Avesto
Reja.
1. “Avesto”ning paydo bo'lishi. Avesto yozuvi.
2. “Avesto”ning tiklangan rmsxasi.
3. Zardusht shaxsi va zardushtiylik ta’limoti.
4. Sharqqa zardushtiylikning kirib borishi.
5. Zardushtiylikning mohiyati.
6. “Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd va Zervon obrazlari-
ning umumiyligi.
7. “Rigveda” va “Avesto”ning qarindoshligi masalasi.
8. “Avesto” qismlari. Gohlar.
9. “Oltun yorug‘” va “Avesto”da Abadiy zamon tushunchasi.
10. Yasna.
11. Jamshid haqidagi afsona.
12. Vandidod. Jamshid haqidagi afsona davomi.
13. Yashtlar. Axura Mazda qasidasi.
14. Visparad.
15. “Kichik Avesto”.
Tayanch so‘z va iboralar; Zardusht, zardushtiylik, “Avesto”, fal-
safiy risolalar, sosoniylar sulolasi, “Avesto ”ning parokanda qismlari,
axloqiy qarashlar, qasida, madhiya.
“Avesto”ning paydo bo‘lishi. “Avesto” yozuvi.
“Avesto” 0 ‘rta
Osiyo tarixidagina emas, balki dunyo madaniyati tarixida muhim
voqeadir.”Avesto” to‘g‘risida so‘z ketganda, albatta, Zardusht shax
si to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Zardushtning ta’limoti “Avesto”ni yuzaga
keltirdi.
Zardusht “Avesto ”ni qanday yaratgani to‘g‘risida
turli rivoyatlar
mavjud.13 Bu rivoyatlardan ma’lum bo‘lishicha, “Avesto” dunyo tarixi
da ilk muqaddas kitob hisoblanadi. Beruniy bu asar to‘g‘risida shunday
deydi: “Zardusht majusiylar “Abisto” (Avesto -N.R.) deb ataydigan ki
tob bilan yuzaga keldi. Bu kitob barcha xalqlar tillariga muxolif bir til-
da yozilgan...va hamma bilishi uchun u tildagi harflar soni hamma tillar
,3Bu haqda qarang: Abu Rayhon Beraniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Toshkent.
“Fan”, 1968, 236-237-b.
19
harflaridan ortiq edi”
(Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-bet).
Beruniy bu
o‘rinda “Avesto” tilidagi undoshlami anglatish uchun qo‘shimcha bel-
gilami, shuningdek, qisqa unlilami bildiruvchi
belgilami ham nazarda
tutgan.
Beruniy Zardushtning Sharqda mashhur bo‘lganiga oid dalillami
keltiradi. U yozadiki, ibroniylar Zardushtni Ilyos payg‘ambarning sho-
girdlaridan biri bo‘lganiga da’vo qiladilar. Yana rumliklar, yunonlar
ham Zardushtni o‘zlariga yaqinlashtirib, turli dalillami keltirganini ham
yozadi.
Beruniy “Avesto”ga oid dalillami o‘rganib, bu asaming asliyati va
uning tuzilishi haqida ham dalillami bayon qiladi. “Podsho
Doro ibn
Doro xazinasida “Abisto”ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan
bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalami vayron qilib, ularda
xizmat etuvchilami oidirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uc
hun o ‘sha vaqtda beri “Abisto”ning beshdan uchi yo'qolib ketdi. “Abis-
to” o‘ttiz
nask
edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki
nask
chamasi qoldi. Biz
Qur’on bo‘laklarini haftiyak deganimizday, nask “Abisto” bo'laklaridan
har bir bo'lakning nomidir”
{Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-bet).
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Zardusht qaysi o‘lkadan ekani
va “Avesto”ni qayerda yozgani haqidagi bahslarga barham bermoqc-
hi bo‘ldi. Zotan, Beruniygacha ham Zardusht shaxsi, zardushtiylik va
“Avesto”ning yaratilishi haqida turli xalqlar orasida zid fikrlar bo‘lgan.
Jumladan,
ibroniylar, Zardusht Xarrondan bo‘lgan, Ilyosdan ta’lim ol-
gan, u o ‘zining “Tug‘ilish kitobi”da bu haqda aytgan, deb da’vo qilgan
edilar. Rumliklaming da’vosicha, Zardusht Mosuldan bo‘lgan. Yunon-
liklar esa Zardushtni Siblon (Seylon) dan boMgan, “Avesto”ni o‘sha yer-
da yozgan, deb aytadilar.
Beruniy esa “To‘g‘risi shuki, Zardusht Ozarbayjondan bo‘lgan”,
deya o ‘z fikrini quyidagicha davom ettiradi: “Ehtimol, uning tug‘ilish
haqidagi kitobida zikr qilishicha, u o‘z otasi bilan Xarronga borib, hik-
matshunos Ilyosga uchragan va undan ilm istifoda etgan...”
(Beruniy.
Yuqoridagi asar, 237-238-betlar).
“Avesto” Zardusht nomi bilan bog‘lansa-da, bu noyob asar bir davr-
ning mahsuli emasligini ham ta’kidlamoq darkor. “Avesto”
bir necha
asrlar davomida shakllanib, yaxlit asar holiga kelgan. Bu jarayon dunyo
madaniyati tarixida sinovlardan o‘tgan tajriba bo‘lib, “Avesto” ana shu
tajribaning mahsullaridan biridir. Sharqda bu jarayonning namunalari
20
kuzatiladi. Qadimgi Xitoydagi falsafiy risolalar, Bibliya ham shakllan-
ganda, ana shu yo‘lni - asrlar yo‘lini bosib o‘tgan.
“Avesto”ning tiklangan nusxasi. “Avesto”ni Iskandar kuydirib
tashlagan ekan, bugungi kundagi mavjud nusxa qanday paydo bo‘lgan
degan savol tug‘iladi. Bu tiklangan nusxa Sosoniylar sulolasi hukmron-
ligining ilk yillarida paydo bo‘lgan.
Sosoniylar sulolasining ilk hukmdori Ardasher Bobakon o‘z saroyi-
dagi Xirbadan nomli donishmandga “Avesto”ni qayta tiklash vazifasini
topshitadi. Xirbadan bir qancha zardushtiy ulamolari bilan birga asami
qayta yozib olib, qaytadan tartib beradi.
Shunday qilib, hozirgi mavjud
nusxa Sosoniylar sulolasi davrida shakllantirilgan. Shopur II davrida
Ozarpod Mehrosin “Avesto”ning parokanda qismlarini to‘plab, asardagi
ko‘plab nomlar, atamalami sharhlab, “Zand Avesto” nomli kitob yarata-
di.14 “Zand Avesto”ni bu ulkan asaming sharhi va “Kichik Avesto” deb
aytish mumkin. Bugungi mavjud nusxa 1278-yili ko‘chirilgan.
“Avesto”ning eng qadimiy qatlamiga ko‘ra, shunday xulosa chi-
qarish mumkihki, zardushtiylik urug‘chilik jamiyatida - tabaqalashish
boshlanganda va hukmron tabaqa o‘z hukmini o‘tkaza boshlaganda ya
ratilgan.
“Avesto” faqat zardushtiylik oqimining muqaddas yodgorligi bo‘lib
qolmay, Markaziy Osiyo
xalqlarining ijodiy qobiliyati, og‘zaki ijodi,
c’tiqodi va dunyoqarashining mahsuli hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: