Sifoti savlating to‘ldi jahona.
Zihi sohibqiron arslon yuraklik,
Maoni majlisi ichra ko‘mkluk.
Saxovat bobida chun Hotami toy,
Shijoat mulkida chun Qovusu Kay.
356
Qiliching haybatidin Rustami Zol,
Qilibdur dunyoda go‘r ichra inzol*. ( *inzol - tushish, voqifbo 7ish.)
Jahon tindi sening adling kuchindin,
Yoshin yashnar qilichingning kuchindin.
Saxovat mulkida sohib adamsen,
Latofat ma’dani koni karamsen.
Begim, adling qamug‘ olamg‘a to‘ldi,
Quyosh yanglig4 sifoting jilv a b o ‘ldi.
Jamoling aksidin xurshed olur nur,
Oting bo‘ldi qamug‘ olamda mashhur.
Bulut ichra yoshundi oy yuzungdin,
Shakar sizdi qamish ichra so‘zungdin.
Quyosh yuzung ko‘rub yerga yiqildi,
Adog‘ing tufirog‘ini surma qildi.
Falak boshi birla evrulsa ming yil,
Seningtek qilmag‘ay dunyoda hosil.
Xirad shatranjini uttung jahondin,
Sening lutfung bila to‘ldi jahondin.
Maoni ichra, shohim, qil yorarsen,
Ajunda hyer ne qilsang, qil, yararsen...
X o ‘jandiy mazkur baytlarida Sulton Mahmudni har xil mubolag‘ali
tisvirlar bilan ko‘klarga ko‘taradi. Sulton Mahmudni tengi yo‘q bahodir,
insoniy fazilatlari cheksiz, Yusufmisol husnga ega, nihoyatda nozikfahm
qilib tasvirlaydi. Tabiiyki, unga bo'lgan hurmati, ayni paytda Sulton
Mahmud ham X o‘jandiyni e ’tiborda tutgani, unga ehtirom ko‘rsatgani
sabab b o‘lgan edi.
357
Asarda X o ‘jandiy taxallusi olti o ‘rinda uchraydi. Asarda X o‘jandiy
haqiqiy ishqni majoziy ishqdan ustun qo‘ysa ham, hayot go‘zalligini,
Do'stlaringiz bilan baham: |