Engil avtomobillarning shinalarini yig’ish va qismlarga ajratish texnik xizmat ko’rsatish shaxobchalari sharoitlarida maxsus stendlarda amalga oshiriladi. Shinalarni yakka tartibda qismlarga ajratish va yig’ish uchun yig’ish kurakchalaridan ham foydalanish mumkin. Asosiy qoida: yig’ishni shinaning ventilga qarama-qarshi tomonidan boshlash kerak, qismlarga ajratishni esa aksincha, ventil tomonidan boshlash lozim,ya’ni avval pokrishkani tashqi borti, so’ng ichki borti ketma-ket ajratiladi. Shinalardagi havo bosimini markazlashtirilgan holda rostlash tizimi. O’ta og’ir sharoitlarda ham yura oladigan yuk avtomobillarida (GAZ-66, ZIL-131 va boshqalar) g’ildraklar shinalaridagi havo bosimini markazlashtirgan holda rostlash tizimi ishlatiladi. U tuprog’i bo’sh yo’llardan harakatlanishda havo bosimini kamaytirish hisobiga avtomobilning yura olishini oshirishga imkon beradi. Havo bosimini o’zgartirish haydovchi tomonidan bevosita kabinadan turib amalga oshiriladi. Bunda shinaning yo’l sirti bilan tutashish maydoni ko’payadi, solishtirma bosim kamayib avtomobilning yura olishi ortadi. Yo’lning og’ir qismi bosib o’tilgandan so’ng haydovchi yana shinadagi bosimni ko’paytiradi. Bosimni monometrga qarab kuzatgan holda va belgilangan chegaralarda ushlab turadi. Rostlash tizimiga havo, GAZ-66 avtomobili harakatga keltiruvchi kompressordan kirib keladi. Havo bilan sovitiladigan bir silindrli porshenli kompressor, ikkita ponasimon tasma vositasida, tirsakli valdagi shkivdan harakatlantiriladi. Kompressorga tutashtirilgan bosim rostlagich, kompressor hosil qilayotgan havo bosimini 0,5-0,55 MPa oralig’ida bo’lishini ta’minlaydi. Ballondagi saqlagich klapanining ishga tushish bosimi 0,6 MPa ga rostlangan. Zolotnik turidagi boshqarish krani, ballondagi siqilgan havoni shina kameralariga yuborish hamda ularni atmosferaga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. U korpusdan, uning ichiga joylashgan zolotnikdan, ikkita rezina manjetdan, vtulka va gaykdan iborat. Zolotnik kran o’qi bo’ylab surila oladi va o’zidagi halqasimon o’yiq bilan kranning havo haydaydigan bo’shlig’ini naychalar orqali g’ildrak kameralariga va monometrga ulaydi yoki kameralaradan havoni atmosferaga chiqarib yuboradi. Ko’rik to’siniga o’rnatilgan naychalardan havo, g’ildrak bilan birga aylanayotgan kameraga, havo o’tadigan bo’shliq hosil qiluvchi salniklar bloki orqali yuboriladi, ulardan o’tgan havo yarim o’qdagi teshikdan shina kraniga va undan g’ildrak kamerasiga kirib keladi. Shina krani har bir g’ildrakka o’rnatilgan va zarur paytda shinalarni rostlash tizimidan uzib qo’yishga imkon beradi. Masalan, Avtomobil uzoq vaqt to’xtab turganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |