O‘rin-payt kelishigi. Bu kelishik qo‘shimchalarini ifodalanishi dj-lovchi va y-lovchi shevalararo farqli hollarga ega. Dj-lovchi shevalarda o‘rin payt kelishigi qo‘shimchasi:
Qattiq o‘zak-negizlarda: a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng -da (qoluda); b) jarangsiz undoshlardan so‘ng -ta (qishloqta).
Yumshoq o‘zak-negizlarda: a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng -də (ezidə); b) jarangsiz undoshlardan so‘ng: -tə (miynətkəshtə).
Y-lovchi shevalarda bu kelishik qo‘shimchalari bir necha variantga ega:
Toshkent,Farg‘ona,: - de (bolədə) - te (כttə)
Xorazm, Xeva, Urganch, Hazorasp: -da (suvda), -də (ichində), -ta(yurtta).
Samarqand-Buxoro shevalarida o‘rin-payt va jo‘nalish kelishiklarini almashtirib -da o‘rniga -ga, -ga o‘rniga esa -da qo‘llaydilar:
bu כdəmlər sən’ old’nggə n’mə q’ləd’? Bu shevalarda jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklari vazifasini asosan -ga qo‘shimchasi bajaradi.
-ga qo‘shimchasining -da affiksiga almashinishi yo‘nalish ma’nosini bildirganda sodir bo‘ladi: rayכnda kett’ (rayonga ketti).
Bu hol Qashqadaryo vodiysi shevalarida ham mavjud. Lekin bu shevalarda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi vazifasini ham faqat jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi bajaradi. Masalan, Qarshi shevasida o‘rin-payt kelishigi jo‘nalish kelishigi bilan ifodalanadi: unlidan so‘ng -ya,-yə, undoshdan so‘ng -ga,-gə, -ka, -kə, -qa.
Misollar: u kəttə əkəs’yə xurməyə qat’x כl’p bכrgən chכqqa yolgə yכ-m’r yכqqan (u katta akasiga xurmachadan qatiq olib borgan chog‘da yo‘lda yomg‘ir yoqqan); bu k’sh’ Buxכrכya yashayd’ (bu kishi Buxoroda yashaydi).
Y-lovchi shevalarda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini qo‘llash ustun.
Chiqish kelishigi. Mazkur kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi ham dj-lovchi va y-lovchi shevalararo farqlanadi.
Dj-lovchi shevalarda chiqish kelishigi qo‘shimchalari quyidagicha shakllarda ifodalanadi: Qattiq o‘zak-negizlarda:
a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng -dan (qarz’dan, tavdan);
b) jarangsiz undoshlardan so‘ng -tan (attan).
Yumshoq o‘zak-negizlarda a) unli va undoshlardan so‘ng -den (tebeden); b) jarangsiz undoshlardan so‘ng -ten (bədrəktən), qattiq o‘zak-negizlarda sonor m, n, ng tovushlaridan va egalik qo‘shimchalaridan so‘ng -nan (tamnan) yumshoq o‘zak-negizlarda sonor m, n, ng tovushlaridan va egalik qo‘shimchalaridan so‘ng -nən (djuzumnən).
Y-lovchi shevalarda chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘zi qo‘shilib kelgan o‘zak-negizning qanday tovush bilan tugashiga qarab bir necha fonetik variantlarda bo‘ladi: Toshkent shevasida:-dən //-tən (yordən, dəryədən, dərəxtən). Farg‘ona shevasida: -dən-tan //-tən (qoldan, kopruktən.
Xorazm shevalarida: -dan//-dən//-tan//-tən//-nan//-nən (yכpraqidan) (כttan). Qarshi shevasida: -dan//tan//-nan (baladan, qalamnan).
O‘zbek tilining Turkiston, Iqon va Qorabuloq shevalarida chiqish kelishigi qo‘shimchasi: -din (undin, tamdin); -din (əptədin, betidin, ata-inəmdin); -tin (choqto‘n, ziya:pattin); -tin (Chimgəttin).
Do'stlaringiz bilan baham: |