Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Gumantiar fanlar»


Mehnat vositalari jismoniy eskirishning ikki shakli mavjud ular quyidagilar



Download 314,74 Kb.
bet7/13
Sana31.05.2022
Hajmi314,74 Kb.
#623188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2 5195287944134400121

Mehnat vositalari jismoniy eskirishning ikki shakli mavjud ular quyidagilar:








Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy eskirishning ham ikki xil turi mavjud bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi. Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalami yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalaming texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan mehnat vositalarining keng qo‘llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi.


Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalaming ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko‘riladigan zaraming oldini olishning asosiy yo‘li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.
Amortizatsiya ajratmalari belgilangan amortizatsiya normalari (me’yorlari) asosida ajratilib boriladi. Asosiy kapitalning eskirishi bilan amortizatsiya o‘rtasida
mustahkam aloqa bor. Biroq bular bir xil tushunchalar emas. Eskirish mehnat vositalaridan foydalanish vaqtida ulaming texnik-ishlab chiqarish xossalarini asta- sekin yo‘qotish jarayonini aks ettiradi. Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo‘lib, iste’mol qilingan mehnat vositalari qiymatini ulaming eskirishiga muvofiq ravishda mahsulotga o‘tkazish, iste’mol qilingan mehnat vositalarining o‘mini qoplash maqsadida pul fondini jamg‘arish jarayonini aks ettiradi. Shunday qilib, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo'ladi: bir qismi asosiy kapitalni to‘la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital ta’mirlashga) mo‘ljallanadi.
Iqtisodiyotning turli sohalaridagi asosiy kapitallarini ko‘paytirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki resurslami safarbar qilish hisobidan amalga oshirilgan. 2017-yilda iqtisodiyot sohalari asosiy kapitalini ko‘paytirish maqsadida kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 28694,6 mlrd.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 40737,3 mlrd.so‘mni tashkil qilib shu davrlarga nisbatan 142,0 foizga ko‘paygan. Shundan 2017-yilda asosiy kapitalga jami kiritilgan investitsiyalaming 34,2 foizini sanoat, 15,2 foizini transport hamda 20.7 foizini uy-joy va kommunal xo‘jaligi tashkil qilgan bo‘lsa, 2018-yilda esa asosiy kapitalga jami kiritilgan investitsiyalaming 38.8 foizini sanoat, 9,2 foizini transport hamda 24,7 foizini uy-joy va kommunal xo‘jaligi tashkil qildi. Tahlillar ko‘rsatadiki, tadbirkorlik kapitalini ko‘paytirish manbalarida qarz mablag‘lari rolining oshishi asosan xorijiy kreditlarning ko‘payishi hisobiga yuz bergan. Bu esa respublikada chet el kreditlari bo‘yicha kafolatlarning yuqori darajasi va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarining beqarorligi bilan izohlanadi.
Hozirgi kunda, vatanimizda tadbirkorlik kapitalini ko‘paytirishda to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma korxonalarni rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda. 2019-yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan iqtisodiyotga 19 963,2 mlrd. so‘mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo‘yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmining 40,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, ular tomonidan 20 677,7 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 70,7 foizi) yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish zaruriyati, tadbirkorlik bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va investitsiya muhitining yaxshilanishi borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatga bevosita chet el investitsiyalarini olib kirish faollashib, kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmida chet el investitsiyasi tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi.

Download 314,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish