O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»


Almashlab ekish yerdan to’g’ri foydlanishning asosiy usulidir



Download 97,53 Kb.
bet6/16
Sana22.01.2017
Hajmi97,53 Kb.
#857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1.2. Almashlab ekish yerdan to’g’ri foydlanishning asosiy usulidir

Hozirgi zamon dehqonchiligidayerdan foydalanishning ikkita usuli: ekinlarni monokul’tura va almashlab ekish usullarida o’stirish raqobatlashmoqda. Qishloq xo’jaligida ekinlarni monokul’tura usulida, ya’ni bir xil ekinni uzluksiz o’stirish azaldan davom etib kelmoqda. Lekin dehqonchilik tarixida o’simliklarni monokul’tura qilib o’stirish bo’yicha olib borilgan urinishlar hamisha muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan.

Buning bir necha sababi bor albatta. Birinchidan, bir yillik o’simliklarning deyarli hammasi, ayniqsa qtor oralari ishlanadigan ekinlar bir yerda uzoq muddat davomida o’stirilaverilsa borib-borib tuproqning chang holatiga aylanishiga va oxiri zichlashib qotib qolishiga olib keladi. Bu esa uz navbatida albatta salbiy oqibatlarga sabab bo’ladi. Chunki bu xildagi tuproqlarda nam sig’imi past bo’ladi, kam miqdorni tashkil etgan suv ham dala bo’ylab bug’lash jarayonida bekorga isrof bo’lib ketadi. Dehqonchilik ilmining zamonoviy rivojlanishi monokul’tura nazariyasining bu salbiy xususiyatining amalda yengib o’tish mumkinlgini ko’rsatmoqda.

Ikkinchidan, bir dalada yoki uchastkada bir xil ekinni uzluksiz o’stirish tuproqni bir yoqlama toliqishiga olib keladi. Chunonchi, dukkakli ekinlar tuproqda fosfor elementini, texnik ekinlar esa kaliy va azot elementlarini kamayishiga olib keladi. Donli ekinlar tuproqda azot va fosfor elementlarini kamaytirib yuborada.

Shunga ko’ra bir xil ekinni bir yerda uzluksiz o’stirish tuproqni turlicha toliqtiradi. Chunonchi, g’o’za monokul’tura qilib o’stirilganda tuproqda azot elementi kamaygan holda, ayni vaqtda tuproqda g’o’za ekini tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan fosfatlarni ko’plab to’planishiga sabab bo’ladi.

Dalada dukkakli o’simliklar xususan, beda ekini uzoq muddat davomida o’stiriladigan bo’lsa, tuproqda ko’p miqdorda azot elementi to’planadi. Beda ildizi orqali ko’plab maxsus moddalar ajratishi tufayli g’o’za uchun qiyin o’zlashtiriladigan va erimaydigan holatdagi kalsiy uch fosfat tuzlarini yaxshi uzlashtiradi. Shunga ko’ra g’o’zani beda bilan navbatlab o’stirish hammadan ko’ra, azot va fosfor elementlaridan qimmatda foydalanish vositalaridan hisoblanadi. Bu g’o’zani beda bilan almashlab ekishning birdan bir, lekin asosiy sababchisi bo’la olmaydi. Mamlakatimiz kimyo sanoatining ayni paytdagi rivojlanish darajasi tuproqda har qanday element kamayishini unga o’g’itlar aralashmasi solish bilan o’rnini to’ldirish mumkin[13].

Shunday qilib, tuproqning fizik xossasining yomonlashishi va oziq elementlarisiz toliqishining oldini olish mumkin, buning uchun almashlab ekishda ekinlarni albatta navbatlab o’stirilishini to’g’ri yo’lga qo’yish lozim. Almashlab ekishda ekinlarning navbatlanish biologik asosga ega bo’lib, u asosan o’simlik zararkunandalari, kasaliklari va begona o’tlarga qarshi kurashiga muhim omildir. Misol uchun g’o’za ko’p yillar bir joyda o’stiriladigan bo’lsa, to’proqda vilt kasalligi to’plana boradi (u aepob zamburug’lardan bo’lib g’o’zaga talofat keltiradi), O’zbekiston hududi bo’yicha oladigan bo’lsak yarim million tonnadan ortiq paxta ana shu vilt kasalligi tufayli qo’ldan boy berilmoqda. Viltning keltiradigan zarari shundan iboratki, zamburug’ mitseliysi g’o’za tarkibidagi oziq moddalari o’tadigan naylarini to’sib qo’yadi va o’simlik oziq moddalarga ehtiyoj sezib, oxiri nobud bo’ladi[4].

G’o’zaning vilt kasalligiga qarshi kurashish masalasini kimyoviy usullar yordamida yoki viltga chidamli g’o’za navlarini yaratish bilan hal etib bo’lmadi. Chunki o’simlikni kimyoviy vositalar yordamida himoya qilishdeyarli samarasiz bo’lib chiqdi, chunki uzgen yoki karbation singari preparatlar juda qimmatga tushmoqda[9].

Fitopatologlarning fikria qaraganda tuproqdagi pintitsillum va fuzarium zamburug’lari g’o’zaning yangi navlariga doimiy moslashib boradi va natijada bu turdagi g’o’zalarning ham viltga chidamliligi yo’qoladi. Shunga ko’ra viltga qarshi kurash muammosini faqat chidamli g’o’za navlari yetishtirish va nav yangilash yo’li bilan hal qilib bo’lmaydi. Bu boradagi kurashni viltga chidamli navlarini muntazam almashtirib turishni g’o’za- beda almashlab ekish bilan bog’lab olib borilgandagina muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Chunki beda asrlar davomida viltga qarshi kurashda qo’llanilib kelingan o’simlik sanaladi. Bedapoya buzilgandan keyin vilt yo’qoladi va amalda g’o’za bu kasallikka chalinmaydi.

Vilt zamburug’i aerob mikroorganizmlardan bo’lib, tuproq doimo yumshoq holatda tutilganda zamburug’ patogenlari uchun qulay sharoit vujudga keladi. Beda o’stiriladigan bo’lsa, u tez-tez sug’orib turilishi tufayli tuproq kuchli darajada zichlashadiva viltning aerob zamburug’lari uchun noqulay anaerob sharoit paydo bo’ladi. Vilt uchun noqulay anaerob sharoitini qo’ydagi misoldan ochiq-oydin ko’rish mumkin.

Buni g’o’zaning vilt kasalligini geografik jihatdan tarqalganligi tasdiqlaydi. Ular odatda avtomorf tuproqlarda tarqalgan bo’lib, sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan gidromorf tuproqlardan kam namoyon bo’ladi.

Tuproq tig’izligi va anaerob sharoitni vujudga keltirishdan tashqari beda tarkibida saponin alkoloidi bo’lib, u ildiz sistemasi atrofidagi tuproqni dezinfeksiyalab turadi. Akademik Mishustin tomonidan olib borilgan kuzatishlarda beda tarkibida bo’ladigan saponin miqdori yoshining oshishi bilan ko’payib borgan. Shunga ko’ra almashlab ekishda bedani uch yil o’stirish viltga qarshi kurashishda oqlay oldi.

Tuproq unumdorligini oshirish va dalaning fitosanitar holatini yaxshilash uchun beda ekinidan foydalanish almashlab ekishda o’tmishdosh ekinlarni tanlashdagi umum qabul qilingan qoidaga to’la javob beradi. O’tmishdosh va asosiy ekinlar biologiyasi va o’stirish texnologiyasi bo’yicha o’rtasidagi farqlar qanchalik kata bo’lsa, almashlab ekishning samaradorligi ham shunchalik yaxshi bo’ladi. Buni qo’yidagi misollarda ko’rib chiqaylik.

G’o’za o’simligi azotga nisbatan talabchan va butun o’suv davri mobaynida tuproqni yumshoq holtda tutish uchun qator oralariga ishlov ko’p beriladi, natijada mal’um miqdorda tuproq gumusi bekorga sarflanadi. Buning oqibatida tuproq changlashib, uning fizik xossasi yomonlashadi. Tuproqda o’simliklar tomonida o’zlashtirib bo’lmaydigan shakildagi ko’plab fosfatlar to’planadi.

Almashlab ekishda g’o’za-beda bilan almashinganda birinchi ekin tomonidan biologik azot hisobiga oziqlanish kuchayadi. Bu xildagi biologik azot o’t o’simliklari tomonidan uch yil davomida gektariga 1000 kg ga qadar to’planadi. Beda dalasida organik moddalarning to’planishi boradi va tuproqning fizik holati yaxshilanadi. Demak, biologik va o’stirish texnologiyasi bo’yicha keskin farq qiladigan beda bilan g’o’za ekinlari almashlab ekishda eng maqbul komponent hisoblanadi [23].

Almashlab ekish uchun o’tmishdosh ekinlar tanlashda ana shu prinsipga qat’iy amal qilishni qo’yidagi misollarda ko’rsatish mumkin. Chunonchi, soya ekini biologik jihatdan g’o’zaga yaqin emas, lekin u ham beda singari tuproqni azot moddasiga boyitadi va o’stirish texnologiyasi bo’yicha g’o’zaga o’xshash. Ana shu sabablarga ko’ra almashlab ekishda g’o’zaning o’tmishdosh ekini bo’la olmaydi va beda o’rnini bosmaydi.

Almashlab ekish uchun o’tmishdosh ekinlar tanlashda sholi almashlab ekish umumiy hayotiy misol bo’la oladi. Keying vaqtlargacha almashlab ekishda beda sholi uchun ham eng mos keladigan o’tmishdosh ekin deb hisoblanib kelingan. Chunki bu ekin sholi o’simligining azotga nisbatan talabini boshqa har qanday ekinga qaraganda to’la qondiradi, tuproqda yaxshi fiziologik holat hosil qiladi, shu yo’l bilan o’simlikda kechadigan oziqlanish jarayonini izdan chiqarishi mumkin bo’lgan tuproqda ishqorli birikmalar hosil bo’lishining oldini oladi[22].

Almashlab ekishda o’tmishdosh ekin sifatida soya o’stirilganda ham tuproq azotga boyiydi va qator oraliqlariga ishlov berish mahalida yaxshi shamolaydi, natijada sholi o’simligi uchun muvofiq keladigan aerob muhit vujudga keladi. Bu shuningdek, soya o’simligi o’zining bir yil davomida o’stirilishida tuproq unumdorligini qayta tiklashi jihatidan jo’da muhim bo’lib, beda ekini bu vazifani uch yil davomida bajara olar edi. Shunga ko’ra sholi almashlab ekishda beda o’simligidan o’tmishdosh ekin sifatida foydalanish maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunga o’simlik tarkibida ko’p miqdorda oqsil moddalar saqlanishi katta imkoniyat yaratadi, chunonchi urug’idagi oqsilning yarim qismi va samoni tarkibidagisi o’simlik umumiy massasiga nisbatan 3 % ni tashkil etadi.

Shuni ham aytish kerakki, beda ekini g’o’za–beda yoki beda – sholi almashlab ekishda o’zining rolini unumdorligi jihatidan katta ko’rsatkichga ega bo’lganda bajara olardi. Aks holda ko’pincha ishlab chiqarish sharoitida kuzatilganidek o’z rolini yo’qotib qo’yadi[2].

Bedadan yuqori pichan hosili olish uchun quyidagi sharoitlarga alohida ahamiyat berish kerak.Malumki, beda boshqa dukkakli o’simliklar kabi ko’p miqdorda fosfor elementini o’zlashtiradi. Masalan, O’zPITI tomonidan olib borilgan kuzatishlarda (A.Azizov, 1984–1986 y) bedadan yuqori hosil olish uchun yerga asosiy ishlov mahalida fosfatlarning uch yillik normasini, ya’ni gektariga 700 kg fosfor, 250 kg kaliy va 30 kg azot berish kerak bo’ldi. Oxirigi elementni berishdan maqsad, hali bedaning ildizida tugunak bakteriyalar shakillanmagan bo’ladi, keyinchalik agar xo’jayin o’simlikni azot bilan taminlabgina qolmay, tuproqda ko’p miqdorda gektariga 1000 kg gacha azot to’playdi. Amaliyotda ko’p hollarda bedani azot bilan oziqlantirish o’zini oqlamagan, chunki bunday hollarda o’simlik tuproqni azot bilan boyitish o’rniga uni o’zi o’zlashtiradigan bo’lib qolgan.

Beda suvni juda ko’p talab qiladi. Chunonchi, u suvni g’o’zaga qaraganda ikki-uch, boshoqli don ekinlariga nisbatan uch-to’rt baravar ko’p iste’mol qiladi. Bedaning suvni bunchalik ko’plab iste’mol qilishi fiziologik xususiyatli hamda o’stirish texnologiyasi bilan izohlanadi.

Birinchidan beda yuqori transpiratsion koeffitsienytiga ega bo’lib,u 1000-1200 birlikni tashkil etadi. Bu beda tarkibida ko’p miqdorda oqsil bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, u o’simlik tomonidan o’zlashtiriladigan yuqori darajadagi organik modda hisoblanadi. Uni uglevodlar va yog’lardan hosil qilish uchun o’simlik tomonidan ko’plab energiya sarflanib, qizigan organizmni sovitish uchun dukkakli o’simliklar suvni ko’plab bug’latadi va juda ko’p miqdorda barg sathi hosil qiladi. Masalan, beda har gk maydonda 60 gk barg maydonni egallaydigan darajadagi sathga eag bo’lgani holda, shuncha (1 ga) maydondagi g’o’zaning barg sathi faqat 6 ga maydon sathiga to’g’ri keladi.

Odatda pichan uchun o’stiriladigan beda hosili gullash fazasi boshlarida o’rib olinib, unda pishish fazasi kuzatilmaydi, ana shu davrda o’simlikning suvni iste’mol qilishi hamma o’simliklarda pasaygani holda, bedada jarayon kuchayishi bilan izohlanadi. Shunga ko’ra beda tuproqning eng past sig’imiga nisbatan 80% dan past bo’lmagan namlikda o’stirilishi lozim. Buning uchun vegetatsiya davrida sizot suvlari yer betidan chuqur joylashgan maydonlarda kamida 10-12 marta sug’orish utkazish kerak bo’ladi.

Bedaning suvni ko’plab iste’mol qilishidagi uchinchi sabab vegetatsiya davrining uzoq davom etishi, ya’ni 9 oy mobaynida o’sishidadir.

O’simlikni suv va mineral oziqlanishini ta’minlash hali bedadan kafolatlangan mo’l hosil yetishtirishni ta’minlay olmaydi. Buning uchun beda hosilini yig’ib olish texnologiyasiga amal qilish, chunonchi uning hosilini o’z muddatida va to’g’ri o’rib olish kerak bo’ladi.

Keying yillarda jumhuriyatda bedani uchi yili o’stirilishida u kuchli darajada siyraklashib qoladi va uni haydab yuborish mahalida yerni yoppasiga, asosan ajriq kabi o’tlar bosadi. Bunday qaraganda ana shu paytda beda emas, balki ajriq kabi yovvoyi o’tlar haydab yuboriladi. Shunga ko’ra, ishlab chiqrish hodimlari ko’pincha g’o’za-beda almashlab ekishdanbedaning ijobiy rolini sezmaydilar.

Beda uchinchi yili o’stirilishida uning kuchli darajada siyraklashib ketishining sababi ikkita.

Birinchidan, beda hosili potatsion uroq mashinalari yordamida o’riladigan bo’lsa, u vaqtida ildizining zapas kurtaklari shakllanadigan bo’g’imi shikaslanadi. Odatda ildizning tupbarg shakllanadigan bo’g’imi 0-6 sm chuqurlikda joylashadi va shu yerda zapas kurtak deb nomlanuvchi kurtaklar hosil bo’lib, ulardan bedaning pichan hosili o’rib ilingandan keyin o’simtalar ko’kara boshlaydi. Kurtaklar qanchalik ko’p shakllansa, bedaning ko’karish qobilyati shunchalik hayotchan bo’ladi.

Dalaning yuzasi, odatda birday tekis bo’lmaydi. Shunga ko’ra bedaning pichan hosilini o’rib olish paytida o’roq mashinasining potatsion ish organlari ildizning tupbarg rivojlanadigan yuqori qismida joylashgan bo’g’imini shikastlab qo’yadi. Hatto bedani birinchi yili o’stirilishida o’roq mashinasining ish organlari tomonidan ayrim o’simlik tuplarining sug’urilib ketishi kuzatiladi. Shuning uchun birinchi yili beda hosilini polotnoli ish organlari bilan jihozlangan o’roq mashinasida yig’ib olish maqsadga muvofiqdir.

Bedani barvaqt, ya’ni shonalash fazasida o’rib olish usuli amerikaliklar tomonidan qullaniladi. U yerda bedanig bunchalik erta muddatlarda o’rib olishining boisi shundaki, beda pichani tarkibida bo’ladigan oqsil, uglevod va boshqa oziq moddalar miqdori eng ko’p darajaga yetgan bo’ladi. Shundan keyin o’simlikning gullash fazasiga o’tishi bilan o’simlik tarkibida oldin to’plangan oziq moddalar kamaya boradi, ya’ni ular yangidan shakillanadigan meva elementlari tomonidan oqa boshlaydi, bu hodisa hammaga ma’lum bo’lgan organizimlarni kelajak avlodi uchun qayg’urish qonunidir. Shunga ko’ra o’simlik gullay boshlaganda va urug’ hosil qilish mahalida boshqa o’simliklardagi kabi vegetativ organlaridagi oziq moddalarning kamayishi boshlanadi.

Amerikada bedaning shonalash fazasida o’rib olingan pichani “quyon pichani” deb yuritib, to’yimliligi bo’yicha u bug’doyga tenglashadi va yuqori narxlarda sotiladi. Bozorda sotiladigan har 1 kg quyon pichanining narxi 1 kg bug’doynikiga tenglashtirilgan. U yerda beda yem-xashak maqsadida o’stirilib, uning tuproq ununmdorligini oshirish roliga ikkinchi darajali deb qaraladi. Shunga ko’ra bedani uchinchi yili o’stirilishida siyraklashib ketishi ular uchun unchalik xavf tug’dirmaydi.

Bizda esa beda yem-xashak berishidan tashqari, tuproq unumdorligini ham oshirishi kerak. Buning uchun u uchinchi yili o’stirilishida ham to’liq qalinlikda bo’lishi lozim.

Beda hayotining davomiyligi ko’pchilik omillarga bog’liq bo’lib, uni o’rib olish vaqti hal qiluvchi rol o’ynaydi. Chunonchi, u qanchalik kechroq o’rilsa, shunchalik uzoq saqlanadi. Bir vaqtlar beda to’la gula kirgan paytda, ya’ni “ko’rpa” deb ataladigan fazasida o’rilar edi. Lekin u to’liq gulag kirgan payta o’rilsa o’simlik tuplarining bir qismi gullari va shonalarining og’irlashib qolishidan yerga yotib qoladi. Bu xilda o’rilgan beda o’n yillar davomida o’stirilishiga qaramay siyraklashmagan va uzoq yillar davomida yuqori hosil berib kelgan. Bu esa shuni ko’rsatadiki, tuliq gullash fazasida to’pguli bo’g’imidan o’rib ilingan bedaning jadal rivojlanishi uchun yetarli miqdordagi oziq moddalar zapas holda to’planadi.

Beda qancha barvaqt o’rib olinsa, zapas holatdagi oziq moddalar shuncha kam to’lanadi va o’rib olingan beda sekin ko’karadi. Shonalash fazasida o’rib olinadigan beda tupbargi bo’g’imida zapas holdagi oziq moddalarni muntazam ravishda kam to’playdi va hayotining uchinchi yilida ishdan chiqadi. Shunga ko’ra bedani shonalash fazasida o’rish asosan ferma oldi almashlab ekishlarda qo’llanilishi lozim bo’lib, bu yerdagi asosiy maqsad yem-xashak yetishtirishdan iborat bo’ladi. Dalachilik almashlab ekishda beda gullash fazasi boshlarida o’rib olinishi kerak, ana shu paytda o’simlik yetarli darajada to’yimli va uch yil davomida har galgi o’rimdan keyin qiyg’os ko’karib ketishi uchun ildiz bo’g’imi yetarli miqdorda oziq moddalar zapasini to’plagan bo’ladi.

Shuni ham aytish kerakki amalda ko’pincha beda makkajo’xori, oqjo’xori, arpa va boshqa ekinlar bilan birga o’stirilganda birinchi yili o’t qoplami siyraklashib ketadi. Agar bedani boshqa qoplama ekinlar bilan birga o’stirish texnologiyasiga amal qilinganda esa o’t qalinligi siyraklashmaydi, lekin yem-xashak chiqishi beda birinchi ekilgan yili kam hosili bo’lishiga qaramay ko’p martaga ortib ketadi. Demak, beda ekilgan birinchi yili albatta makkajo’xori, oqjo’xori yoki arpa singari barvaqt yetiladigan ekinlar bilan birga o’stirilshi kerak.

G’ o’ z a–b e d a a l m sh l a b e k i sh. Jamiki ishlab chiqilgan almashlab ekishlar ichida beda uch yil o’stiriladigan va g’o’za si 6 – 7 dalani tashkil etuvchi 3:6 va 3:7dalali almashlab ekish asosiy o’rinni egallaydi. Almashlab ekishda beda g’o’zaning asosiy o’tmishdoah ekini hisoblanadi. Yaxshi agrotexnika sharoitida va yetarli miqdorga ko’chat qalinligida beda har yili tuproqda gektar boshiga 200 kg gacha biologik azot to’playdi. Bundan tashqari tuproqning 0-50 sm li qatlamida, bedaning uch yil davomida o’stirilishida gektariga 200 sentenerga qadar tarkibida 2% ga qadar azot saqlovchi quruq ildiz massasi to’planadi.

“O’zPITI” ilmiy-ishlab chiqrish birlashmasi tomonidan paxtachilik bo’yicha ishlab chiqilgan almashlab ekish sxemalari O’zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qat’iy ravishda tabaqalashtirilgan bo’lib, ikkita zona bo’yicha rayonlashtirilgan[9].


Download 97,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish