O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Davolash usullari. 
Gidrofobiyani maxsus dori-darmonlar bilan davolash 
usullari tajriba bosqichida turibdi. Bugungacha bu kasallikka chalingan birorta ham 
odam yoki hayvon davolanib, tuzalib ketganligi bo‗yicha asosli ma‘lumotlar yo‗q. 
Gidrofobiyada davolash simptomatik olib boriladi va quyidagi tartibda 
amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
-bemorni tashqi ta‘sir qiluvchi omillardan, ayniqsa shovqindan, shamoldan, 
yorug‗likdan asrash lozim. Bemor tinch, issiq va qorong‗ilashtirilgan xonaga 
yotqizilishi kerak. Xonada, ortiqcha buyumlar bo‗lmasligi kerak, chunki 
"qo‗zg‗alish xuruji" ro‗y berganda, u qo‗liga tushgan buyumni u tomondan bu 
tomonga otib, tartibsizlik qilishi mumkin; 
-bezovtalik, qo‗rquvni, gidrofobiya xurujlarini va shu bilan paydo bo‗lgan 
og‗riqlarga qarshi bemorga antispazmolitik, narkotik va uxlatadigan dorilar tavsiya 
etiladi; 
-yurak-tomir tizimini qo‗llab-quvvatlash va oziqlantirish maqsadida kamfora, 
glyukoza kabi dori vositalari vena ichiga yuboriladi, qon, plazma, qon o‗rnini 
bosadiganlar, shuningdek, izotonik eritmalar, diuretik va boshqa dori-darmonlar 
tayinlanadi;
-o‗pka faoliyatini yaxshilash va gipoksiyaning oldini olish maqsadida 
traxeostomiya qilinadi va sun‘iy nafas berish apparatiga ulanadi. 
Profilaktikasi. 
Quturish kasalligi zoonoz yuqumli kasallik hisoblanganligi 
sababli, bu kasallikka qarshi asosiy chora-tadbirlar veterinariya-kommunal 
yo‗nalishida olib borilib, kasallik manbalarining yo‗qotilishiga qaratilishi kerak. 
Respublikamizda quturish kasalligining asosiy va yetakchi manbai quturish 
kasalligiga chalingan itlar xisoblanadi (90%). Shu bois odamlarda quturish 
kasalligining oldini olish chora-tadbirlari avvalo itlar o‗rtasida quturish 
kasalligining oldini olishga, kasallik manbalarining yo‗qotilishiga qaratilmog‗i 
kerak. 


273 
Daydi it va mushuklarni paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik, mavjudlarini 
yo‗qotish, xonaki it va mushuklarni o‗z vaqtida hisobga olish, ularni doimiy 
veterinariya ko‗rigidan o‗tkazib turish va quturish kasalligiga qarshi emlash, bu 
kasallikning odamlar o‗rtasida oldini olishda asosiy va samarali profilaktik chora-
tadbirlardan xisoblanadi. Hayvonlar tishlashidan jabrlangan odamlarning o‗z 
vaqtida tibbiy yordamga murojaat etishi va tegishli antirabik emlashga jalb etilishi 
kasallikning profilaktikasida muhim ahamiyatga ega. Ko‗p yillik epizootologik va 
epidemiologik tahlillarga qaraganda, odamlar o‗rtacha 80-85 foiz holatda xonaki 
hayvonlarni (it, mushuk) saqlash qoidalarini buzishi natijasida, ularning 
tishlashlaridan jabrlanadilar. Ming afsus bilan ta‘kidlash joizki, Respublikamiz 
miqyosida aksariyat fuqarolar uy sharoitida it saqlash qoidalariga rioya 
qilishmaydi. 
Ularda 
hayvonlarni 
parvarish 
qilish 
madaniyati 
past. 
Respublikamizda xar yili o‗rtacha 45-50 ming kishi hayvon tishlashidan 
jabrlanayotganligi ham aynan shundan dalolat beradi. Bundan tashqari 
Respublikamiz bo‗yicha xar yili ming-minglab hayvon tishlashidan jabrlangan 
kishilar antirabik yordamga murojaat qilmasdan (ayniqsa qishloq axolisi) qolib 
ketadi. Respublikamizda quturish kasalligiga chalinganlarning salkam 50 foizi 
antirabik yordamga murojaat etmaganligi ham aynan shu holatdan darak beradi. 
Xar yili Respublikamiz bo‘yicha hayvon tishlashidan jabrlanganlarni quturishga 
qarshi emlash uchun (antirabik vaksina, antirabik immunoglobulin) juda katta 
mablag‗ sarflanadi. 
Shuningdek, fuqarolar hayvon (it) tishlashi natijasida ham jismoniy, ham 
moddiy, ham ma‘naviy zarar ko‗radi, eng dahshatlisi, ularda buning natijasida 100 
foiz o‗lim muqarrar bo‗lgan quturish kasalligining yuqish xavfi tug‗iladi. Shularga 
qaramasdan, Respublikamizda it egalariga nisbatan ta‘sirchan va samarali chora 
ko‗rish tadbirlari ishlab chiqilmagan. 
Bugungi kunda Respublikamizda kuturish kasalligining oldini olish bo‗yicha 
maxsus Sanitariya-veterinariya qonunini ishlab chiqib, joriy etmasdan turib, bu 
kasallikning hayvonlar va odamlar o‗rtasida oldini olishga, ya‘ni epizootologo-
epidemiologik barqarorlikka erishib bo‗lmaydi. 


274 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish