O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»


Tuproqni muhofaza qilishda almashlab ekishning ahamiyati



Download 97,53 Kb.
bet14/16
Sana22.01.2017
Hajmi97,53 Kb.
#857
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3.3. Tuproqni muhofaza qilishda almashlab ekishning ahamiyati

Tuproqning 0-30 sm li qatlamida bo’lgan zapas organik moddlar bedapoya buzilgan yildan uzoqlashgan sari asta-sekin kamayib boradi. Tuproq tarkibida bo’lgan chirindi har yili 30 sm chuqurlikda haydalganda juda tez parchalanadi. Shundan kelib chiqqan holda biz bedapoya chuqurroq buzilgandan keying yillarda uni yuza qilib (20 sm chuqurlikda) haydashni, keyin haydash chuqurligini asta-sekin oshirib borishni tavsiya etamiz. Bedapoyalar ana shu tartibda haydalganda beda tomonidan tuproqda to’plangan organik moddalardan maqsadga muvofiq foydalaniladi.

Defoliatsiya qilingan maydonlardagi bedapoyalarni buzish, tuproqning suv o’tkazuvchanligini yaxshilaydi va hajm massasini kamaytiradi. bedapoya buziladigan yerni 40 sm, keying yillarda uni 20, 25, 30, 35 va 40 sm chuqurlikda haydash bilan bir vaqtda bedapoya buzilgan yili gektariga 150 kg hisobida azot, fosfor, ikkinchi va uchinchi yili 250 kg dan shu xildagi o’g’itlar bilan, 4-7 yillari yana ana shu o’g’itlar bilan 350 kg dan normada o’g’itlash eng samarali hisoblanadi. Tajribaning ana shu variantida eng yuqori paxt hosili olindi.

Bedapoya buzilgandan keyin uchinchi va to’rtinchi yili bedaning keying yillarda ekilgan ekinlarga ko’rsatadigan ta’siri pasayib ketadi. Tajribaning faqat bedapoyasi buzilgan yili 40 sm chuqurlikda haydalib, keying yillarda haydash chuqurligi o’zgartirilib, 20, 25, 30, 35, 40 sm chuqurlikda shudgorlangan variantlarda berilgan o’g’itlardan va beda tufayli to’plangan organik moddalardan foydalanish olti yil davomida ta’sir ko’rsatadi. Bundan shunday xulosaga kelish lozimki, eroziyalangan tuproqlarda turli xildagi organic o’g’itlarni yerga bedapoya buzilgandan keyin uchinchi va to’rtinchi yildan boshlab solish samarali hisoblanadi. Aniqlanishicha, mexanik tarkibi jihatidan yengil bo’lgan eroziyalangan tuproqlarda yuqori hosil olish uchun gektariga 250 kg dan azot va fosfor, 75 kg dan kaliy berish, sug’orish rejimini to’liq dala nam sig’imiga nisbatan 70-60% namligida amalga oshirish va gektar boshiga 105-113 ming tup ko’chat qalinligiga erishish kerak bo’ladi.

Aniqlanishicha, o’rtacha drajada eroziyalangan to’q tusli o’tloq tuproqlarda qo’shimcha paxta hosili olishga javdardan bo’shagan yerlarga, uch-to’rt yil davomida gektariga 30 t hisobidan go’ng va 40 t hisobidan sanoat chiqindilari hamda 50 t hisobidan lignin berilgan holda erishish mumkin.

O’rtacha darajada eroziyalangan o’tloq-allyuvial tuproqlarda olib borilgan tajribalarning ko’rsatishicha, yerga g’o’ng va sanoat chiqindilari solinganda tuproqdagi nitratlar miqdori mineral o’g’itlarning bir o’zi solingandagigaqaraganda 2 baravar, shahar chiqindilari berilganda esa 2,4 va undan ham ko’proqqa oshgan. Yerga organik o’g’itlar berish bilan bir vaqtda oraliq ekin sifatida ekilgan javdar tuproqqa qo’shib haydab yuborilganda tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori keskin ravishda oshdi. Kontrol variantda esa tuproqning haydalma qtlamidagi harakatchan fosfor miqdori aprel oyida 26,4 mg/kg ni tashkil etgan bo’lsa, bir oydan keyin uning miqdori 39,1 mg/kg, iyunning oxirida 47,4 mg/kg ga yetib, vegetatsiya davri oxirlarida 29,4 mg/kg ga tushib qoldi.

Yerga solinadigan go’ng va ayniqsa shahar chiqindilari normasini oshirgan sari tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori ham keskin (deyarli ikki baravarga) oshirdi. Yerga go’ng, shahar chiqindilari solingandan keyin yoki oraliq ekin sifatida ekilgan javdar tuproqqa qo’shib haydab yuborilganda tuproqning hajm massasi ma’lum darajada kamaydi. Bu ayniqsa kuchsiz eroziyalangan tuproqlardan sezilarli darajada nomoyon bo’ldi. Bularning hammasi tuproqning miliorativ holatini yaxshilaydi, suvda eruvchan zararli tuzlar yaxshi yuviladi va kapillyar jarayonlarning susayishi natijasida tuproqning qayta sho’rlanishi ham kamayadi.

Demak, turli xil organik o’g’itlar tuproqqa nitrat va fosfatlar rejimini yaxshilaydi, bu o’z navbatida g’o’zaning jadal o’sishi va rivojlanishini, hosildorlikni oshirishni va paxta hosili sifatini yaxshilanishini ta’minlaydi.

3.1-rasm. Almashlab ekishda beda asosiy tuproqni muhofaza qiluvchi ekin.
Mineral o’g’itlar fonida yerga mikro va organik o’g’itlar solishda g’o’zaning oziq rejimi ancha yaxshilanadi, tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliy elementlari o’imlik tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi. Bularning hammasi har qaysi go’za tupidan tola chiqishini oshiradi, o’simlikning umumiy massasi ortadi, oziq elementlarining organik moddalarga aylanishi yaxshi kechadi va ularning samaradorligi oshadi.

Mazkur tuproqlarda gumofos o’g’itini sinash yaxshi natijalar berdi. Eroziyalangan tuproqlarda gumofos o’g’itlarini qo’llash bilan gektar boshiga qo’shimcha paxta hosili olish mumkin. Bunda gektariga 500 kg miqdorida berilgan gumofos o’zini to’liq oqlay oladi.

Guminli o’g’tlar organik o’g’itlarning qo’shimcha manbai hisoblanadi. Ularni g’o’za va makkajo’xoriga mineral o’g’itlarga qo’shib berilganda samaradorligi ancha oshdi. Demak, guminli o’g’itlarni g’o’zaning dastlabki rivojlanish davrlarida gektariga 150 dan 500 kg gacha normada berish maqsadga muvofiq bo’ladi.


Download 97,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish