O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar. 
«Devonu lug‘atit- 
turk» adabiy manba sifatida ham qimmatli yodgorlikdir. Asardagi she’riy 
parchalar XI asrgacha bo‘lgan adabiy hayot to‘g ‘risida to‘laqonli so‘z
61
Koshg'ariy Mahmud. Devonu lug'atit turk. - uch jildlik. 1- jild, Taijimon filologiya fanlari 
kandidati S.Mutallibov. Nashrga tayyorlovchilar 0 ‘zRFA akademigi A.Rustamov, filol.f.d. 
H.Boltaboev “MUMTOZ SO”Z”nashriyoti, Toshkent, 1960, 21-b.
186


yuritishga imkon beradi. Bu she’riy parchalar ma’lum bir so‘zning izohi 
uchun keltirilgan bo‘lsa-da, bu parchalar qadimgi turkiy adabiyotda li- 
rik va epik janming rivoj topganidan dalolat beradi. Koshg‘ariy keltirgan 
mazkur she’riy parchalar turli mavzuda - mehnat, yoming ta’rif-tavsifi, 
turk bahodirlarining qahramonliklari, ezgulikka da’vat, vatanparvarlik va 
h. She’riy parchalami Mahmud Koshg‘ariy xalq og‘zidan yozib olgan.
«Devon»dagi she>riy parchalar ko‘p turkologlar o‘rtasida munoza- 
raga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik yevropalik turkologlar «Devon»da 
keltirilgan to‘rtliklami dastlab turkiy xalqlaming qadimgi folkloriga 
mansub deb qaragan edilar. Jumladan, nemis turkolog olimi K. Brok- 
kelman shunday fikmi aytgan edi. Ammo u «Devon»dagi ikkilik va 
to'rtliklar unutilib ketgan ma>lum bir shoiriar ijodiga mansubligini ham 
e>tibordan chetda qoldirmaydi. Uningcha, bu to‘rtlik va ikkiliklar asar 
yozilgan davrdan ilgari mavjud edi va islom davriga hech qanday aloqasi 
yo‘q.
Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»dagi ba’zi she’riy parchalar 
ma’lum bir ijodkor qalamiga mansub ekanligini Koshg‘ariyning ishora- 
sidan bilish mumkin. Koshg‘ariy ko‘p o‘rinlarda «shoir aytadi» iborasini 
ishlatadi va bir to'rtlik keltiradi:
Izimni o‘karman,
Bilikni yugarman.
Ko‘ngulni tugarman,
Erdam uza turgunur (II, 282)
(Shoir aytadi: Egamni maqtayman, uning madadi bilan ilm- 
ni yig'aman. Ko‘ngilni shunga bog‘layman, ilmu hunar to‘plashga 
ko‘nglim berilgandir).
Bundan tashqari, ilm manfaati haqidagi to‘rtliklar yoki fardlar ham 
bevosita yozma adabiyotning mahsulidir, ya’ni ma’lum bir shoir ijodi­
ga mansubdir. Zotan, ilm manfaati haqidagi o‘gitlar Qoraxoniylar davri 
adabiyotining muhim xususiyatlaridandir:
0 ‘gran aning biligin,
Kunda angar bam.
Qutqilig‘in taping‘il
Qo‘zg‘il kuvaz naru (II, 161-162)
187


(Agar bilimdon odamga yo'liqsang, har kun unga bor, yaxshi muo- 
mala bilan uning ilmu hikmatlarini o‘rgan, takabburlikni tashla).
0 ‘sha shoirlar xalq orasida mashhur bo‘lganlari uchun ham 
Koshg‘ariy ulaming ismini aytib o'tirmagan. Ba’zi shoirlaming (masa­
lan, Cho‘chu) ismini aytib o‘tgan, xolos.
Quyidagi fard ham “Devonu lug‘atit-turk”ka Qoraxoniylar davridan 
oldingi va o'sha davrdagi didaktik adabiyotning ta’sirini ko‘rsatadigan 
dalillardan biridir:
QoMdash bilan yarashg‘il, qarshib adin urdurma,
Bek tut yavash taqag‘u suvin yazin adirma (II jild, 18-b.)
(Qo‘ldosh (suhbatdosh)ingni hurmat qil, yaxshi muomalada bo‘l, 
qarshilik qilib, uni tashlab, boshqa bilan bo'lma. Uydagi tovuqni boqol- 
may qochirib yuborib, durrojni boqaman deb ovora bo‘lma).
Quyidagi baytni ham, yuqoridagi fard singari, biron shoir ijodiga 
mansub deb qarash maqsadga muvofiqdir:
0 ‘g‘ulum, senga qo'zurman ardam о‘gut xumam,
Bilga erig bo'lup sen baqqil aning tabaru (III, 445)
( 0 ‘g‘lim, senga meros qilib ezgu xulq, odobni qoldiraman. Agar 
ilmli, aqlli odamlarga yo‘liqsang, ularga yaqinlash, ulardan foydalan).
Yoki quyidagi baytni ham fard janriga mansub deb qarash mumkin:
Kelsa kishi etma angar o‘rtar kula,
Baqqil angar ezgulugung ag‘sin quia (1, 149).
(Senga kular yuzli bir kishi kelsa, sen uning yuziga issiq kul soch- 
ma, yaxshilik qil, yoqimli qiliq bilan hurmatla.)
«Devon»dagi she>riy parchalar misralari teng bo‘g‘inli (yetti 
bo‘g‘indan o‘n to‘rt bo‘g‘inga) qofiyalangan she>rlar ekani yuqoridagi 
parchalardan ay on bo‘lib turadi.
188


V.V.Bartold «Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalarga nis­
batan siyosiy tomondan yondashgan edi. Uningcha, «Devonu lug‘atit- 
turk»dagi she’rlar orasida xuddi «Qutadg‘u bilig» dagi singari, saroy 
adabiyotiga xos xususiyatga ega bo‘lgan to‘rtliklar ham bor. Buning is- 
boti sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi:
Turkan qatun qutinga,
Tegur mendin qo‘shug‘,
Ayg‘il sizing tabug‘chi 
0 ‘tnur yangi tabug1 (1, 357).
(Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) yetkazgin, 
xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.)
Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni 
gavdalantirsa ham, aniq bir obraz (Turkon malika)ning mavjudligi, di- 
daktik mazmun ifodalangani bilan individual she’riyatga mansub deb 
qaralsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi va V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli 
ekani o‘z isbotini topadi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish