kelib chiqishi jihatidan birdir. Yoki Zervonning vazifasi ham “Oltun
yorug‘”da (Azrua deb nomlanadi) “Avesto”dagi Zervon bilan aynidir.
Masalan, “Oltun yorug‘”da Azrua tangrining maskanida jonzotlar qayta
tug‘ilishi uchun gunohlaridan pushaymon bo‘lib, iltijo qilib, va tavba-ta-
zarru qilib, pok so‘zlar bilan yomon qilmishlarini, kirlarini, iflosliklarini
yuvib, tozalashi kerak (П1 9a). Zervon “son -sanoqsiz olamning xoni”
(Ш
19a),
Zervon tangri podshohlar, xonlar rioya qiladigan Rachashastir
degan qonun bitigini so‘zlagan va bitig holiga keltirgan (VIII 26a). U
Buddadan, no‘m g‘ildiragini aylantiray, maxayana mazhabini jonzotlar-
ga beray, deb iltimos qiladi. Shu xatti-harakatlari orqali Zervon yer yu-
zida solihlikni barpo qilishni, jamiki jonzot bolalarini tinch-omon, shod-
xurram qilishni ko‘zlaydi. Umuman, Zervon tangri “Oltun yorug‘”da
komil jonzotlami yaratadi va ko‘paytiradi.
Mazkur qiyoslardan ma’lum bo'ladiki, “Avesto” va “Oltun yorug1”
o‘rtasidagi muvofiqlik 0 ‘rta Osiyo bilan “Oltun yomg‘”ning ilk vata-
ni Hindiston o ‘rtasidagi tarixiy aloqalarga ishora qiladi. Ko‘p tarqalgan
nuqtai nazarga ko‘ra, II ming yillikdan oldin 0 ‘rta Osiyodan, xususan,
Amudaryo va Sirdaryo oqimi bo‘ylab joylashgan o‘lkadan tortib, Orol
va Kaspiy dengizlarigacha cho‘zilgan yurtga Hindistonga ariylar qabila
si bostirib kirgan (M. Mayrxofer, LDyakonov, T. Borrau va boshqa ko‘p
sharqshunoslar shu fikrda). Ana shu davrdan boshlab ariylaming alohi
da qabilalari Sharqqa tomon ko‘cha boshlaganlar. Bu ko‘chish milod-
dan oldingi II ming yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ular 0 ‘rta Osiyodan
Afg‘onistonga, u yerdan Hindikush tog‘lari orqali Hindistonga - hozirgi
Panjob viloyatiga o‘tganlar. Ariy degan nomni Hindistondagi qabilalar
qo‘ygan emas, balki 0 ‘rta Osiyodan borgan qavmlar o ‘zlari bilan birga
olib borganlar. Ariylar “nafaqat harbiy iste’dodi bilan, balki badiiy so‘z
sohasidagi iqtidori bilan ham ajralib turganlar. Bu qabilalaming eng aso
siy xazinasi madhiyalar bo‘lib, kelgusida jamlangan Rigvedalaming aso
sida ana shu madhiyalar yotgan edi”.17 Ariylaming boshqa o‘lkalardan
Hindistonga kirgani to‘g‘risida boshqa fikrlar ham bor, ammo ko‘pchilik
rus va yevropa sharqshunoslari ariylar dunyoning ko‘p tomonlariga 0 ‘rta
Osiyodan tarqalganini tasdiqlaydilar.
“Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd hamda Zervon obrazla-
rining birligi ulaming ijodkorlari bir xalq ekanini ko‘rsatuvchi bitta da
lil bo‘lsa, ikkinchisi - Axura Mazda bilan Buddaning, Zardusht bilan
17Еяизаренкоаа Т.Я. “Ригведа” — великое начало индийской литературы и культуры.
“Ригведа” китобида. Москва,’’Наука”, 1989,496-6..
Do'stlaringiz bilan baham: