NAVOIYNING ILMIY-ADABIY MEROSI. NAVOIY DAVRI ADABIYOTI.
1.Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat.
2. Xattotlik, tasviriy san’at, musiqa.
Badiiy adabiyot, adabiy janrlar, adabiy aloqalar, tarjimalar, tazkiralar.
Navoiy merosini o‘rganishga doir.
6.Navoiyning davlat ishlaridagi mahorati.
7.Navoiy-tarixchi. «Tarixi mulki ajam», «Tarixi hukamo va anbiyo».
8.Navoiy-adabiyotshunos va eski o‘zbek tilining ilmiy asoschisi sifatida. «Mezon-ul-avzon», «Majolis-un-nafois», «Muhokamatul-lug‘atayn» va boshqalar.
9.Navoiyning badiiy va falsafiy asarlari. «Lison-ut-tayr», «Xazoyin- ul maoniy», «Xamsa» va boshqalar.
10.Boburning hayoti va ilmiy-adabiy merosi.
XIV asr oxiri - XV asrning boshlarida Temur saltanati sekin-asta yemirila boshlaydi. Buning sababi, asosan, o‘zaro toj-taxt talashishlar bo‘ladi. Temurning vafotidan keyin 1409 yilda taxtga Shohruh chiqadi. U Xurosonni o‘ziga qoldirib, Movaraunnahrni o‘g‘li Ulug‘bekka beradi. Agar xronologik tarzda mana shu davr voqealari qarab chiqiladigan bo‘lsa, ular quyidagicha tasvirlanadi: 1447 yilda Shohruh vafot etadi, 1449 yilda Ulug‘bek yovuzlarcha o‘ldiriladi. Xuroson Abulqosim Boburga, Movaraunnahr Abusaid Mirzoga qoladi. Shunday bir sharoitda 1499 yilda Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniy (1451-1506) temuriylar sarhadlariga bostirib kira boshlaydi.
Ulug‘bek nomi bilan shuhrat qozongan Tarag‘ay 1394 yil 22 martda tug‘ilgan. U temuriylarning odatiga ko‘ra buvisi - Temurning katta xotini Saroymulkxonim tarbiyasiga topshiriladi. Ulug‘bekning otasi Shohruh mirzo katta va boy kutubxona tashkil etgan edi. Bu kutubxonada O‘rta Osiyo, Hindiston, Eron, Gretsiya va boshqa mamlakatlarda yetishgan buyuk olimlarning nodir asarlari saqlanar edi. Zehnli Ulug‘bek ko‘p vaqt kitob mutolaasi bilan shug‘ullanar, yulduzlar olamini o‘rganishga qiziqar edi. Ulug‘bek saroydagi safdosh olimlarning yordami bilan Samarqandda Obirahmat suvi yonidagi tepalikda 1424 yilda katta rasadxona -observatoriya quradi. Rasadxona Boburning ma’lumotiga ko‘ra, uch qavatli, juda baland va muhtasham bino bo‘lgan. Bu rasadxonadagi asosiy asbob - sekstant, o‘z aniqligi bilan XV asr rasadxonalaridagi asboblardan ustun turar edi. Ulug‘bek sayyoralar olami sirlarini aniqlab, 1018 yulduzning holatini o‘rganib chiqadi, astronomiya fanini yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘taradi. Shu mehnatlari mahsuli sifatida bir necha qimmatli asarlar yaratadi. Bu asarlar markazida «Zichi Ko‘ragoniy» yoki «Zichi Ulug‘bek» nomi bilan mashhur bo‘lgan astronomik jadval turadi. Bu asar nazariy-kirish qism va to‘rt katta bobdan iborat.
XIV-XVI asrlarda bir qancha iste’dodli san’atkorlar - nafis kitoblarning ijodkorlari: xattotlar (kalligraf), musavvirlar (rassom), lavvohlar (lavha chizuvchi), sahhoflar (muqovachi) yetishdi. Abdurahmon Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Ali Xandon, Mir Ali Qilqalam, Halvoiy, Rafiqiy kabi xattotlar, Mirak Naqqosh, Behzod, Shoh Muzaffar kabi musavvirlar yetishib chiqdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |