Asosiy maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish kerak:
Naqd pulni boshqarish - bunday mablag'lar balansini aniqlash, bu nafaqat operatsion faoliyatni uzluksiz moliyalashtirish, balki mablag'lar balansini saqlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Debitorlik qarzlarini boshqarish - xaridorlar uchun jozibador bo'ladigan va yig'ish muddatini qisqartiradigan kredit siyosatini ishlab chiqish kerak.
Inventarizatsiyani boshqarish - asosiy e'tibor buyurtma hajmini, buyurtma nuqtasini va xavfsizlik zaxirasini aniqlashga qaratilgan bo'lib, bu inventarizatsiya, saqlash va buyurtma xarajatlarini minimallashtirish bilan bir qatorda muammosiz operatsiyalarni ta'minlashga yordam beradi.
Qisqa muddatli moliyani boshqarish - menejerlar oldidagi vazifa mavsumiy yoki kutilmagan aylanma mablag'larga bo'lgan ehtiyojni moliyalashtirish uchun mos manbalarni aniqlashdir.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik – bu har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga nisbatan aytilib tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxs tadbirkor deyiladi. Tadbirkor o’ziga Tovar ishlab chiqarishning yagona jarayonida, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyga keltiruvchi vositachi hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish jarayonida o’ziga xos asosiy qarorlar qabul qilishdek qiyin vazifa mavjud bo’lib, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.
Mamlakat iqtisodiyotida tadbirkorlikning muhim o’rin tutishini hayotni o’zi tasdiqlab beradi. Chunki, bozorning mo’l-ko’lligi ko’p jihatdan tadbirkorlikga bog’liq. Ayniqsa, xalq iste’mollari tovarlari ishlab chiqarish, turli tuman xizmatlar ko’rsatish borasida tadbirkorlikninh ahamiyati beqiyos. Shu sababli, oxirgi yillarda respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish sohasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, innovatsion g’oyalar, startaplar, venchur loyihalarni moliyalashtirish, ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilishni tezlashtirish va innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarish tizimining barqaror zanjirini yaratish va rivojlantirish to’g’risida 2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivolantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish – iqtisodiyoning tadbirkorlik turiga o‘tish demakdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy tabiati tashabbuskorlik, tavakkalchilik va mas’uliyat, ishlab chiqarish omillarmi yangicha usulda birlashtirish, novatorlik kabi bir qancha belgilar bilan tavsiflanadi. Tadbirkorlik faoliyati deb shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatga aytiladi. Tadbirkorlik daromadining o‘ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan, u ishlab chiqarish jarayonida resurslarning eng optimal variantda qo‘llanilishi natijasida vujudga
keladi, ikkinchidan esa, bozorda ayirboshlash natijasida shakllanadi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatda ma’lum darajada shart-sharoit yaratilishi zarur. Tadbirkorlik vazifalarini amalga oshirish, rivojlantirish va shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shart-sharoitlar majmuasi tadbirkorlik muhitini tashkil qiladi. Tadbirkorlik muhiti bir necha unsurlardan tashkil topgan: huquqiy asosning mavjudligi, iqtisodiy erkinlik, shaxsiy manfaat, bozoming rivojlanganligi, raqobat, davlatning cheklangan roli.
Tadbirkorlik kapitali o‘zining amal qilish jarayonida bir necha shaklda namoyon bo ‘ ladigan murakkab hodisadir. Ilk bosqichda kapital buyum, pul, qiymat ko‘rinishida bo‘lib, xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltiriladi. Shuning uchun kapital avanslangan qiymat shaklini oladi. Natijada kapital qo‘shimcha mahsulot, daromad olishni ta’minlaydigan qiymatga aylanadi.
Tadbirkorlik kapitalning aylanishi shunday harakatki, unda kapital barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o‘tib, o‘ziga xos bo‘lgan vazifalarni bajarib o'zining dastlabki shakliga qaytadi. Kapitalning aylanishi avanslangan qiymat butunlay qoplangan taqdirda amalga oshgan hisoblanadi. Kapital aylanish tezligi kapitalning bir yilda aylanish tezligi va aylanish soni bilan o‘lchanadi. Kapital o‘zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida to‘liq ishtirok etib, o‘z qiymatini mahsulot qiymatiga qismlar bilan o‘tkazadi. Mehnat vositalari o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan va amortizatsiya fondida jamg‘ariladigan asosiy kapital qiymati amortizatsiya ajratmalari deyiladi. Amortizatsiya ajratmalari summasining asosiy kapital qiymatiga nisbati amortizatsiya normasi deyiladi va foizlarda hisoblanadi. Aylanma kapital ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini to‘laligicha tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazadi. Tadbirkorlik kapitalining aylanish harakatlari puldan iborat bo’lib, unuli-ishlab chiqarishdan boshlab unumli ishlab chiqarish yoki xizmatlar bilan, tovar shaklidan yana tovar shakliga qaytib kelishi lozim bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |