O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Qutbning “Xusrav va Shirin”ida folklor obrazlari va motivlari



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Qutbning “Xusrav va Shirin”ida folklor obrazlari va motivlari.
Qutbning yana bir mahoratini xalq og‘zaki ijodi obrazlaridan, motivla- 
ridan foydalanganda ham ko‘rish mumkin. Qutb, ayniqsa, ot obraziga 
alohida e’tibor berganini ta’kidlash lozim. Qutb, asosan, Xusravning oti 
Shabdiz obraziga dostonda ko‘p to‘xtaladi.
Shirindan ko‘z ketarmaz erdi Parviz,
Ham ul Gulgundin adrilmaz bu Shabdiz (96-b.)
Gah ul Shirin o‘tar, gah shohi Parviz,
Gah ul Gulgun o‘zar, gah chobsa Shabdiz (101-b.)
Nizomiy ham Shabdiz ta’ri/iga yigirma uch baytni bagishlaydi.
Turkiy xalqlar dostonlarida ot — qahramonning sodiq yoidoshi, ot 
bilan qahramon o‘rtasida parallellik bor. Qahramonning sifatlari uning 
otiga ham aloqador.
Qutbning yana bir diqqatga sazovor qirrasi - Sharq og‘zaki va yoz­
ma adabiyotining kompozitsiyasi va motivlarini “Xusrav va Shirin” 
dostoniga singdirganidir. 0 ‘nta kanizak navbatma-navbat Xusrav bilan 
Shirin qoshida afsona aytadilar. Bu bob Qutb dostonida “Xusrav va Shi­
rin qatinda o‘n qiz oiturub, afsona aymishin bayon qilur”, “Ul o‘n qiz 
oiturub afsona qilmishlari” deb nomlanadi. Ammo qizlaming afsonala- 
rini Qutb batafsil bayon qilmaydi. Faqat har bir qizning afsonasini to‘rt- 
besh baytda bayon qilib, asosiy voqeaning qisqa sharhi bilan cheklanadi. 
Sharq adabiyotidagi aynan ana shu kompozitsiya asosiga qurilgan ertak 
va masallar ham bir xil hajmda emas: qaysi birida qisqa, qaysi birida
318


voqealar bayoni uzundan-uzoq hikoya qilinadi. Shunga ko‘ra, Nizomiy 
ham, Qutb ham o‘nta qiz afsona aytgan lavhalami yozishda Sharq adabi­
yotidagi an’anaviy motivga asoslanganlar.
Qadimgi Sharq adabiyotida shunday qoliplovchi qissalar yoki qissa 
ichida hikoya borki, bu qissalar ertak, masal janridagi asarlami o‘z iehi- 
ga oladi. Qoliplovchi qissalaming kompozitsiyasi tuzilishi deyarli bir- 
biridan farq qilmaydi - hammasida ham bir yoki bir necha personajlar 
ko‘ngi!oehar yoki nasihat mazmunidagi ertak (asosan, sehrli ertaklar) va 
masallami hikoya qilib beradilar. Bu singari qissalar Sharq adabiyoti­
da alohida janr boiib, bu janrning ildizlari sanskrit adabiyotiga borib 
taqaladi.O‘rta asr fors va arab adabiyotida bu janrning yaqqol namu- 
nasi sanskrit adabiyotidagi “Panchatatra”ning “Kalila va Dimna” nomi 
bilan arab adabiyotiga qilingan tarjimasidir. Bu - qoliplovchi qissadir. 
“Panchatatra”ni arab tiliga “Kalila va Dimna” nomi bilan VIII asrda Ibn 
al-Mukaffa tarjima qilgan. Bu asaming forscha tarjimasini X I1 asming 
birinchi yarmida Nizomiddin Abul-Maliy Nasmlloh amalga oshirgan. 
Har ikkala tarjimaga ham sanskritcha qoliplovchi qissa asos bo‘lgan. Na- 
tijada fors adabiyotida bu janrda “Sindbodnoma”, “Baxtiyornoma yoki 
o‘nta vazir haqida hikoya” kabi original asarlar paydo bo‘ldi. Shubhasiz, 
“Xusrav va Shirin” dostonidagi o‘nta qiz aytgan afsonaning kompozit­
siyasi bilan bu davrga yaqin bo‘lgan “Baxtiyornoma yoki o‘nta vazir 
haqida hikoya” qissasi kompoziyasida umumiylik mavjud.
Yuqoridagi qoliplovchi qissalaming manbai xalq og‘zaki ijodidadir. 
Voqealaming bayon uslubi, qissalaming tuzilishi shundan dalolat beradi. 
Madaniy an’ana Sharq adabiyotining, jumladan, “Xusrav va Shirin”ning 
kompozitsiyasi va motivlarida ham an’anaviylikni davom ettirish uchun 
sabab boigan.
“Xusrav va Shirin” “Qutadg‘u bilig”dan keyin turkiy tilda masna- 
viyda yozilgan nodir asarlardandir. “Xusrav va Shirin” dostonining il­
dizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Sharq xalqlari adabiyotida bu 
qissa 
keng tarqalib, ancha shuhrat qozongan. Bir qator “Jangnoma” (Firdavsiy 
“Shohnoma”sidagi Xusrav hikoyati), “Ishqnoma” (Nizomiyning “Xus­
rav va Shirin”, Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xusrav” dostonijlaming 
yuzaga kelishiga asos boigan.
Nizomiyning, xususan, “Xusrav va Shirin”ning turkiy adabiyot- 
ga ta’siri faqat Qutb bilan chcgaralanib qolgan emas. Nizomiyning 
“Xamsa”si tarkibidagi “Maxzan ul-asror” ta’sirida Mir Haydar (Haydar
319


Xorazmiy) milodiy 1409 - 1414-yillarda “Maxzan ul-asror” dostonini 
yozdi. Jumladan, u o‘z asari Nizomiydan ilhomlanib yozilganiga quyi­
dagi bayti orqali ishora qiladi:
Manki bishurdim bu laziz oshni,
Shayx Nizomiydin olib choshni118.
Qutb doston muqaddimasida Nizomiyni katta hurmat bilan tilga 
oladi. Butun doston davomida ulug‘ ustozini ko‘p marta eslaydi. Shu 
bilan birga, Nizomiy tomonidan yaratilgan bu asaming erkin tarjimasi 
jarayonida Qutb o ‘z davrini kuzatish asosida paydo bo'lgan qarashlari- 
ni ham ifodalaydi. Qutb Nizomiy obrazlarini saqlab qolgan holda, asar 
tarjimasiga ijodiy yondoshdi. Natijada Nizomiy obrazlarining xarakte- 
ri o‘zgardi. Ana shu holatlar Qutbning ma’lum darajada mustaqil yo‘l 
tutganini ko‘rsatadi. Buning ustiga, asarda Qutb tomonidan qo‘shilgan, 
xalq og‘zaki ijodiyoti va urf-odatlari singdirilgan o‘rinlar ham bor.
’’Xusrav va Shirin” - umumturkiy adabiy yodgorlik. Doston Oltin 
0 ‘rda davlati tarkibiga kirgan barcha turkiy xalqlar - o‘zbeklar, tatarlar, 
boshqirdlar, turkman va qozoqlar, qoraqalpoqlaming mushtarak yodgor- 
ligidir.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish