Ravish. Shevalardagi ravishlar adabiy tildagi normadan chetga chiqlsaydi, faqat so‘zlarning fonetik qiyofasida bo‘ladi.
Payt ravish:
Bugun, ertan, axsham buyin, ye:r,
yertə - kunduz, xeli, axsham, yertan
xa:zo‘r, bo‘lto‘r xarvax.
O‘rin ravishi:
shunda, baqa, ke:din, shaqtin, uzaqta, alo‘stan, ayshaqa, mכyshaqa, shuya:na.
Holat ravishi:
Te:z, zo:rg‘a, qoyo‘n, ag‘ir, onay, seki:n, mu:t (bekorga) to‘xtavsis, yayav.
Daraja-miqdor ravishi:
kop, a:z,picha, כbdan, shunchalli, qanchalli, to‘ntaqdiy, pitə, so‘ra.
Ravish yasalishi:
1. Leksik yo‘l bilan: kop, a:z, yaxshi, chaqqan, alis.
2. Morfologik yo‘l bilan: -cha, -chə,-day,-dəy,-lap,-ləp. -chasina, -chəsinə, -an,- ən: -qastan, yigitchəsigə.
Bog‘lovchilar. Shevalardagi bog‘lovchilar o‘z xususiyatlari bilan adabiy tilga yaqin holatda. Fonetik ko‘rinishda farq ko‘rinadi: va o‘rni bilan bog‘lovchisi bajaradi: səm bilan mən. həm bog‘lovchisi qo‘llanganda h tushadi: osh o sayəm onni bashqa; kesəməm, a: samam alama - da, -də yuklama, bog‘lovchi vazifalarida qo‘llanadi: bardim-da, keldim; aytqanimni ayttim-da arqag‘a qashtim.
Yuklamalar. Shevalarda qo‘llanadigan yuklamalar ma’no jihatda adabiy tildagidek ko‘rinishga ega: -a, -ə yuklamasi istak, qistashni ifodalaydi: barsana, kesen-a.
-chi yuklamasi -a, -ə yuklamasiga ma’no jihatdan yaqin: alsayqchi, kesai-chi, barsayichchi.
- na,-nə yuklamasi ikki xil so‘roq ma’nosini ifodalaydi:
a) adabiy tildagi -mi yuklamasi vazifasida keladi: sənəm a: damne, a:taq ba:zarin kədi na?
b) adabiy tildagi -chi so‘roq yuklamasi vazifasida keladi: o:zin, kəpsə, ma:shi:nə nə? mən ketəmə, sən nə.
-av yuklamasi: a) hayrat, zavqlanish taajjub ma’nolarini ifodalaydi;
v) achchiqlanish, achinish ma’nosida ham ishlatiladi: ba:hima yyetəsən -
-av, olumiqni be:su!
-in, -ng qo‘shimchasi -a,-ya yuklamasining ma’nosini beradi: Tandirinda o:tin ba:rmi? – yoq-q! (Tandiringda o‘tin bormi, yo‘g‘a, yo‘q edi-ya).
Undovlar. Shevalardagi undovlarga alaqador leksik qatlam ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Emotsional undovlar. SHevalarda hayrat, taajjub, achinish kabi ma’nolarni ifodalovchi undovlar (Xor.) shevalarda ibi, ibi-yyey holatida bo‘ladi. Ular eh, e-ya, iyys, voy-voy, atang undovlariga to‘g‘ri keladi.
Uff - charchaganlikni, uhh - g‘amginlikni bildiradi. Mushuk: pish-pish, tovuq tu:tu; ot: box-box,-mox-mox, tuya: chok-chok, sigir: xav-xav, buzoq: jəv-jəv, qo‘y: quray-quray, suv ichishga chaqirish quvay-quvay. echki: gich-gich (haydash), churi-churi (chaqirish) xo‘kizni (qaytarish): hav, ke!
Tovushga taqlid so‘zlar ham uchrab turadi: soat chiq-chiq -q’l’i yurup toxtapt’.
Ko‘makchilar. Ko‘makchilar o‘ziga xos xususiyatlari bilan adabiy tildagi (-y) farq qiladi: bilan-m’nən, mərmən holatida ishlatiladi: kun’ m’nən ’shləd’y - kun bilan ishladik.
uchun ko‘makchisi shevada yugun formasida ishlatiladi: menyuchun ’shləsən ’shləmə - metin uchun ishlama.
səyin - adabiy tildagi kabi: kunsəyn’ yəxsh’ bolכpt’ - kun sayin yaxshi bo‘lyapti.
SHevalarda modal va taqlid so‘zlar ham qo‘llanadi. Ular adabiy tildagi kabi holatlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |