Epizootologiyasi va epidemiologiyasi.
Quturish kasalligi zoonoz yuqumli
kasallikdir. Issiq qonli hayvonlarning barchasi quturish kasalligi bilan kasallanadi.
Quturish 2 xil turda (tipda) uchraydi, birinchisida, ya‘ni quturishning tabiiy turida
kasallikning rezervuar va manbalari yovvoyi hayvonlar hisoblansa (bo‗ri,
chiyabo‗ri, tulki, yenotsimon itlar, barsuk, mangust, ko‗rshapalak va h.),
quturishning ikkinchi antropurgik ("shaxar") turida esa kasallik manbalari uy
hayvonlaridan it va mushuklar hamda ayrim qishloq xo‗jalik hayvonlari
xisoblanadi, ular sun‘iy, ikkilamchi, shaxar, urbanik o‗choklarning kelib chiqishiga
sabab bo‗ladi.
Quturishning epizootik jarayonida ma‘lum davriylik mavjud (xar 2-3 yilda)
bu davriylik bevosita yovvoyi hayvonlarning biologik sikliga bog‗liq bo‗ladi
(hayvonlar o‗rtasidagi muloqotning kuz va qish fasllarida oshishi, yosh
hayvonlarning oilasidan ajralib chiqishi va ovqatlanadigan joyining o‗zgartirishi,
266
qish va bahorda hayvonlarning qo‗shilish davrida). Quturishning tabiiy o‗choqlari
yer yuzining turli hududlarida turli xil hayvonlar organizimida saqlanadi.
Masalan, Yevropa qit‘asida quturish virusining asosiy rezervuari (manbai)
qizil tulki, O‗rta Sharqda bo‗ri, Shimoliy Afrikada chiyabo‗ri, Janubiy Afrikada
mangust, Shimoliy Amerikada koyot, yenot, Janubiy va Markaziy Amerikada
xashoratxo‗rlar va ko‗rshapalaklar xisoblanadi. Quturish kasalligi Osiyo
davlatlarida yuqori ko‗rsatkichlarda, Afrika va Shimoliy Amerikada esa eng past
ko‗rsatkichlarda qayd etiladi. Virus quturishga chalingan hayvonlarning so‗lagi
bilan ajraladi. Virus kasallikning inkubatsion davrining oxirgi 10 kunida va butun
kasallik davri mobaynida ajraladi hamda tishlash, so‗lak tushishi natijasida kasallik
sog‗lom hayvonlarga teri va shilliq qavatlar orqali yuqadi. Amerika davlatlaridagi
ko‗rshapalaklarda bir necha oy davomida quturish virusining tashuvchiligi
aniqlangan, ularda kasallik belgilari namoyon bo‗lmaydi. Quturish kasalligining
odamdan-odamga yuqishi isbotlanmagan. Hayvonlarda quturish kasalligi tarqoq
(sporadik) holatda uchraydi, kasallikning guruhli holatlari kamdan-kam qayd
etiladi, epidemiyasi esa kuzatilmaydi.
Odamlardagi quturish kasalligining ko‗rsatkichi quturish kasalligining
epizootologik holatiga bevosita bog‗liq. Odamlar uchun quturish kasalligining
manbai bo‗lib yovvoyi hayvonlardan bo‗ri, chiyabo‗ri, tulki, yenotsimon itlar,
barsuk, mangust, ko‗rshapalak va boshqalar hamda uy hayvonlaridan asosan, it,
mushuklar xisoblanadi.
Respublikamiz sharoitida odamlar uchun quturish kasalligining manbai 90
foizdan ortig‗i itlar xisoblanadi. Odamga kasallik quturish kasalligiga chalingan
hayvonlarning (it, mushuk va h.) tishlashi (90 foizga yaqin) va so‗lagini tushishi
(10 foiz) natijasida, kamdan kam hollarda esa tirnashi natijasida yuqadi. Kasallik
odamga kamdan-kam hollarda virus bilan zararlangan hayvon terisi va aspiratsion
yo‗l bilan (ko‗rshapalak joylashgan g‗orlarda) yuqishi mumkin. Virus bilan
zararlangan so‗lak kasallikning asosiy va yetakchi omili xisoblanadi. Odamlar
o‗rtasida kasallikka beriluvchanlik yuqori. Kasallikning asosiy salmog‗i 20-29
yoshliklarga to‗g‗ri keladi (50 foiz), 4-14 yoshliklar kasallikning 25 foizini tashkil
267
etadi, yovvoyi va daydi hayvonlar bilan muloqot cheklanganligi sababli 4
yoshgacha bo‗lgan bolalarda juda kam uchraydi. Kasallikning 75 foiziga yaqini
qishlokdardagi erkak jinsiga to‗g‗ri keladi, chunki qishlokdagi faol yoshdagi
erkaklar uy hayvonlari (it, mushuk), shuningdek, yovvoyi hayvonlar bilan (it
parvarishi bilan shug‗ullanish, yovvoyi hayvonlarni ovlash va hokazo) ko‗proq
muloqotda bo‗ladilar. Quturish kasalligida sezilarli mavsumiylik kuzatilmaydi.
Odamlar o‗rtasidagi quturish kasalligining ko‗rsatkichi hayvonlar o‗rtasidagi qayd
etilayotgan kasallikka va odamlarda sodir bo‗layotgan tishlanishlar soniga bevosita
bog‗liq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |