O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti


Epizootologiyasi va epidemiologiyasi



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Epizootologiyasi va epidemiologiyasi. 
Quturish kasalligi zoonoz yuqumli 
kasallikdir. Issiq qonli hayvonlarning barchasi quturish kasalligi bilan kasallanadi. 
Quturish 2 xil turda (tipda) uchraydi, birinchisida, ya‘ni quturishning tabiiy turida 
kasallikning rezervuar va manbalari yovvoyi hayvonlar hisoblansa (bo‗ri, 
chiyabo‗ri, tulki, yenotsimon itlar, barsuk, mangust, ko‗rshapalak va h.), 
quturishning ikkinchi antropurgik ("shaxar") turida esa kasallik manbalari uy 
hayvonlaridan it va mushuklar hamda ayrim qishloq xo‗jalik hayvonlari 
xisoblanadi, ular sun‘iy, ikkilamchi, shaxar, urbanik o‗choklarning kelib chiqishiga 
sabab bo‗ladi. 
Quturishning epizootik jarayonida ma‘lum davriylik mavjud (xar 2-3 yilda) 
bu davriylik bevosita yovvoyi hayvonlarning biologik sikliga bog‗liq bo‗ladi 
(hayvonlar o‗rtasidagi muloqotning kuz va qish fasllarida oshishi, yosh 
hayvonlarning oilasidan ajralib chiqishi va ovqatlanadigan joyining o‗zgartirishi, 


266 
qish va bahorda hayvonlarning qo‗shilish davrida). Quturishning tabiiy o‗choqlari 
yer yuzining turli hududlarida turli xil hayvonlar organizimida saqlanadi. 
Masalan, Yevropa qit‘asida quturish virusining asosiy rezervuari (manbai) 
qizil tulki, O‗rta Sharqda bo‗ri, Shimoliy Afrikada chiyabo‗ri, Janubiy Afrikada 
mangust, Shimoliy Amerikada koyot, yenot, Janubiy va Markaziy Amerikada 
xashoratxo‗rlar va ko‗rshapalaklar xisoblanadi. Quturish kasalligi Osiyo 
davlatlarida yuqori ko‗rsatkichlarda, Afrika va Shimoliy Amerikada esa eng past 
ko‗rsatkichlarda qayd etiladi. Virus quturishga chalingan hayvonlarning so‗lagi 
bilan ajraladi. Virus kasallikning inkubatsion davrining oxirgi 10 kunida va butun 
kasallik davri mobaynida ajraladi hamda tishlash, so‗lak tushishi natijasida kasallik 
sog‗lom hayvonlarga teri va shilliq qavatlar orqali yuqadi. Amerika davlatlaridagi 
ko‗rshapalaklarda bir necha oy davomida quturish virusining tashuvchiligi 
aniqlangan, ularda kasallik belgilari namoyon bo‗lmaydi. Quturish kasalligining 
odamdan-odamga yuqishi isbotlanmagan. Hayvonlarda quturish kasalligi tarqoq 
(sporadik) holatda uchraydi, kasallikning guruhli holatlari kamdan-kam qayd 
etiladi, epidemiyasi esa kuzatilmaydi. 
Odamlardagi quturish kasalligining ko‗rsatkichi quturish kasalligining 
epizootologik holatiga bevosita bog‗liq. Odamlar uchun quturish kasalligining 
manbai bo‗lib yovvoyi hayvonlardan bo‗ri, chiyabo‗ri, tulki, yenotsimon itlar, 
barsuk, mangust, ko‗rshapalak va boshqalar hamda uy hayvonlaridan asosan, it, 
mushuklar xisoblanadi. 
Respublikamiz sharoitida odamlar uchun quturish kasalligining manbai 90 
foizdan ortig‗i itlar xisoblanadi. Odamga kasallik quturish kasalligiga chalingan 
hayvonlarning (it, mushuk va h.) tishlashi (90 foizga yaqin) va so‗lagini tushishi 
(10 foiz) natijasida, kamdan kam hollarda esa tirnashi natijasida yuqadi. Kasallik 
odamga kamdan-kam hollarda virus bilan zararlangan hayvon terisi va aspiratsion 
yo‗l bilan (ko‗rshapalak joylashgan g‗orlarda) yuqishi mumkin. Virus bilan 
zararlangan so‗lak kasallikning asosiy va yetakchi omili xisoblanadi. Odamlar 
o‗rtasida kasallikka beriluvchanlik yuqori. Kasallikning asosiy salmog‗i 20-29 
yoshliklarga to‗g‗ri keladi (50 foiz), 4-14 yoshliklar kasallikning 25 foizini tashkil 


267 
etadi, yovvoyi va daydi hayvonlar bilan muloqot cheklanganligi sababli 4 
yoshgacha bo‗lgan bolalarda juda kam uchraydi. Kasallikning 75 foiziga yaqini 
qishlokdardagi erkak jinsiga to‗g‗ri keladi, chunki qishlokdagi faol yoshdagi 
erkaklar uy hayvonlari (it, mushuk), shuningdek, yovvoyi hayvonlar bilan (it 
parvarishi bilan shug‗ullanish, yovvoyi hayvonlarni ovlash va hokazo) ko‗proq 
muloqotda bo‗ladilar. Quturish kasalligida sezilarli mavsumiylik kuzatilmaydi. 
Odamlar o‗rtasidagi quturish kasalligining ko‗rsatkichi hayvonlar o‗rtasidagi qayd 
etilayotgan kasallikka va odamlarda sodir bo‗layotgan tishlanishlar soniga bevosita 
bog‗liq bo‗ladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish