o‘zini tiklashga umid qilib, yana taslim bo‘libdi.
Shuncha mehnatini,
kuchini sarf etganini andisha qilmay, Tabg‘ach xoqoni “turk xalqini
o‘Idirayin, urug‘ini qoldirmayin”, der ekan, uni yo'qotib borayotgan
ekan. Yuqorida turk tangrisi, turkning muqaddas suvi yeri shunday degan
ekan: “Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin”, deb “xalq bo‘lsin”,
deb otam Elta-
rish xoqonni, onam Ilbilga xotunni Tangri tepada tutib, yuqori ko‘targan
ekan. Otam xoqon o‘n yetti yigiti bilan toqqa chiqib ketgan, tashqarida
yuribdi, degan xabami eshitib, shahardagi toqqa chiqibdi, tog'dagilar
pastga tushibdi, yig‘ilib, yetmish jangchi bo‘libdi. Tangri kuch bergani
uchun, otam xoqonning qo‘shini bo‘riday ekan, dushmani qo‘yday ekan,
sharqqa, g‘arbga qo‘shin tortgan ekan...
Mazkur parchadagi Tangri so‘zi “xudo” ma’nosida qo‘llangani bois,
turk
xalqining asirlikdan qutulishi, muvaffaqiyatlari, dushman ustidan
g‘olib kelgani Tangriga, ya’ni xudoga bog‘liq qilib qo‘yilgan. Turk xal
qini Tangri, shuningdek, yer-suv o‘limdan - yer ostidan qutqarib, yuqo-
riga - uchinchi qavat olamga ko‘tardi, Eltarish xoqon o‘n yetti yigitni
butun boshli
lashkarga aylantirgan ekan, bu ham Tangrining himoyasi
ostida bo'ldi. Eltarishning qo‘shinim bo‘riday va dushmanning lashkari-
ni qo‘yday qilgan ham Tangridir.
“Xudo”
ma’nosida qo'llangan Tangri
bilan “osmon” ma’nosida qo‘llangan tangrini bitikoshlar mualliflari juda
yaxshi farqlaganlar - “ko‘k” so‘zi faqat osmon ma’nosidagi “tangri”
so‘ziga nisbatan qo‘llangan; “xudo” ma’nosidagi Tangri so‘zi oldidan
“ko‘k” so‘zi ishlatilmaydi. “Osmon” ma’nosidagi
tangrigina qadimgi
turkiy mifologiyada ota deb tasawur qilingan. Muallif Yo‘llig‘ tigin, qo-
laversa, jamiki turkiy qavmlar “xudo“ va ’’osmon” ma’nosidagi tangri-
lami yaxshi farqlaganlar, balki Tangrining xudoga aylangani haqida mif
bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Zotan, bu bitiktoshlarda “xudo” ma’nosidagi
Tangri ruhiy ma’no ifodalab, u haqdagi mifologik tasawur saqlangan,
xolos. Tangri haqida mifga ishora qiladigan bir dalil bor. Bu - Irq bitigi-
ning birinchi hikoyasidagi Tinsi timsolidir.
Tinsi - xitoy podshohining
unvonidir. Qadimgi turkiy qavmlaming tasawuriga ko‘ra, odam tushida
Tinsini ko'rsa, hayotda muvaffaqiyatga erishar ekan.
Tangri (xudo)ning qadimgi turkiy mifologiyada, himoyachi vazi-
fasidan tashqari, yana jazolovchi vazifasi ham bor:
Tangri ancha timis
irinch: “qan birtim”. (Qaningin) qo‘dip ichikding, ichikdukuchun tang
ri “o l” timis, arinch, turk bodun olti, alqinti, yo'q bo'lti
(To‘n., 2-3) -
16
Tangri shunday degan, shekilli: “xonberdim” . (Xoningni) qo‘yib, taslim
boMding, taslim bo‘lganing uchun Tangri “o‘l” degan, shekilli, turk xalqi
o‘ldi, zaiflashdi, yo‘q bo‘ldi.
0 ‘z xonidan yuz o‘girgan turkiy qavmlami
Tangri qattiq jazoga
yo‘liqtirdi - o ‘limga, yo‘qolib ketishga mahkum qildi, ulami shu y o i
bilan jazoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: