Davolash usullari.
Gidrofobiyani maxsus dori-darmonlar bilan davolash
usullari tajriba bosqichida turibdi. Bugungacha bu kasallikka chalingan birorta ham
odam yoki hayvon davolanib, tuzalib ketganligi bo‗yicha asosli ma‘lumotlar yo‗q.
Gidrofobiyada davolash simptomatik olib boriladi va quyidagi tartibda
amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
-bemorni tashqi ta‘sir qiluvchi omillardan, ayniqsa shovqindan, shamoldan,
yorug‗likdan asrash lozim. Bemor tinch, issiq va qorong‗ilashtirilgan xonaga
yotqizilishi kerak. Xonada, ortiqcha buyumlar bo‗lmasligi kerak, chunki
"qo‗zg‗alish xuruji" ro‗y berganda, u qo‗liga tushgan buyumni u tomondan bu
tomonga otib, tartibsizlik qilishi mumkin;
-bezovtalik, qo‗rquvni, gidrofobiya xurujlarini va shu bilan paydo bo‗lgan
og‗riqlarga qarshi bemorga antispazmolitik, narkotik va uxlatadigan dorilar tavsiya
etiladi;
-yurak-tomir tizimini qo‗llab-quvvatlash va oziqlantirish maqsadida kamfora,
glyukoza kabi dori vositalari vena ichiga yuboriladi, qon, plazma, qon o‗rnini
bosadiganlar, shuningdek, izotonik eritmalar, diuretik va boshqa dori-darmonlar
tayinlanadi;
-o‗pka faoliyatini yaxshilash va gipoksiyaning oldini olish maqsadida
traxeostomiya qilinadi va sun‘iy nafas berish apparatiga ulanadi.
Profilaktikasi.
Quturish kasalligi zoonoz yuqumli kasallik hisoblanganligi
sababli, bu kasallikka qarshi asosiy chora-tadbirlar veterinariya-kommunal
yo‗nalishida olib borilib, kasallik manbalarining yo‗qotilishiga qaratilishi kerak.
Respublikamizda quturish kasalligining asosiy va yetakchi manbai quturish
kasalligiga chalingan itlar xisoblanadi (90%). Shu bois odamlarda quturish
kasalligining oldini olish chora-tadbirlari avvalo itlar o‗rtasida quturish
kasalligining oldini olishga, kasallik manbalarining yo‗qotilishiga qaratilmog‗i
kerak.
273
Daydi it va mushuklarni paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik, mavjudlarini
yo‗qotish, xonaki it va mushuklarni o‗z vaqtida hisobga olish, ularni doimiy
veterinariya ko‗rigidan o‗tkazib turish va quturish kasalligiga qarshi emlash, bu
kasallikning odamlar o‗rtasida oldini olishda asosiy va samarali profilaktik chora-
tadbirlardan xisoblanadi. Hayvonlar tishlashidan jabrlangan odamlarning o‗z
vaqtida tibbiy yordamga murojaat etishi va tegishli antirabik emlashga jalb etilishi
kasallikning profilaktikasida muhim ahamiyatga ega. Ko‗p yillik epizootologik va
epidemiologik tahlillarga qaraganda, odamlar o‗rtacha 80-85 foiz holatda xonaki
hayvonlarni (it, mushuk) saqlash qoidalarini buzishi natijasida, ularning
tishlashlaridan jabrlanadilar. Ming afsus bilan ta‘kidlash joizki, Respublikamiz
miqyosida aksariyat fuqarolar uy sharoitida it saqlash qoidalariga rioya
qilishmaydi.
Ularda
hayvonlarni
parvarish
qilish
madaniyati
past.
Respublikamizda xar yili o‗rtacha 45-50 ming kishi hayvon tishlashidan
jabrlanayotganligi ham aynan shundan dalolat beradi. Bundan tashqari
Respublikamiz bo‗yicha xar yili ming-minglab hayvon tishlashidan jabrlangan
kishilar antirabik yordamga murojaat qilmasdan (ayniqsa qishloq axolisi) qolib
ketadi. Respublikamizda quturish kasalligiga chalinganlarning salkam 50 foizi
antirabik yordamga murojaat etmaganligi ham aynan shu holatdan darak beradi.
Xar yili Respublikamiz bo‘yicha hayvon tishlashidan jabrlanganlarni quturishga
qarshi emlash uchun (antirabik vaksina, antirabik immunoglobulin) juda katta
mablag‗ sarflanadi.
Shuningdek, fuqarolar hayvon (it) tishlashi natijasida ham jismoniy, ham
moddiy, ham ma‘naviy zarar ko‗radi, eng dahshatlisi, ularda buning natijasida 100
foiz o‗lim muqarrar bo‗lgan quturish kasalligining yuqish xavfi tug‗iladi. Shularga
qaramasdan, Respublikamizda it egalariga nisbatan ta‘sirchan va samarali chora
ko‗rish tadbirlari ishlab chiqilmagan.
Bugungi kunda Respublikamizda kuturish kasalligining oldini olish bo‗yicha
maxsus Sanitariya-veterinariya qonunini ishlab chiqib, joriy etmasdan turib, bu
kasallikning hayvonlar va odamlar o‗rtasida oldini olishga, ya‘ni epizootologo-
epidemiologik barqarorlikka erishib bo‗lmaydi.
274
Do'stlaringiz bilan baham: |