O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti qo`lyozma huquqida udk



Download 0,98 Mb.
bet33/41
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#261843
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Ko`ngil so`zi bilan bog`liq iboralarning ko`pligi ham e’tiborni tortadi. Masalan, ko`ngil bermoq, ko`ngil yozmoq (yoki ochmoq), ko`ngil yormoq, ko`ngil ovlamoq, ko`ngil so`ramoq, ko`ngil uzmoq, ko`ngil uchun, ko`ngil xushi, ko`ngil qo`ymoq (yoki bermoq), ko`ngilga tugmoq, ko`ngli aynimoq, ko`ngli bor, ko`ngli buzilmoq, ko`ngli buzuq, ko`ngli bo`lmaslik, ko`ngli bo`shamoq, ko`ngli joyiga (yoki o`rniga) tushmoq, ko`ngli yo`q, ko`ngli keng, ko`ngli ko`tarilmoq (yoki o`smoq), ko`ngli ko`tarmaydi, ko`ngli ochiq yoki ochiq ko`ngil, ko`ngli oq yoki oq ko`ngil, ko`ngli og`rimoq, ko`ngli sovimoq (yoki qolmoq, qaytmoq), ko`ngli sof (yoki toza), sof (yoki toza) ko`ngil ayn. ko`ngli oq, ko`ngli tinchidi q. tinchimoq, ko`ngli tor, ko`ngli tosh yoki tosh ko`ngil, ko`ngli to`lmoq, ko`ngli to`q, ko`ngli xira, ko`ngli chopmoq , ko`ngli cho`kmoq, ko`ngli yumshamoq, ko`ngli yumshoq yoki yumshoq ko`ngil, ko`ngli yarim (ta), ko`ngli o`ksimoq, ko`ngli qattiq yoki qattiq ko`ngil, ko`ngli qora, ko`ngli g`ash, ko`ngliga kelmoq, ko`ngliga og`ir olmoq, ko`ngliga tegmoq (yoki urmoq) ayn. chakkaga tegmoq, ko`ngliga qaramoq, ko`ngliga qil (ham) sig`maydi, yuragiga qil (ham) sig`maydi, ko`ngliga qo`l solib ko`rmoq, ko`nglida kiri yo`q, ko`nglidan kechirmoq (yoki o`tkazmoq),. ko`nglidan chiqarmoq, ko`nglini buzmoq, ko`nglini ko`tarmoq (yoki o`stirmoq), ko`nglini olmoq, ko`nglini og`ritmoq, ko`nglini topmoq, ko`nglini eritmoq, o`rgangan ko`ngil o`rtansa qo`ymas72.

Yozuvchining ko`ngil so`zini sarlavha sifatida tanlashi ham bejiz emas, uning inson ruhiyatini ifodalashi jihatidan boshqa sinonimlariga nisbatan emosional-ekspressiv ma’nosi kuchli.



Sog`inch. Matn: - Azamjon! Sizni…sog`indim! Eshityapsizmi?/ - Himm…Men ham, - dedi Azim ichida kulimsirab./ Shu his ta’siridami, unga xat yozish kerakligini, uni sog`inishi kerakligini o`yladi (TA1, 47-51-b.).

Ko`kboy. Matn: - Oti nima?/ - O`zimiz qo`yamizda otini. Ana, Ko`kboy bo`la qolsin. Qoraboy, Oqboy deydilar-ku. Bu –ko`k (TA1, 51-56-b.).

Yosuman. Matn: - Ketdik, -dedi. Afruza jilmaydi./ - Gaplashdim, - dedi Qo`ziboy u yoq-bu yoqqa alanglab qarab.-Gaplashdim… Lekin… menimcha, Afruza Xudoyorni kimdir buzubdi. Ha-da. Meni unga yomonlagan birov, seniyam…/ Ha, yomon odamlar, yosumanlar bor hayotda! (TA1, 87-93-b.). Sarlavhadagi so’zga matnda urg’u berilganligi kitobxonni befarq qoldirmaydi.

Quyidagi oddiy, sodda, mazmunli, falsafiy mushohada uchun chorlovchi so’zlar sarlavha sifatida hikoyabopligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi: Bahor. Matn: Derazasi ko`chaga qaragan Bibigul yoz, bahor oqshomlari shu deraza yonida kitob o`qib o`tirardi (TA1, 121-124-b.). Sayr. Matn: Har yili shu ahvol takrorlanadi: Jo`ra bola-chaqasi bilan qishloqqa kelgan vaqtda tog`ning hushhavo joylariga o`rtoqlari bilan sayrga chiqadi (TA1, 188-193-b.). Qariya. Matn: Mirg`ozi Qo`ziboy cholni uyiga eltib qo`ydi. Qo`shnilariga choldan xabar olib turishini tayinlab qaytdi (TA1, 283-292-b.). Odam. Matn: - Odamzot hayoti oxirida… so`nish oldidagi shamga o`xshar emish. Odam o`lim ostonasida birdan kuch yig`adi ekan. Sham ham so`nish oldida birdan alanga olib yonadi-ku? Keyin so`nadi…(TA1, 293-298-b.). Podachi. Matn: Ho`kiz esa, qassob qo`lida pichoqni ko`rib itoatkorlik bilan bo`ynini cho`zgan qo`ydek, boshini tuproqqa qo`yib, olaygan ko`zlarini podachiga tikdi (TA1, 299-304-b.). Quyidagi sarlavhalarning mazmuni matnga singdirilgan: Qaytish (TA1, 304-316-b,). Jo`raboshi (TA1, 176-183-b.), Farzand (TA1, 260-269-b.). Yuqoridagilardan ko`rinadiki, so`zlar sarlavha sifatida hikoya janri talablariga to`la mos bo`la oladi. Bir qarashda ko’plab so’zlar oddiy ifodaga o’xshaydi, lekin ular hikoya matnidagi uyg’unligi bilan mazmunni ochishda, voqyealarni idrok etishda, falsafiy fikrlashda kitobxonga yordam beradi.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish