O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»


Almashlab ekishda organik va mineral o’g’itlardan foydalanish



Download 97,53 Kb.
bet13/16
Sana22.01.2017
Hajmi97,53 Kb.
#857
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3.2. Almashlab ekishda organik va mineral o’g’itlardan foydalanish

Tuproqni oziq va organik moddalar bilan boyitishning eng samarali vositasi g’o’za-beda almashlab ekishni joriy etishan iboratdir. Bedaning tuproqqa har tomonlama va foydali ta’sir ko’rsatishidan tasqari, u uch yil davomida o’stirilishida har gk maydonda 1000 kg gacha yoki ikki yil davomida o’stirilishida esa 700 kg gacha azot to’playdi. Demak, ushbu biologic azot hisobiga uning o’rniga ekilgan paxtadan besh yil ichida gektariga 140 sentner hosil olinib, uni bunyod etishga 700 kg azot sarflanadi. Bunga almashlab ekish dalalarini ishlashda tabaqalashtirilgan yer haydash usulini joriy etish bilan erishildi. Tuproqni ishlashning to’g’ri sistemasini qo’llash tufayli paxta hosildorligini yer haydashning oldingi sistenasi qo’llanilgandagiga qaraganda 15% ga oshirishga muvaffaq bo’lindi, ya’ni 70 gk almashlab ekish dalasidan g’o’za monokul’tura qilib o’stiriladigan 100 gk maydonga teng keladigan miqdorda paxta hosili olishga erishildi. Beda pichani hisobiga olinadigan chorvachilik maxsulotlari ham inobatga olinadigan bo’lsa, almashlab ekishning qanchalik samaradorligini tasavvur etish qiyin emas. Demak, g’o’za-beda almashlab ekishga qilinayotgan qarshilikka chek qo’yish kerak.

Ikkinchi maba organik o’g’itlardan go’ng, torf va boshqa chorvachilik chiqindilari qo’llashdan iboratdir. O’zbekistonda ularning ichida amaliy jihatdan eng katta ahamiyatga molik bo’ladigan go’ng hisoblanadi. Chunki uning tarkibida o’simlikning yashashi uchun zarur bo’ladigan hamma oziq elementlari: azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt, magniy va boshqalar bo’ladi. Bulardan tashqari go’ngning organik moddalari ta’sirida tuproqning suv-fizik xossalari (suv o’tkazuvchanligi, nam sig’imi, issiqlik sig’imi, hajim massasi) va biologik aktivligi yaxshilanadi.

Organik moddalarning parchalanishidan tuproqda og’ir singadigan birikmalarni eruvchan holatga keltiradigan karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Bunda tuproq usti havosi karbonat angidrid bilan boyib, bu o’simlikda kechadigan fotosintez jarayonini aktivlashtiradi.

Tuproqqa go’ng bilan birga juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar tushib, ular tuproqdagi oziq elementlarini o’simlik tomonidan o’zlashtirishni tezlashtiradi, ya’ni o’simlikning mineral oziqlanishini kuchaytiradi. Shunga ko’ra, mineral o’g’itlarni go’ng bilan birgalikda ishlatish tavsiya etiladi.

Fiziologlar va agroxemiklar tomonidan olib borilgan kuzatish ishlarida aniqlanishicha, tuproqdagi oziq elementlarning bir qismi, ya’ni 5 foizchasi organic birikmalar holatida o’zlashtiriladi. Ular hujayralarga ionlar kirishini oshiradi va o’simlikning oziqlanishini kuchaytiradi. Shunga ko’ra go’ng va boshqa organik o’g’itlarga faqat oziq manbai sifatida emas, balki o’simlikning oziqlanishini rag’batlantiruvchi vosita deb ham qaralishi kerak.

Go’ng yerlarni haydash paytida namligi barqaror bo’ladigan va havo chegaralangan holda kiradigan zonaga 30-40 sm chuqurlikda solinishi lozim. Bu yerda o’simlik ildizining aktiv faoliyati natijasida asta-sekin parchalanadi va ekinlarni uch yilgacha kuchli ravishda oziqlanishini taminlaydi. Go’ng yerga odatdagi P5-35 kul’tivatori bilan solingandagi kabi 10-20 sm chuqurlikda berilsa, uning samaradorligi asosan birinchi yili kuzatilib, hamma organik o’g’itlar yerga solingan yiliyoq minerallashadi va uning keying yillarda ko’rsatadigan samarali ta’siri keskin ravishda pasayib ketadi. Shuning uchun go’ng albatta PYA-3-35 markali qo’sh yarusli plug bilan solinishi kerak, bunda go’ng oldingi o’tgan chuqurlikdan 10 sm chuqurroq ko’miladi. Go’ng PD-3-35 markali plug yordamida 40 sm chuqurlikda solinsa, yanada maqsadga muvofiq bo’ladi.

Go’ng yerga solinishidan avval go’ngxonalarda maxsus sikldan o’tishi lozim. Bu to’shamalarning parchalanishi, chirituvchi bakteriyalarning nobud bo’lishi hamda chorva mollari kasalliklarini keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni yo’qotish, shuningdek, dalani begona o’tlarning urug’idan holi qilish uchun zarurdir. O’z-o’zidan qizish natijasida go’ngdagi harorat 5000C ga qadar ko’tariladi, oqsil hujayrasi ivib qoladi va begona o’tlarning urug’lari nobud bo’ladi. Go’ngning qizishini kuchaytirish uchun uni nam holatda saqlanadi, ob-havo sovuq paytlarda go’ng transheyalariga qizigan toshlar tashlanadi yoki ularning ustiga issiq suv quyiladi.

Go’ng parchalanishi jarayonida kuchli ravishda ammiak va CO2 ajralib chiqadi. Ularni biriktirish uchun transheyalarga go’ng superfosfat bilan qavatma-qavat qilib joylanadi. Go’ngning ichidagi to’shama poxol oson uziladigan holatga kelganda go’ngni yerga solishga tayyor, ya’ni yetilgan deyish mumkin. Go’ng gektariga 30-40 sentner normada solinadi. Bundan kichik normaning unchalik samarasi bo’lmaydi.

Amalda go’ng sharvat holida, g’o’za qator oralari g’o’za tuplari bilan qoplanib ketganda beriladi. Bunda dala chetida o’ra qaziladi va u go’ng bilan to’lg’aziladi. So’ngra oqar suv bilan yuvib oqiziladi. Lekin go’ngning tuproqqa ko’milmasligi, ularni dala bo’ylab bir tekisda taqsimlanmasligi kabi kamchiliklarga qaramay bu usul keng ko’lamda tarqalmoqda.

Qishloq xo’jaligida go’ngdan tashqari kompostdan ham foydalaniladi. U turli xil aralashmalardan iborat bo’lib, asosan go’ng, torf, fenolit, o’simlik va chorva mollarining organik qoldiqlari, axlat, tuproqqa aralashgan xonadon chiqindilari, fosforli o’g’itlari va boshqalardan tayyorlanadi. Kompost tayyorlash uchun uning komponentlari qavatma-qavat qilib uyumlanadi, ustiga go’ng shaltog’i yoki suv quyiladi, shibbalangandan keyin (mavsum davomida bir-ikki marta) qorishtiriladi. Kompostning to’la yetilishi uchun ikki-uch oy vaqt kerak bo’ladi. Najas kompostlari najasni tuproqqa yoki torf aralashtirib tayyorlanadi va u ammiakli azotni boyitadigan suyuqlikni yaxshi tutib turadi.

Har 1 tonna najas tarkibida 3-10 kg azot, 2-3 kg fosfor va kaliy bo’ladi. Bu tarkibi bo’yicha go’ng tarkibidagi oziq moddalarga teng keladi. Uning har 1 tonnasi tarkibida go’ngning tur xiliga bog’liq holda 5 dan 8 kg gacha azot, 2 dan 3 kg gacha fosfor va 5 dan 6 kg gacha kaliy hamda boshqa oziq moddalar bo’ladi.

Oziq moddalarga eng boyi qo’y qiyi hisoblanadi, lekin uning tarkibida bo’ladigan azot tez yo’qoladi. Shuning uchun uning ustiga tuproq yoki torf tashlash va uni quruq joyda saqlash kerak. Qo’y qiyi tarkibidagi oziq moddalar bo’yicha go’ngga qaraganda uch-to’rt baravar boy bo’ladi.

Har galgi solishdagi normasi gektariga 2-4 tonnani tashkil etib, u bundan ortiq normada ishlatilsa o’simlikni kuydirib yuborishi mumkin.

Kanalizatsiya suvlari va oqova suv qoldiqlari ham o’g’it manbalaridan biri hisoblanadi. Oqova suvlarni tozalash inshoatlarida biologic qayta ishlashda
3.2.1-jadval

Bedadan keyin 2-yili Oqdaryo -6 navli g’o’zaning o’sish va rivojlanishi (M.Ochilova, 2012)





Tajriba variantlari

Ma’dan o’g’itlarning meyori, kg/ga


1-sentyabr

Ko’sak soni, donaa



Hosildorlik, sentnerga/ga




N


P


K








Almashlab ekilmagan dala o’stirilgan g’o’za (nazorat varianti)

200

140

100

7,7

33,1

Bedadan keyin 2-chi yili g’o’za

200

140

100

8,8

36,2

3.2.2-jadval

Bedadan keyin 2- yili Oqdaryo -6 g’o’za navida mineral o’g’itlarning hosildorlikka t’siri (M.Ochilova, 2012)



Tajriba variantlari

5.VII

5.VIII

Bosh poya balandligi, sm

Hosil shoxi, dona

Shona soni, dona

Bosh poya balandligi, sm

Hosil shoxi, dona

Ko’sak, soni



1.

Almashlab ekilmagan dala o’stirilgan g’o’za (nazorat varianti)

51.2

5.3

6.1

78.1

9.8

8.1


2.

Bedadan keyin 2-chi yili g’o’za

60.3

7.2

8.3

84.2

11.4

8.7


qoladigan cho’kindi qimmatli organik o’g’it bo’lib, uni jamiki qishloq xo’jalik ekinlariga erish mumkin.

Termik qurutilgan yangi tur cho’kindi o’ziga xos organic mineral o’g’it bo’lib, yuqorida keltirilgan elementlardan tashqari uning tarkibida yana 2,7% temir, ancha miqdorda xlor va kul moddasi (61% gacha) mavjud.

Go’sht kombinatlari, pivo va vino tayyorlash, sir pishiradigan zavodlar chiqindilari ham o’z tarkibida ancha-muncha oziq moddalar saqlaydi: 1 litr eritmasida 100-250 mg azot, 50-100mg dan fosfor va kaliy bo’ladi. Ularning ko’pchiligi mahalliy ahamiyatga ega bo’lib, zavod va fabrikalar yaqinida joylashgan xo’jaliklar tomonidan ishlatiladi.

Yaxshi organik o’g’it sifatida xizmat qilishi mumkin bo’lgan mahalliy chiqindilar qatoriga ipak qurti chiqindilari va ularning g’umbaklari, kunjarasi, ko’sak chuvish va paxta tozalashda qoladigan chiqindilar, g’o’zapoya kuli va boshqalarni kiritish mumkin.

Go’ng shaltog’i qimmatli va tez ta’sir qiladigan o’g’itlardan hisoblanadi. Uning har bir tonnasi to’g’ri foydalanilganda qo’shimcha 1 sentner atrofida paxta hosili beradi.

Go’ng shaltog’ining tarkibidagi oziq elementlari uni yig’ish va saqlash sharoitlariga bog’liq holda o’zgarib turadi: chunonchi uning tarkibida 0,3-0,4% azot va 0,3-0,6% kaliy bo’ladi. Asosan azot-kaliyli o’g’it sanalgan go’ng shaltog’ining 1 metr kubiga 10-15 kg miqdorida superfosfat qo’shilsa, u to’liq holdagi murakkab o’g’it boladi.

Go’ng shaltog’i tarkibida bo’ladigan azot yengil singadigan (ammiak formasida), holatda bo’lib o’simlik tomonidan birinchi yiliyoq to’liq o’zlashtirib bo’linadi. U ochiq holda saqlanadigan bo’lsa tarkibidagi azot juda qisqa muddat ichida yo’qoladi. Go’ng shaltog’i ko’pincha ekinlarni oziqlantirish maqsadida ishlatiladi, yerga esa avtomatlashtirilgan o’g’it sochgich yordamida solinadi. Shuningdek, go’ng shaltog’i torflarni somon bilan kompostlashda keng ishlatilib kelinadi.

Mineral o’g’itlar. Mineral o’g’itlar organik o’g’itlardan tarkibidagi oziq moddalari, o’simliklar tomonidan juda tez o’zlashtirilishi bilan farq qiladi. Masalan, tuproqqa solingan azot va fosforni bir necha soatdan keyin o’simlik hujayralarida kuzatish mumkin.

Mineral o’g’itlarning ikkinchi foydali tomoni shundan iboratki, ularni transport vositalarida tashish qulay. Mineral o’g’itlar tarkibidagi oziq moddalar miqdori organik moddalardagiga qaraganda ko’p ya’ni ularning 60% ini (ammofos, ammoniy polifosfat) tashkil etadi.

Odatda fiziologik kislotali, fiziologik ishqoriy, fiziologik netiral o’g’itlar farq qilinadi. fiziologik kislotali o’g’itlar qatoriga o’simlik tomonidan kationlari harakatchan holda o’zlashtiriladigan o’g’itlar kirib, ammiak esa tuproq eritmasini nordonlashishiga olib boradi. Bu ammoniy fosfat, kaliy xlorid va boshqalar, shuningdek ammoniyli, azotli o’g’itlar va mochevinadan iborat. Fiziologik ishqorli o’g’itlar qatoriga o’simliklar tomonidan anionlari assimilyatsya qilinadigan kationlari asta- sekin to’planadigan, tuproq muhitini ishqorlaydigan o’g’itlar (masalan, natriy kaliy va kalsiy nitratlari) kiradi.

Mineral o’itlarning ana shu agrokimiyaviy xususiyatlari ularni turli xil o’simliklar va tuproqlarda qo’llanilish texnologiyasini ishlab chiqishda hisobga olinadi. Bo’z tuproqlarga turli xil fiziologik reaksiyali o’tlar solinganda ularni o’z tarkibida tuproq eritmasini o’zlashtirishga nisbatan chidamli kationlari ko’p miqdorda saqlanadi. Lekin bizning tuproqlarimiz tuproqda xlor anionlari to’planishiga ta’sirchan bo’ladi. Masalan, xloridli tuzlar bilan sho’rlanishga moyil bo’lgan tuproqlarda xlorsiz o’g’itlar (kaliy sulfat) sulfatli sho’rlanishda esa kalsiy xlorid singari o’g’itlardan foydalanish eng samarali xhisoblanadi.

Tarkibida oziq elementlari saqlashga ko’ra mineral o’g’itlar azotli, kaliyli, shuningdek tarkibida mikroelementlar saqlovchi mikroo’g’itlarga bo’linadi. O’simlik to’qimalarida mikroelementlar juda oz miqdorda bo’lishiga qaramay ular o’zining biologik aktivligi bilan ajralib turadi. O’simlik organizmlarining normal hayot faoliyati uchun ular mikroelementlar bilan to’liq ta’minlangan bo’lishi kerak.

Mikroelementlar o’simliklarda kechadigan biologik jarayonlarni aktivlashtirish vositasi bo’libgina qolmay, o’simlikning oziqlanish jarayonida ham muhim rol o’ynaydi. Masalan, bor, marganes, mis o’simlikning fotosintetik aktivligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari bor va rux assimilyatlarni o’simlik barglaridan generativ organlari va ildizlari tomon oqib borishini kuchaytiradi. Ularning bu xildagi tasiri tuproq harorati ko’tarilib ketganda namoyon bo’lib odatda bu xolat assimilyatlarning migratsiyasiga to’sqinlik qiladi.

Tuproqdagi azot. Tuproqda organic moddalarning parchalanishi quyidagi bosqichda boradi: oqsillar, guminli moddalar aminokislotalarga, ular amidlarga, amidlardan esa nitratlarga aylanadigan ammiaklar hosil bo’ladi, so’ngra nitritlar nitratlarni hosil qiladi. Ammonifikatsiya jarayoni natijasida organik kislotalar, karbonat angidrid spirtlari va ammiak hosil bo’ladi. Organik kislotalar va spirtlar karbonat angidrid gazi, vodorod, suv va metanga parchalanadi. Ammiak kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi ammoniy tuproq kolloidlari va chirindi minerallar tomonidan o’zlashtiriladi. Ammonifikatsiya jarayoni aerob va anaerob sharoitida kechib, anaerob sharoitda kuchli kislotali va ishqorli reaksiyalar susayadi. Aerob sharoitda ammoniy tuzlari nitratlarga qadar oksidlanadi, natijada azotli kislotalar hosil qilib, ular o’z navbatida kalsiy bikarbonat bilan nitrallashadi. Tuproq namligi 60-70, harorati 25-320 va pH 6,2-8,2 bo’lgan nitrifikatsiya jarayoni jadal boradi hamda tuproqda ko’ miqdorda nitratlar (har kg tuproqda 50-60 mg nitratlar) to’planishi mumkin.

Bo’z tuproqlarda ammonifikatsiya tez boradigan jarayonlar hisoblanib, bunda tuproqda uncha ko’p bo’lmagan miqdorda har kg tuproqda 7 mg ammiak to’planadi. Bazida ayrim qatlamlaridan anchagina miqdorda (70 mg/kg gacha) ammiak to’planib, u g’o’zaning pastki tomirlarini zararlaydigan darajada ta’sir etishi mumkin. Zararsiz konsentiratsiyadagi ammiak o’simlikka yaxshi singadi va aerob oziqlanishida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bo’z tuproqlarda o’simliklar asosan nitratlar bilan oziqlanadi.

Tuproqda nitrifikatsiya jarayonidan tashqari unga qarama qarshi bo’lgan dinitrifikatsiya jarayoni ham boradi. Bu jarayon nitratlarni nitritlarga aylantirib, bunda NO3-NO2-NO va O sxemasi bo’yicha erkin azot ajralib chiqadi. Ana shu jarayon natijasida tuproqda o’simlik tomonidan oziqlanishi mumkin bo’lgan ko’p miqdordagi azot yo’qotiladi. Dinitrifikatsiya jarayoni aeratsiyaning yetarli darajada bo’lmasligi va kislorod tanqisligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Bunday holda nafas olish uchun kislorod mikroorganizmlar tomonidan oksidlangan kimyoviy elementlarni, birinchi navbatda nitratlarni parchalash yo’li bilan olinib, bunda kislorod bilan azotning bog’lanishi juda kuchsiz bo’ladi. Qolgan kimyoviy elementlar kislorod bilan anchagina mustahkam bog’lanishda bo’ladi.

Tuproqning ortiqcha namiqishi yoki haddan tashqari zichlashib ketishi unga havo kirib turishini qiyinlashtiradi. Masalan, jumxuryatimizda g’o’zaning o’suv davrida beriladigan sug’orishning o’rta davomiyligi 1-1,5 sutkani tashkil etadi, aslida esa bu muddat 12-24 soatdan oshmasligi kerak. Shunga ko’ra ilmiy va amaliy jihatdan olganda sug’orish normasini ko’payishi denitrifikatsiya jaranoni ortib ketishi uchun sharoit yaratadi. Bundan tashqari, sug’orishning haddan tashqari ortiqcha normasi o’simlik ildiz sistemasi joylashgan qatlamdan harakatchan nitratlarning yuvilib ketishiga olib keladi.

Bu yuviladigan azot miqdori esa yerga solinadigan mineral o’g’itlarning deyarli yarmini tashkil etadi. Masalan, ammiak shaklida berilgan azotli o’g’itlar nitrifikatsiya jarayoni natijasida ammiak nitratlarini hosil qiladi, agar havo kirib turishi qiyinlashgan sharoit tug’ilsa, denitrifikatsiya jarayoniga azotli o’g’tlar karbamid shaklida berilganda o’g’it tarkibidagi azot ammiakka –NH3 ga aylanadi, u ham keyinchalik nitrifikatsiya jarayoni natijasida havo tanqisligida vujudga keladigan mahsulotga aylanib, denitrifikatsiya natijasida ko’p miqdorda nobud bo’ladi.

Yuqorida keltirilganlarga asosan shuni aytish kerakki, bo’z tuproqli sharoitda o’simlikning azotli oziqlanishi nitratlar hisobiga bo’lib, ular nihoyatda harakatchanligi uchun tuproqda doimiy ravishda ko’chib yuradi. Chunonchi, u sug’orish uchun qo’yilgan suvlar bilan pastga qarab yuviladi, so’ng oraliqlarda bug’lanib tuproqning pastki qatlamlaridan yuqoriga qarab ko’tariladi.

Nitratlar tuproqda boradigan denitrifikatsiya jarayoni natijasida tashlandiq va sizib ketadigan suvlar bilan ko’plab isrof bo’ladi. Ana shu nobudgarchilikni kamaytirish dolzarb vazifalardan biridir. Bu vazifani hal qilish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak.

Yerlarning sho’rini yuvishni amalga oshirish bilan tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va tuproqda nam to’plash maqsadida ekish oldidan yaxob suvi berish ekilgan chigitni nam suvi bermasdan tuproq nami hisobiga qiyg’os undirib olish imkonini beradi. Ikkala holda ham tuproqning yuza qavatida bo’lgan oziq moddalar pastki qatlamlar tomon yuvilib tushadi, o’simlik ildiz sistemasi joylashadigan qatlamda oziq tanqisligi sodir bo’ladi, bu esa ekish oldidan va ekish bilan bir vaqtda o’g’it solishni taqozo qiladi.

Yerga azotli o’g’itlarni solish muddati dala sharoitida olib borilgan ko’p yillik tajribalar asosida har qaysi zona uchun eksperimental holda belgilanadi. Ekisperimentlar asosida azotli o’g’itlar bilan oziqlantirish muddati o’simlik yoppasiga gullash fazasidan kechiktirilmaydigan qilib, taxminan iyul oyi o’rtalarida tugallanadigan qilib belgilanadi. Shuningdek, azotli o’g’itlar bilan oziqlantirishning oxirgi muddatini hisob-kitob qilish yo’li bilan ham belgilash mumkin. Chunonchi shona 30 kun deganda gulag aylanadi, u bir oydan keyin esa ko’sak bo’lib shakillanadi, uning to’la pishib yetilishi uchun yana biro y muddat kerak o’ladi. Shunday qilib shakillangan shonalarda 90 kun ichida oppoq paxtalar ochiladi va g’o’zada vegetatsiya davri tugaydi. Ana shu muddatdan kechikib hosil bo’lgan shonalar pishib yetilishga ulgurmaydi, shunga ko’ra ularni oziqlantirishga hojat ham qolmaydi. Demak kuzda tushadigan ko’p yillik sovuq boshlanishi muddatidan 90 kun oldin o’simlikni azotli o’g’itlar bilan oziqlantirishni to’xtatish kerak bo’ladi. Bu muddat Toshkent, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari uchun 20 iyulga, Farg’ona vodiysi va Qashqadaryo viloyatlari uchun iyulnig oxiriga va Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog’ston uchun iyulning birinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi.

Tuproqdagi fosfor. Tuproq tarkibida bo’ladigan fosfor mazkur tuproqning qanchalik madaniylashganlik ko’rsatkichi hisoblanadi. Odatda bo’z tuproqlar tarkibida bo’ladigan fosfor gektar boshiga 0,6-4,2 tonnani tashkil etadi. Bu miqdor tuproqning mexanik tarkibiga va uning tarkibida bo’ladigan chirindi miqdoriga bog’liq bo’ladi. Tuproq mexanik tarkibi jihatidan qanchalik og’ir va serchirindi bo’lsa, uning tarkibida fosfor ham shunchalik ko’p bo’ladi. Tuproqdagi fosfor mineral va organic shakillarda bo’ladi. Chunonchi mineral shakildagi fosfatlar odatda kalsiy ikki va uch fosfatlar ko’rinishida kuzatilib, o’tloq-botqoq tuproqlarda ular temir va alyuminiy fosfatlar shaklida bo’ladi.

Fosfor tuzlari ichida qiyin eruvchanlari (suvda va kuchsiz kislotalara erimaydiganlari) kalsiy fosfat hisoblanib, u fosfor kukuning asosidir. Bu birikma qisman ishqorli tuproqlarda (asoslar bilan to’yinmagan) va ildiz ajratmasi yuqori nordonlikka ega bo’lgan o’simliklar tomonidan qisman o’zlashtirilishi mumkin. Bularga ayiqtovon, grechixa, xantal va boshqa o’simliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

O’simlikka azot yoshartiradigan, fosfor esa hosilni yetiltirishni tezlashtiradigan darajada ta’sir ko’rsatishini hisobga olganda, bu hildagi oziq elementlari ekinga undan yuqori va erta yetilgan hosil olish maqsadida ma’lum nisbatda solinishi lozim. Shunday qilib, O’zbekiston sharoiti uchun bu xildagi nisbat 1:0,7:0,5 ni tashkil etishi maqsadga muvofiq keladi. Lekin shunda ham bu hildagi o’rtacha ma’lumot tuproq sharoitiga bog’liq holda sezilarli darajada o’zlashtiriliahi mumkin.

Chirindi moddasiga va katta azot zapasiga boy bo’lgan tuproqlarda,masalan bedapoyadan birinchi yili bo’shagan yerlarda azot bilan fosforning o’zaro nisbati azot normasining kamayishi va fosfor normasining oshishi hisobiga o’zgarishi lozim. Og’ir uchuvchan tuproqlarda azot bilan kalsiy normasi oshirilishi kerak. Keying yillarda olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, har yili g’o’za bilan beda o’stirilishi va ularning yetishtirilgan hosili bilan azotni yerga solingan miqdorda olib chiqib ketilishini hisobga olib, azotli o’g’itlar normasini oshirib borish hollari sodir bo’lmoqda.


Download 97,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish