O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»


G’oza-beda almashlab ekishda yerni yangi sistemada ishlashning samaradorliga O’zPITI [Muhamedov ma’lumoti, 2006]



Download 97,53 Kb.
bet9/16
Sana22.01.2017
Hajmi97,53 Kb.
#857
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
G’oza-beda almashlab ekishda yerni yangi sistemada ishlashning samaradorliga O’zPITI [Muhamedov ma’lumoti, 2006].


Hahdash chuqurligi


PKning o’rtacha normasi ga/kg



7-yillikdagi o’rtacha paxta hosili ga/sentner

Qo’shimca hosil



I l g a r i d a n h a y d a l i b k e l i n g a n y e r d a


1.Har yili 30 sm

2.O’zgartirilgan 30 sm

3.Har yili 40 sm

4.O’zgartirilgan 40 sm li fonda



250 -175 - 125

“ –“


“ – “

“ – “



37,7

38,1


39,6
40,1

-

10,4


+ 2,4

B e d a p o y a b u z i l g a n y e r d a

5. Har yili 30 sm

6. Har yili 30 sm

7.O’zgartirilgan 30 sm li fonda

8. Har yili 40 sm

9. Har yili 40 sm

10. O’zgartirilgan 40 sm li fonda

11. O’zgartirilgan 40 sm li fonda


150 dan 350 gacha

250-175-125

150 dan 350 gacha

“ - ”


250-175-125

150 dan 350 gacha

250-175-125


46,2

50,2


49,0

50,7


50,4

50,2


52,6

+8,5

+12,5


+11,3

+13,0


+12,7

+12,5


+14,9

Ana shu tajribada paxtachilik tarixida birinchi marta har 100 gk haydaladigan yer hisobiga almashlab ekishda eskidan haydalib kelingan maydonlardagiga teng miqdorda paxta hosili olindi. Birinchi holda paxta hosili 3682 sentnerni tashkil etgan bo’lsa, ikkinchi holdagi hosil (ilgaridan haydalib kelingan maydonlarda) 3770 sentner bo’ldi. Almashlab ekishda yalpi hosilning bir oz kamayganligining sababi tajribada metodik jihatdan kamchiliklarga yo’l qo’yildi.Monokul’tura qilib o’stirishda xo’jalik g’o’zaga go’ng ishlatmaydi. Demak, har 100 gk haydaladigan yer hisobiga olinadigan yalpi hosil sun’iy yo’l bilan oshirib yuborilgan. F. A. Skryabin tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlariga qaraganda, g’o’zaga beriladigan har 1 t go’ng uning hisobiga yetishtirilgan har 1 sentner hosil bilan qoplanib ketadi. Agar keying to’rt yil davomida go’ng berilgandan keyingi olingan 40 sentner hosilni chegirib tashlasak, u vaqtda 7 yildavomida olingan yalpi paxta hosili 3490 sentnerni tashkil etadi, bu miqdor g’o’za-beda almashlab ekishdagi har 100 gektar haydaladigan yer hisobiga olingan 3682 sentner hosildan ham kamlik qiladi.

Eslatma: go’ng solingandan keying to’rt yil davomida olingan paxta hosili gektar boshiga 41,8 -49,3 -35,3 -37,1 sentnerni tashkil etadi va uning yig’indisi 163,5 sentnerga o’sdi. Agar ana shu hosildan gektariga 40 t hisobida berilgan go’ng hisobiga olingan 40 sentnerli hosilni chegirib tashlasak, u vaqtda keying to’rt yil davomida olingan o’rtacha hosildorlik 123,5=30,9 sentnerni tashkil etadi. O’rtacha paxta hosildorligi dastlabki uch yil davomida ilgaridan haydalib kelingan maydonlarda go’ng berilishidan oldin gk boshiga 38,8 sentnerdan to’g’ri keldi.

Shunday qilib, muljal qilingan paxta hosili ilgaridan haydalib kelingan va go’ng berilmagan maydonlarda o’rta hisobda 38,8+30,9=34,8 sentnerni, har 100 gk yer hisobiga olinadigan yalpi hosil 3480 sentnerni , almashlab ekishdagi har 100 gk yer hisobiga monokultura qilib o’stirilayotgan maydonlardagiga qaraganda 200 sentner ko’p bo’ladi.

Agar uchta dalasi bedadan iborat bo’lgan almashlab ekishda 600 sentnerdan paxta hosili yetishtirish va bundan tashqari yana 6009 oziq birligida yem-xashak olishni muljal qilinganda, ularning hisobiga 60000 litr sut yoki 60000 kg go’sht (har 100 gk yer haydaladigan yer hisobiga) yetishtirilsa, u vaqtda almashlab ekish ishlab chiqarishda keng ko’lamda joriy etilishi mumkin.

Almashlab ekishda yer haydash chuqurligini tabaqalashtirilgan sistema bo’yicha o’tkazish paxta hosildorligini sezilarli darajada oshirishda va buzilgan bedapoyada bedani qayta ko’karishga yo’l qo’ymaydi.

Tuproqni yangi sistema bo’yicha ishlash sistemasi samaradorligini ko’rib chiqamiz.

Birinchidan –bedaning ildiz bo’g’izi qo’sh yarusli plugining enlash kengligi bo’ycha yo’liq qirqilib, 30-40 sm chuqurlikda ko’milishi tufayli qayta ko’kara olmaydi. Beda ildizining ildiz bo’g’zidan holi etilgan qismi ham ko’kara olmaydi va shunday qilib bedaning hayot faoliyati tugaydi. Bu juda kata ahamiyat kasb etadi. Chunki bedadan holi bo’lgan, u bilan soyalanmaydigan dala yaxshi qiziydi va tuproqning yuqori haroratida g’o’za nihollari qiyg’os ko’karib chiqadi[10].

O’zbekistonda paxtachilik bilan shug’illanadigan xo’jaliklarning o’rtacha kattaligi 2000 gk atrofidadir. 3:7 sxemasi bo’yicha almashlab ekish joriy etilganda beda 600 gk ni band qilib, har yili uning 200 gk buzilib, o’rniga paxta ekiladi. Agar bedapoya odatdagi plug bilan haydaladigan bo’lsa, u vaqtda beda yil davomida 3-4 martaga qadar qaytadan ko’karib chiqishi to’xtaydi. Chunki xo’jalik qayta ko’karib chiqadigan bedani o’tash uchun20x3,5x200=14000 kishi-kuni sarflaydi. Buzilgan bedapoyada silos massasi uchun makkajo’xori yetishtirilsa, u tuproqni tezda toliqtiradi (makkajo’xori yuqori hosilli ekin hisoblanadi) va shunga ko’ra g’o’za ikkinchi yili unumdorligini ancha yo’qotgan maydonda o’stiriladi. Shuning uchun bedapoyani qo’sh yarusli plug bilan haydash(beda qayta ko’karmasligi maqsadida) tuproqda tabiiy holda yaratilgan unumdorlikni saqlab qolishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.

Ikkinchidan, o’simlik qoldiqlarining asosiy massasi tuproq bilan qo’shib haydab yuboriladigan bedadan iborat bo’lganligi tufayli u tuproqning 0-10 sm qalinligida joylashgan bo’ladi. Shuningdek, ushbu massa juda tez parchalanishi va ularni 10-20 sm chuqurlika odatdagi usulda ko’miladigan bo’lsa, g’o’zaning siyraklanishiga olib keladi. O’zPITI ma’lumotlariga qaraganda, bedapoya buzilgandan keyin birinchi yili paxta yetishtirishda o’simlikning siyraklanishi 30% ga qadar boradi, bu esa o’z navbatida buzilgan bedapoyaning samaradorligini birinchi yili pasayib kelishiga olib keladi.

Bu masalani uzoq muddat davomida o’rganish natijasida quyidagi maslahatlar berilgan edi. F. Yu. Gel’ser g’o’za nihollarining nobut bo’lishiga va ko’chat qalinligini siyraklanib ketishiga sabab qilib bedapoya buzilgan birinchi yili sayoz ko’milgan o’simlik qoldiqlarini jadal parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan ammiak ta’sirini ko’rsatadi. Bu fikrga araganda beda ildizining jadal parchalanishi va bu jarayonni susaytirish uchun ammiak parchalanishini vaqtincha sekinlashtirish maqsadida chigit ekilgandan keyin tuproqni zichlash yoki sug’orishni erta muddatlarda o’tkazish kerak bo’ladi. Tavsiya etilgan ana shu ikki usul ma’lum darajada o’simlik ildizlarini parchalanishini susaytirdi va tuproqda ammiak konsentratsiyasini kamaytirdi, ko’chat qalinligining siyraklanishini biroz kamaytirdi, lekin nihollarning to'liq o’nib chiqishi ta’minlanmadi.

Tuproqshunos M. Kononova ma’lumotiga qaraganda, bedapoya buzilgan joyga ekilgan g’o’zaning siyraklanishi bir tomondan yosh ekin tomorlarining kislorod oqimi bilan kuyishidan bo’lib, bu kislorod ang’iz massasining parchalanishidan hosil bo’ladi. Boshqa tomondan olganda esa bu hol g’o’za va mikrofloraning oziq uchun kurashi natijasida ro’y beradi.

Mikrobiologlarning aytishlariga qaraganda, bedapoya buzilganda dalada qolgan o’simlik qoldiqlari jadal parchalanishi natijasida tuproqda rizotoniya aderxoldi bakteriyalarining rivojlanishi uchun ma’qul anaerob sharoit vujudga kelib, bu xildagi bakteriyalar ildiz cherish kasalligini keltirib chiqaradi va buning natijasida g’o’za nihollari siyraklashib qoladi.

Bedapoya o’rniga ekilgan g’o’zada ko’chat qalinligi qanday sabablarga ko’ra siyraklashib qolmasin, baribir hamma holda ham bu chimli qatlamni tuproqqa sayoz ko’milishi va o’simlik qoldiqlarining jadal parchalanishiga bog’liq bo’ladi. Demak, bedaning tez parchalanadigan ildiz to’pbarglaridan iborat bo’lgan chimli qatlami tuproqqa chuqur ko’milsa, bu yerga ekilgan chigit normal unib chiqadi va ko’chat qalinligi ham siyraklashib qolmaydi[15].

Uchinchidan, bedapoyani buzishda tuproqni chuqur ag’darish va har yilgi shudgorlashni 5 sm dan oshirib boorish g’o’zada ildiz sistemasini normal rivojlanishi uchun to’sqinlik qiladigan zichlashgan qatlam hosil bo’lishining oldini oladi. Shuningdek, tuproq qatlami mayin bo’lib ishlanadi va uning hajm massasi 1,3 g/sm3 dan kamroqni tashkil etadi. Bunday muhitda g’o’zada ko’plab oziqlanishni taminlaydigan kuchli ildid sistemasi rivojlanadi.

Zichlashgan qatlam hosil bo’lish tabiatini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu xususiyat bo’z tuproqlar uchun xosdir. Podzollashgan tuproqlarda bu xildagi plug tovonining hosil bo’lishi plug tishining ishqalanishi va tuproqni zichlab o’tishidan kelib chiqadi.

Bo’z tuproqlar podzollashgan tuproqlardan farq qilgan holda u kalsiy kationlari bilan yuqori darajada to’yingan bo’ladi va uning ishtirokida tuproqning juda mayda dispers zarrachalari koagulyatsiyalanadi hamda u plug lemexi tomonidan zichlashgan tuproq qatlami orqali yuvilib ketmaydi. Agar tuproqni har yili o’zgartirilgan chuqurlikda shudgorlanishini inobatga oladigan bo’lsak, bunday sharoitda hech qachon bo’z tuproqlarda plug tovoni hosil bo’lmaydi.

To’rtinchidan, g’o’zada kuchli ildiz sistemasining rivojlanishi bedaning chuqur qilib ko’mib yuborilgan dag’al o’simlik qoldiqlarini anaerob sharoitda parchalanishidan hosil bo’ladigan moddalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu borada K. Semergey tomonidan olib borilgan tajribalari kata ahamiyat kasb etadi.

Tajribalarda bedaning ildiz sistemasi yumshoq tuproqda aerob sharoitda va suv bilan to’yingan tuproqda esa anaerob sharoitda parchalanadi. Birinchi holda o’simlik qoldiqlari tez parchalanadi va tuproq o’simlikka oson singadigan mineral tuzlar ko’plab to’planadi. Ana shu sharoitda o’stirilgan g’o’za navi odatdagi navlardan biri edi. Ikkinchi holda o’stirilgan g’o’zada ildiz sistemasi kuchli darajada rivojlanadi, barglari katta- katta, poyalari yo’g’on, ko’saklari ham yirik bo’ladi. Bu hodisaning ro’y berishi stimulyatorlarni qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lib, ulardan ikki turi ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Masalan, gullash davrida “TU” preparati bilan dorilangan pomidorda yirik, go’shtdor mevalar shakllanadi. Gibberellin bilan dorilangan qora kishmish navli navli uzumda g’ujumlar dorilanmaganlariga qaraganda 1,5 -2 baravar yirik bo’ladi.

Bizningcha anaerob sharoitda parchalanish mahalida shunday birikma- stimulyatorlar hosil bo’ladiki, u o’simlik tomonidan o’zlashtirilmaydi,lekin o’simlikning oziqlanishini kuchaytiradi.

G’o’za- beda almashlab ekishda tuproqni asosiy ishlash sistemasini takomillashtirish to’g’risidagi akademik M. V. Muhammadjonov tavsiyasi ham katta ahamiyatga ega.M. Muhammadjonovning tavsiyanomasi mohiyati jihatidan quyidagilardan iborat. Chunonchi, g’o’za asosan tuproqning 60- 70 sm chuqurligida joylashgan oziqlarni o’zlashtiradi. Shunga ko’ra tuproqning ana shu qatlamida gomogenli unumdor qavatni hosil qilish kerak. Yer ana shu chuqurlikda haydalganda amalda tuproqning 30- 60 sm chuqurligida joylashgan unumsiz qatlami yer betiga chiqariladi. Endi bu hildagi unumsiz qatlamni madaniylashtirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim bo’ladi.

G’o’zadan avval bu yerlarga beda ekilgan bo’lishi kerak. Buning uchun beda ekilgan yili tuproqni asosiy asosiy ishlash maqsadida uch yarusli plug bilan 30 yoki 40 sm chuqurlikda ag’darib haydalib 60 sm gacha bo’lgan qatlami yumshatiladi. O’g’itlar esa yerga 15- 30- 60 smchuqurlikda solinadi. Yer ana shu usulda ishlangandan keyin bedaning ildiz sistemasi yaxshi rivojlanib, tuproqning yumshatilgan chuqur qatlamlariga qadar taralib o’sadi va solingan o’g’itlardan unumli foydalanadi, natijada yerning 30- 60 sm li qatlami madaniylasha boradi. Tuproqning uzul-kesil madaniylashishi bedapoya yozda maxsus jihozlangan UPP- 50 markali plugda haydalgandan keyingina amalga oshadi. Bunda plugning chimqirqari 30 sm chuqurlikda ishlaydigan qilib o’rnatiladi va amalda tuproqda to’plangan butun o’simlik massasi yerning 30-6 sm gacha bo’lgan qatlamiga ag’darib tashlanadi, tuproqning bu chuqurligidagi qatlami esa yer betiga chiqariladi. Ma’lumki, tuproqning bu qatlami bir muncha madaniylashgan bo’ladi.

Bundan gidromorf tuproqlar mustasno bo’lib qaysiki ularga berilgan organik va mineral o’g’itlar haydalma osti qatlami unumdorligini to’liq qayta olmaydi. Bizningcha bunga tuproqning chuqur qatlamlarida hosil bo’ladigan anaerob biozislarning oksidi birikmalar qarshilik ko’rsatsa kerak.

Dehqonchilik ishlaridan malumki, tuproq unumdorligini ug’itlar solish bilash ham tiklash mumkin. Masalan, tuproqqa organik o’g’itlar solinganda biologik faoliyat aktivlashadi, shuningdek, u tuproq unumdorligini tezda qayta tiklash imkonini beradi. Almashlab ekishda shuni yodda tutish kerakki, bedapoya yozda haydaladigan bo’lsa, bu davr issiq paytlarga to’g’ri keladi, organic moddalarni ko’plab yo’qotilishiga sabab bo’ladi. Shuni ham aytish lozimki, bedapoya yozda buziladigan bo’lsa ho’jalik ikki o’rim hosilini ololmay qoladi. Bu gektar boshiga 60- 70 sentner pichan hosilini tashkil qilib, uni unchalik ko’p bo’lmagan xarajat (sug’orish va o’rish uchun) sarf qilgan holda olish mumkin[5].

Silos massasi yetishtirish uchun ekilgan ekin hatto gektar boshiga 400- 500 sentner atrofida hosil bersa ham, lekin bu yerni asosiy ishlash, ekish oldidan ishlov berish, ekish, o’g’itlash, qayta- qayta sug’orishlarva qator oralariga ishlov berishdek ko’p miqdorda mehnat va mablag’lar sarflash bilan bog’liqdir.

Biz taklif etayotgan bedapoyani plantajli plug bilan ishlash kuzda amalga oshirilib, oldingi haydalma qatlam qalinligini madaniylashtirish uchun o’g’it solish yoki oraliq ekinlar ekish kerak.

Kuchli -60 sm li haydalma qatlam hosil qilish bo’yicha taklif etilayotgan sistema hozircha ishlab chiqarish sinovidan o’tmoqda va u ishlab chiqarishda uzil-kesil hal bo’ladi.

Oraliq ekinlarning chidamli qatlamini chuqur qilib haydash tuproqning oziq rejimiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Oraliq yerlardan bo’shagan yerlarni har qanday ishlash texnologiyasi tuproqni ilgaridan shudgorlab kelingan yerlardagiga qaraganda oziq moddalarga, xususan nitrat formadagi azot elementiga boyitadi. Lekin faqat chimli qatlam chuqur qilib qo’sh yarusli plug bilan ko’milgandagina o’simlikni gullash va meva hosil qilish davrida oziq moddalar bilan ko’plab taminlash imkonini beradi, g’o’za ana shu davrda ko’plab oziq moddalarni o’zlashtiradi [7].

Oraliq ekinlarning chimli qatlamini chuqur qilib haydab yuborish ilgaridan haydalib kelingan maydonlardagiga qaraganda paxta hosilini oshiradi. Masalan, uch yil davomida u paxta hosilini o’rtacha gk boshiga 8 sentnerga oshirgani holda, boshqa, ya’ni chimli qatlami sayoz qilib haydalgan maydonlarda hosildorlik gektariga 5-6 sentnerdan oshgan xolos[3].

O’tlarning chimli qatlami P5-35M markali plug bilan haydalganda o’simlik qoldiqlari shiddat bilan parchalanadi va tuproqda ko’plab oziq moddalar to’planadi. Lekin bu davr g’o’zada vegetatsiya davrining boshlariga to’g’ri kelganligi uchun o’simlik oziq moddalarni unchalik ko’p miqdorda talab qilmaydi. Gullash va hosil to’plash davriga borganda o’simlikda oziq moddalarga nisbatan talab kuchayadi.

Shularni hisobga olgan holda chimli qatlamning asta-sekin anaerob parchalanishini taminlash uchun vegetatsiya davrining boshlarida tuproqni yuqori namlikda saqlash kerak bo’ladi. Buning uchun o’tlarni tuproqqa qo’shib haydab yuborishdan oldin dala qondirib sug’oriladi. Bu mollarga beriladigan ko’kat massa hosilini intensiv to’plashni jadallashtiradi, yer haydash mahalida tuproqni mayin bo’lib ishlanishini taminlaydi va chigit suvisiz g’o’za nihollarini bir tekisda qiyg’os undirib olish imkonini beradi. Paxta yetishtiriladigan janubiy rayonlarda bulardan tashqari ekish oldidan yaxob suvi berish juda foydali bo’lib, bunda o’tlarning tuproqda to’plagan qoldiqlarini asta-sekin parchalanadi va ularning samarasi bir necha yilga cho’ziladi.

O’tloq yerlar almashlab ekish uchun birinchi marta ishlanganda tuproq mayda kesakchalar holida bo’ladi. Bunda shudgorlash muddati o’tkazilib tuproq haddan tashqari qurg’oqsirab qolsa yoki u mexanik tarkibi jihatidan og’ir bo’lsa, tuproq yirik kesaklardan iborat bo’lib qoladi. Lekin bunga yo’l qo’ymaslik kerak: haydalgan yer ketma-ket KFG-3,6 markali kul’tivator tuproqni mayin holda ishlashini taminlaydi, boshqacha qilib aytganda 10-0,25 mm o’lchamdagi fraksiyalardan iborat agronomik jihatdan qimmatli kesakchalar miqdori 80% ni tashkil qiladi.

O’tlarni bahorda tuproqqa qo’shib haydab yuborish tuproqning kapillyarlik xossasini susaytiradi va namni sarflanadigan joyga urug’larga keyinroq esa nihollarga yetib borishini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun yer haydashdan keyin tuproqning yuza qatlami uchun bazali yer tekislagich yordamida 1,3/sm3 arajasida zichlashtiradi. Bu tadbir o’z navbatida dalani mikrotekislanishi va sug’orishni sifatli o’tkazish uchun qulay sharoit yaratadi.

Oraliq ekinlar o’stirilgan yerni ishlashning so’nggi xususiyatlaridan biri g’o’zaga beriladigan azotli o’g’itlar sistemasini o’zgartirishdan iborat. Bunda o’tlardan bo’shagan chimli qatlam haydalgandan keyin o’simlikda oziqni biologic o’zlashtirish kuzatiladi. Oraliq ekinlardan bo’shagan yerlarda dastlabki ikki hafta davomida ilgaridan haydalib kelingan yerlardagiga qaraganda oziq moddalarga nisbatan tanqislik seziladi, negaki tuproq tarkibida azot, fosfor, kaliy va boshqa elementlar kam bo’ladi. Shunga ko’ra dukkakli oraliq ekinlardan bo’shagan yerga ekilgan g’o’za nihollarining talabini qondirish uchun yerni haydash vaqtida azotli o’g’it yillik normasining yarmini solish kerak. Fosfor va kaliy ham odatdagicha yer haydash mahalida beriladi.

Oraliq ekinlar tufayli to’plangan unumdorlikdan foydalanish muddatini uzoqqa cho’zish maqsadida oraliq o’tlar buzilgandan keyin ikkinchi yili ekin ekilishida yer haydash chuqurligi 10 sm kamaytiriladi va uchinchi yili esa yer haydash to’liq chuqurlikda amalga oshiriladi. Demak, oraliq ekinlar buzilgandan keyin yerlar PD-3-35 markali plug bilan birinchi yil 40, ikkinchi yili 30, uchinchi yili esa yana 40 sm chuqurlikda haydaladi[7,13]. Ko’kat o’g’itlar yoki sideratlar (no’xat, shabdar, bersim, boshoqdoshlar va kresguldoshlar) dala asosiy ekindan bo’sh paytda o’stirilib, tuproqni organik moddalar bilan boyitish maqsadida haydab yuboriladi. Bundan tashqari oraliq ekinlar yem-xashak yetishtirishda asosiy omillardan biri bo’lib qoladi[3,7].


Download 97,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish