O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Bek (yoki umuman hukmdor).
Bek davlat va hokimiyatning tayanc- 
hi, yurt ravnaqining garovi, adolat rahnamosi, aql-zakovat egasi. Bek- 
lik, Yusufning ta’biricha, ilohiy hodisa bo‘lib, onadan tug‘ilgandayoq 
beklik uchun tug'iladilar. Xudo beklik lavozimini beribgina qolmaydi, 
balki Xudo birontasini bek qilib yaratishni istagan ekan, avvalo, unga 
qobiliyat, yo‘riq, uquv beradi. Ayni paytda:
Bu beglikka ashnu tub aslbi kerak,
Atbim alp qatbig‘ qurch yana ton kerak.
(Beklik ishi uchun hammadan aw al tagi asl odam boiishi lozim,
Mergan, botir, qattiq, chiniqqan hamda qo‘rqmas yurakli bo‘lishi 
lozim.)
Beklarga faqat mana shunday jismoniy kuch-qudratning o‘zi yetar- 
li emas. Bek davlatni bilim, aql, zakovat bilan boshqaradi. Saxovatpes- 
halik uning burchi bo‘lishi lozim. Beklar xalqqa bilim bilan boshchilik 
qiladi. Ammo, deydi Yusuf, bilimli kishining dushmani ko‘p bo‘ladi. 
Bilimning beklikda ahamiyatini Yusuf ко‘p marta takrorlaydi. Bek xal- 
qini bilim bilan tutib turadi, Bilimi bo‘lmasa ko‘p ishlarga aqli yetmay- 
di. Buning oqibatida bek yanglishadi, begligi zaiflashadi, uni davolash 
lozim bo‘ladi. Bu beklik dardining davosi aql va bilimdir, uni zakovat 
bilan davolamoq lozim.
Yusuf bekka xos sifat va burchlami birma-bir sanab ko‘rsatar ekan, 
chinakam komil inson qiyofasini kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalantira-
171


di. Yuqoridagi fazilat va burchga qo‘shimcha ravishda, bek hunarmand 
ham bo‘lishi lozim. Halol, sof, ko‘ngli va tili to‘g‘ri, fe’l-atvori yaxshi, 
xush xulq, ko‘zi to‘q, andishali bekning nomi taraladi, undan ezgu urug‘- 
avlod taraladi.
Xalqning taqdiri bekning qoiida. Shu bois bekning so‘zi bilan ishi 
bir, tabiatan muloyim, ochiq chehra bo‘lishi darkor. Bekning odamlami 
o‘z ortidan ergashtira olish layoqati - uning saxovatpeshaligidandir deb 
biladi Yusuf va qadimdan qolgan quyidagi baytni dalil sifatida keltiradi:
Kur arslan bolu bersa bitqa bashbi,
Bu bit barcha arslan bolur oz tushi.
Qalbi bolsa arslanqa bit bashchbisbi
Bu arslan bolur barcha bit saqbishbi.
(Ko‘rgin, agar arslon itlarga bosh bo‘lsa,
Bu itlar barchasi uning tengida arslon bo‘ladi.
Agar arslonlarga it boshchi bo‘Isa,
Bu arslonlar barchasi itga teng bo'ladi.) (2013-2014)
Yusuf bek uchun noma’qul beshta illatni sanab, bek ana shu illat- 
lardan tamomila uzoq bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlaydi: birinchisi
- shoshqaloqlik, ikkinchisi - ochko‘zlik, uchinchisi - jaholat, to‘rtinchisi 
-buzuq fe’llik, beshinchisi -y o lg ‘onchilik. Bekni baxtsizlikka, xalqning 
undan yuz o‘girishiga sababchi illatlar mana shulardir.
Yusufning ta’biricha, beklikka loyiq odamning tashqi qiyofasi ham 
muhimdir. Uning bergan o‘gitiga ko‘ra, bek bo‘ladigan odamning yuz 
ko‘rkli, silliq, bo‘yi o‘rtacha boisin; ovozasi ketgan bo‘lsa yana ham 
yaxshi.
Ilgari o‘tgan maishatparast hukmdorlaming taqdiri haqida donish­
mandlaming aytganlaridan Yusuf kitobxonni xabardor etib, bekni may- 
parastlik illatidan ogoh etadi. Ichkilik - bu yov, deydi Yusuf va buning 
oqibatlarini, el-yurtga, davlat ishlariga yetkazadigan zararini ko‘rsatib 
beradi.
Vazir.
Yusuf vazir haqida so‘z yuritib, bekka madadkor, beklar yu- 
kini ko‘taradigan, beklikdagi beboshliklami tartibga soladigan odam- 
dir, deydi. Vazirdan talab etilgan sifatlar ham nihoyatda yuksak. Zehni 
o‘tkir, bilimi dengiz singari, ziyrak, tadbirkor, to‘g‘ri, ishonchli, fe’l-
172


atvori a’lo, zakovatli, bilimli bo‘lishi lozim. Vazir ham, xuddi bek sin­
gari, ideal shaxs. Vazir lavozimiga tanlanadigan odam yana mulohazali, 
uyat-andishali, ko‘zi to‘q, halol, yuzi ko‘rkli, tutgan ishlari to‘g‘rilik, 
hisob-kitobga usta, ilmli, har turli yozuvlardan xabardor bo‘lishi lozim.
Vazirning ichki va tashqi sifatlariga Yusufning bergan bahosi shuni 
ko‘rsatadiki, Qoraxoniylar sulolasidagi aka-ukalaming farzandlari taxt 
talashuvlami, nizolami, bir-biriga xusumatni bas qilishlari lozimligini 
bek va vazir obrazlari orqali ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Bek bilan vazimi 
Yusuf bir-biriga yaqin sifatlarga, aytish mumkinki, birday sifatlarga ega 
qilib tasvirlar ekan, Qoraxoniylar sulolasidagi yakdillikka, hamjihatlikka 
ishora qilgan bo‘lishi aniqroq. Zotan, vazirning maqsadi ham yomonlar- 
ni o‘zidan uzoqlashtirib, bekini rohatga yetkazish, fuqarosini osoyishta- 
likka erishtirishdir:
Bu yanglbig* bulunsa ey elig vazir,
Begin inchka tegrur qarasbi udbir.
Bulur beg tilaki anbindbin tugal,
Ishi barcha etlur qayu ersa hal.
Bayur otru budnbi ham etlur eli,
Xazina kopadur qutadur уы1ы.
Boiur atbi mangu qammas bolub,
Boiur огпы edgu qarbisa ulub.
(Ey elig, shu sifatli vazir topilsa,
Begini rohatga yetkazadi, fuqarosi osoyishta uxlaydi.
Bek undan tilaklarini tugal topadi,
Qanday ahvolda bo’Imasin ishining barchasi bajariladi.
Binobarin, xalqi boyiydi, eli yashnaydi,
Xazinasi ko'payadi, yillari qutli bo‘ladi.
Oti bir umr qarimas bo‘lib mangulashadi,
Qarib chiriganda esa о‘mi yaxshi bo‘ladi.) (2224-2227)

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish