O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»


Almashlab ekish dalalarini tabaqalashtirilgan chuqurlikda haydash



Download 97,53 Kb.
bet7/16
Sana22.01.2017
Hajmi97,53 Kb.
#857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1.3. Almashlab ekish dalalarini tabaqalashtirilgan chuqurlikda haydash

Ekinlarni navbatlab o’stirish bu hali almashlab ekish emas. Tuproqni ishlash, o’g’itlash va sug’orishlarning to’g’ri sistemasiz, shuningdek, ekinlarni almashtirmasdan turib, almashlab ekishning oldiga qo’yilgan masalani hal etish, tuproq unumdorligini oshirish va ekinlar hosildorligini ko’paytirish mumkin emas.

Ayniqsa, tuproqni ishlashning to’g’ri sistemasini joriy etish juda muhimdir. Almashlab ekishda o’g’itlardan foydalanish va sug’orish sistemasi ishlab chiqarilgan. G’o’zani parvarish qilishdagi ushbu ikkala usul almashlab ekish dalalari bo’yicha tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi. Ekinni sug’orish va unga o’g’it solish o’tzor buzilib, tuproqning suv- fizik xususiyati yomonlashishi hamda beda tomonidan to’plangan biologik azotga nisbatan kambag’allashish sodir bo’lishi bilan o’tkaziladi. Bu xildagi tavsiyanomaga ko’proq ishlab chiqarish sharoitida amal qilinadi.

Bedapoya buzilib birinchi marta paxta ekilishida ekin azotli o’g’itlar bilan maqbul normada o’g’itlanib,uning normasi kelasi yillarda oshirilib boriladi. Sug’orish hamda o’rtacha normada, ya’ni ilgaridan haydalib kelingan maydonlardagiga qaraganda 1-2 marta kam beriladi va keying yillarda esa aksincha 1-2 marta ortiq o’tkaziladi. Ekinni o’g’itlashning bu sistemasi tuproqni asosiy ishlash xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Shunga ko’ra bu xildagi plug bilan bedapoya buzilganda daladagi o’simlikning uchdan bir qismida to’pbarglari ildizidan ajralmay qolib ketadi. B. P. Kondatyuk tomonidan olib borilgan maxsus kuzatishlarda, bedaning bargi ildizidan qirqib ajratildi. O’simlikning to’pbargida esa yengil o’zlashtiriladigan oziq moddalar zapasi to’plangan bo’lib, u to’pbargda bo’ladigan ko’plab tinim holatidagi kurtaklarning unib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi.

Kuzatishlarning ko’rsatishicha, bedapoya buzilgandan keyin, parchalanish o’simliklarning to’pbarg qismida boshlanib, ildizning qolgan qismiga o’tadi. To’pbargidan ajratilgan va tuproqqa chuqur qilib ko’mib yuborilgan ildizlar parchalanmay bir necha yil davomida saqlanishi mumkin. Beda ildizining tez parchalanishidagi ikkinchi sabab, P5-35 M plug ag’dargichining takomillashtirilmaganidir. Uning old qismi silindrik sdatgga ega, orqa qismi esa yarim vintsimon ishlangan. Shunga ko’ra plug tishi bilan qirqilgan yer ag’dargichning oldingi qismiga tushib yaxshigina maydalanadi va bunga u tuproq zarralari orasidagi bog’lanishni yo’qotadi. Bunday maydalangan tuproq ag’dargichning orqa qismiga o’tishga ulgurmay plug tomonidan ochilgan egat tubiga tushadi.Plugning keyingi korpusi qirqqan bo’laklar oldingi korpus hosil qilgan palaxsalar ustiga tushadi.

Bunday takomillashmagan yer haydash tufayli o’simlikning qirqilgan to’pbarglari tuproqqa sayoz (10-20 sm) ko’miladi va osongina parchalanadi. Tuproqning ana shu sayoz qatlami qator oralarini ishlash mahalida muntazam yumshatib turiladi, bedadan qolgan o’simlik qoldiqlarining parchalanishi uchun aerob sharoit vujudga keladi. Meliorator A. N. Rozanov tomonidan olib borilgan kuzatishlarning ko’rsatishicha, beda ildizi bedapoya buzilgan birinchi yili to’liq parchalanadi. O’simlik qoldiqlarining jadal parchalanishiga yerni bahorda qayta-qayta haydash katta imkoniyat yaratadi[17].

Bunda, shuningdek, beda tomonidan jamg’arilgan organik moddalarning ko’p miqdori yo’qotilib, tuproq qisqa muddat ichida o’zining fizik xossasini yomonlashtiradi. Shunga ko’ra oldingi yillarda bedapoya buzilgandan keyingi uchinchi yili g’o’zaga tuproqning normal fizik xossasini saqlab qolish maqsadida go’ng solish tavsiya etiladi.

Bedapoyalarni buzishdagi bir muncha takomillashgan pluglardan biri PD-3-35 markali plug bo’lib, uning chimqirqari asosiy korpusiga qaraganda 5 sm kengroq qamraydi. Bu xildagi plug bilan yer haydashda o’simliklarning 10 sm chuqurlikda hamma ildizlari qirqiladi va beaning asosiy qoldiq massasi 20-40 sm chuqurlikda ko’miladi. Ana shu chuqurlikda ko’milgan o’simlik qoldiqlari qayta ko’karmaydi va anaerob sharoitga tushib qolib asta-sekin to’liq parchalanadi. To’pbargidan ajratilgan va 20 sm chuqurlikda ko’milgan ildizlar tuproqda asl holicha saqlanadi-parchalanmaydi.

Tupbargidan ajratilgan beda ildizining sekin parchalanishiga sabab, bizningcha uning tarkibida bo’ladigan “Saponin” alkoloididan bo’lsa kerak. Biz yuqorida keltirganimizdek, bu xil alkaloid tuproqni dezinfeksiyalaydi va uni virtitsil hamda fuzarium patogenidan tozalaydi.

Beda ildizini sekin parchalanishini taminlash maqsadida va u tomondan to’plangan unumdorlikdan uzoq muddat foydalanish uchun ikkinchi yili yer hadash o’tkazilmaydi, urug’ sayoz yumshatilgan yerga ekilaveradi. Bu masalani maxsus o’rganish shuni ko’rsatadiki, mexanik tarkibi jihatidan yengil va o’rtacha bo’lgan tuproqlarda bedapoya buzilgandan keyin ikkinchi yili ekin o’stirishida yer haydalmasligi sababli beda g’o’zaning hosildorligini pasaytirmaydi, lekin almashlab ekishning keying dalalarida tuproq unumdorligini saqlab qoladi. Faqat mexanik tarkibi jihatidan og’ir bo’lgan tuproqlardagina haydashni o’tkazmaslik paxta hosilini pasayishiga olib keladi. Ana shularni hisobga olgan holda bedapoyani buzib ikkinchi yili ekin ekilishida yerni 20 sm chuqurlikda haydash qabul qilingan[16], Keying yillardagi har haydovda chuqurlik 5 sm dan oshirib boriladi.


Download 97,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish