yerda pokrishkaning raqami ham ko’rsatiladi. Masalan, 287 Nk 169527:287 soni-1997 yilning 28-haftasi, Nk-Nijnekamsk shina zavodi, 169527-shinaning tartib raqami. pokrishka yon sirtida, shuningdek, model, GOST (DAST) raqami, OTK (TNB) shtampi, mahsulot navi ham ko’rsatiladi. Kamerasiz shinalarda «Beskamernaya», sovuqqa chidamli shinalarda «Sever» degan so’zlar yozib qo’yiladi. Pokrishkaning yon sirtida ko’rsatilgan asosiy o’lchamlar (V va d), uning tashqi D diametrini D= d+2N formula bo’yicha taqriban topish imkonin beradi. Bunda ko’ndalang kesim balandligi N, uning V eniga teng deb qabul qilinadi. Engil avtomobillardagi ko’ndalang kesimining balandligi past bo’lgan shinalar uchun o’lchamlarini belgilashda, ko’ndalang kesim balandligini eniga nisbati foizlarda ko’rsatiladi. Masalan, VAZ-2108 avtomobillari uchun shina o’lchamlari shunday ko’rsatiladi: 165/70 R 13. bu yerda 165-ko’ndalang kesim eni 165 mm, 70-ko’ndalang kesim balandligini eniga foizlardagi nisbati, R-radial, 13-to’g’inning dyuymlarda ifodalangan o’tkazish diametri. Shinalarni yig’ish va qismlarga ajratish tartibi. Nuqsonlari bo’lmagan va DAST hamda TSH tomonidan shinalarga belgilangan talablarga to’liq mos keladigan shinalargina ishlatish uchun qabul qilinadi. Avtomobillarni shinalar bilan butlash, shina sanoatining avtomobilni texnik hujjatlariga asosan hamda yo’l-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holdagi tavsiyalariga qarab amalga oshiriladi. Ushbu tavsiyalarga binoan, bitta ko’prik g’ildraklariga ham radial, ham diagonal konstruktsiyali shinalarni, shuningdek, protektorning turli shakldagi shinalarini o’rnatish taqiqlangan. Shinalar toza va soz to’g’inlarga yig’iladi. Bunda pokrishkaning ichki yuzasi shikastlanishlari bor-yo’qligi tekshiriladi, namliklardan artib tozalanadi va talk (magniy silikati) sepiladi. Shundan keyin pokrishkaga kamera joylashtiriladi va uni dumaloq shaklga kiritish uchun havo bilan oz-moz damlanadi. Yig’ishtirilgan shinani g’ldirak to’g’iniga kiygaziladi va kamera ventili to’g’in ariqchasidan tashqariga chiqariladi. So’ng, to’g’in va shina borti orasiga bort halqa qo’yiladi-da, to’g’in ariqchasiga qulf halqa o’rnatiladi. Ko’rib chiqilgan ushbu, shinani g’ildrakka yig’ish texnologiyasi, yuk avtomobillarining tekis to’g’inli g’ildraklariga taaluqlidir. Shinalarni qismlarga ajratish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: kameradagi havoning barchasi chiqarib yuboriladi, to’g’ri kurakcha hamda egri ilmoqli kurakchadan foydalanib pokrshka borti g’ildrak diskidan bo’shatiladi, avval to’g’ri kurakcha, keyin ikkala kurakcha bilan qulf halqa bo’shatiladi va u olib qo’yiladi. Shundan so’ng shinani ag’darib undan g’ildrak diski sug’urib olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |