- O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
- OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
- TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
- MAGISTRATURA BO‘LIMI
- Bobomurotova Mahfuza
- MAVZU: Morfem-morfologik sath
- Reja:
- 1. 3. Til sathlari tasnifi.
- 4. Til sathlarining o’zaro munosabati.
- 3. Morfem-morfologik sath.
- Sistema qurilma ekan, u albatta tuzilishga ega bo’ladi. Sistemani tashkil etgan elementlarning ichki aloqasi strukturani tashkil etadi. Bundan anglashiladiki, sistema va struktura tushunchalari bir-biri bilan o’zviy aloqador tushunchalardir. Sistemasiz strukturaning, strukturasiz sistemaning bo’lishi mumkin emas. Sistema atamasi ichki tuzilish birliklarning o’zaro munosabati asosida vujudga kelgan butunlikni ifodalasa, struktura atamasi butunlikning ichki to’zilishini ontologik tabiatini ifodalaydi
- Til sistema sifatida ichki tuzilishga, strukturaga ega. Tilning ichki tuzilishi (strukturasi) ko’p sathlidir.
- Tilning qiymmat jihatdan bir xil birliklarining yig’indisi lingvistik sath deb yuritiladi. Masalan, fonologik sath, morfemik sath kabi. Ma'lum bir tildagi fonemalarning o’zaro munosabati majmui fonologik sathni, morfemalar munosabati majmui esa morfemik sathni tashkil etadi.
- Lingvistik sath tushunchasi hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan bo’lsa ham, lekin tilni sathlarga bo’lishda xilma-xillik ko’zga tashlanadi. Shunday bo’lishga qaramasdan, deyarli barcha tilshunoslar tilning quyidagi sathlarini birdek tan oladilar: ) 1.fonologik sath, 2) morfemik sath, 3) leksik sath, 4) morfologik sath, 5) sintaktik sath, 6) ustsintaktik (supersintaktik) sath.
- Yuqoridagi sathlarning har biri o’zining birligiga ega: fonologik sath birligi-fonema; morfemik sath birligi - morfema; leksik sath birligi - leksema; morfologik sath birligi –so’z shakl; sintaktik sath birligi - sintaksema; ustsintaktik sath birligi - matn (tekst).
- Kursatib o’tilgan sathlar quyidan yuqoriga harab qat'iy tartibda joylashadi. har bir yuqori sath birligi o’zidan bir
- daraja quyi sath birliklarishing sintagmatik munosabatidan tashkil topadi (bundan faqat leksik sath birligi mustasno),
- fonemalarning sintagmatik munosabatidan morfemik sath birligi morfema hosil bo’ladi (shu jumladan leksik morfema ham) .
- Morfemalarning sintagmatik munosabatidan esa morfologik sath birligi bo’lgan so’z shakl vujudga keladi. So’z shakl, o’z navbatida, morfemalarga (to’g’rirog’i, morfema variantlariga) bo’linadi va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar. - Foydalanilgan adabiyotlar.
- 1.I.Karivov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., 2008.
- 2. NigmatovX.G., Funktsionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix
- pamyatnikov, X-XP v.v.,T.,1989.
- 3. Nurmonov A va boshqalar. O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi.
- T.,1992.
- 4. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh. Grammatik kategoriya
- muammosiga doir ayrim mulohazalar. // O’TA, 1998, 6-son.
- 5. Rahmatullayev Sh. "O’zbek tilida tobe boglanishning turlari. T.,1993.
- 6. Sayfullayeva R., Abduzalova M. Gapning eng kichik kurilish
- qoliplari haqida.//O’TA, 1991, 5-son.
- 7. Solntsev V.M Yazik kak sistemno-strukturnoe obrazovanie M., 1977.
Do'stlaringiz bilan baham: |