II sh. sən baripsan sizlə baripsis
III sh.hu baripti hulə baroptilə
Hozirgi zamon fe’l formalari - yato‘r qo‘shimchasi bilan yasaladi:
I sh. mən baryatirman bizlə barayatirmis
II sh. sən baryatirsan sizlə barayatirsis
III sh.hu barayatir xula barayatir.
Kelasi zamon fe’l formalari so‘z o‘zagiga – tak shaxs qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:
I sh. barajakman barajakmiz
II sh. barajaksan barjaksis
III sh.barajak barjakla(r)
Kelasi zamon gumon fe’li fe’l negiziga -r,-ar qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:
I sh. mən bararman bizlə bararmiz
II sh. sən bararsan sizlə bararsiz
III sh.hu barar ular bararlar
Ammo qo‘shma fe’llarning tuzilishi adabiy tilga to‘g‘ri keladi:
1. Ot - fe’l - qol qoymaq, xizmat yetmak.
2. Fe’l - fe’l - oqip chixmכq, soylab bermak.
bol, qol, al, kor, ber, tur, yet, qol ko‘makchi (so‘zlari) fe’llarining qo‘llanishi va ma’no jihatdan adabiy til normasidan chetga chiqib ketadigan joyi yo‘q.
Sifatdoshning -gan formasi singarmonistik varianti bo‘lgan -gən borligi bilan ajraladi. O‘tgan zamon sifatdosh formasi -gən, -g‘an,-kən, -qan affikslari bilan yasaladi: barg‘an a: dam. kəlgən ba:la.
Hozirgi zamon sifatdosh formasi fe’l negiziga -yatqan, -yato‘rg‘an elementini qo‘shish orqali yasaladi: keləyato‘rg‘an, barayatqan.
Kelasi zamon sifatdosh formasi -dכg‘un, -dag‘an, -tכg‘un, -tag‘an shaklida fe’lga qo‘shiladi: baratog‘un a:dam, kelətכg‘un miyma:n.
-r, -ar formali sifatdosh adabiy tildagi singari tarqalishi e’tibori bilan cheklangan: yanar ta:g‘, uchar qush.
-jaq,-jek formali sifatdosh Xorazm o‘g‘uz shevalarida keng tarqalgan. Chimkent oblastidagi o‘zbek shevalarida qayd qilinmadi: galjakman, mən barjaqman.
Ravishdosh:
1.-a, -ə, -y affikslar fe’l negiziga qo‘shib ravishdosh yasaladi: Iqandin chixtiq tang ata; arisqa bardiq kun bata (Iqon)
2.-b,-ib qo‘shimchalarini qo‘shiladi: barib, kelib.
3.-incha -incha,-ginchə,-g‘incha qo‘shimchalarini qo‘shib bəllə gəlinchə shundədur.
4.-gəni, -g‘ani qo‘shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar maqsad ma’nosini ifodalaydi: oqig‘ani ketti, oynag‘ani kedi.
5.-gəli,-kəli,-g‘ali,-qali bilan payt ravish yasaladi: oquvg‘a ketkəli ush yol oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |