O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

( “Aves­
to”. 
Asqar Mahkam tarjimasi, 2000. 13-b; bundan keyingi misollar ham
shu nashrdan olinib, kitobning sahifasi ко ‘rsatiladi, xolos.)
Muqaddas 
kalomlarni boshqalarga yetkazuvchilar - bu ham toza ko‘ngilli insonlar- 
dir, deb aytiladi “Avesto”da.
Gohlarda bayon qilinishicha, Axura Mazdadan oldin ham insoni- 
yat 
nimagadir e’tiqod qilgan. Ammo bu e’tiqodning oqibati insoniyatni 
yaxshilikka emas, balki yovuzlikka undagan, insoniyat o‘sha e’tiqoddan 
faqat 
kazzob va xudbinlikni orttirdi, insoniyat “qabih niyatga qarindosh” 
bo'ldi, 
Insonning bu holatga tushishini Axura Mazda yomon tarbiyachi- 
ga 
bog‘laydi: “Yomon tarbiyachi o‘z ta’limi bilan ilohiy so‘zlami teskari 
qiladi 
va tiriklik idrokini xarob aylaydi” 
(14-b).
Mazda haqiqatan hushyor, donishmand, insoniyatga bergan o‘giti 
va 
ta’limoti bilan jamiyatni o'zgartirishga undadi. Zardusht uning maq- 
sadlarini amalga oshirishda vositachi. “0 ‘zgalami yaxshilikka olib bor- 
gan 
kimsalargagina yaxshilik nasib etadi” (14-bet), deb Axura Mazda 
o‘zining a’molini e’lon qildi.
“Oltun yorug4” va “Avesto”da Abadiy zamon tushunchasi. 
Aba­
diy 
zamon tushunchasi Sharq xalqlarining qadimgi yozma diniy- falsafiy 
matnlarida tizimli holda mavjud. Bu diniy-falsafiy tizimgako‘ra, hamma 
jamiki yaratilgan narsalar, shuningdek, jonzotlar, hayot, xullas, ruhiy, 
ma’naviy mavjudotlar ham abadiy borliq sifatida toabad mavjud. Shu- 
merlaming “Gilgamish” dostonida Enkidu insonni o ‘lmaydigan, abadiy 
hayot 
bag‘ishlaydigan ichimlik suvini izlagani ma’lum. “Oltun yorug”’ 
dostonida ham uch zamon - o'tgan, hozirgi va kelasi zamon hamda 
bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘lajak yaxshi-yomon ishlar haqida so‘z ke- 
tadi (III 7b va boshqa qismlar). “Avesto”ning Gohlar qismidagi abadiy 
zamon tushunchasi ham ayni yuqoridagi manbalarda istifoda etilgani- 
day manoda qo‘llangan. Zardusht Axura Mazdaga: “Sendan o‘zga hech
27


kim baxsh etolmaydigan boqiy tiriklikni nasib ayla. Bu armonli tiriklik 
haqida Olam Shahriyoridan bashorat bo‘lgandi” (19-bet), deya iltijo qil- 
ganda, Axura Mazdaning tanho Xudo kabi qudratini e’tirof ham etyapti. 
Zardusht buyuk faylasuf sifatida olamning yaratilishi haqida bilim be­
rish, olam haqidagi tasawur-tushunchalarini kengaytirish uchun Axura 
Mazdadan madad so‘raydi. Borliqning paydo bo‘lishi, uni kim yaratga­
ni, Koinotning tuzilishi, shaklu shamoyili ham Zardushtning e’tiboridan 
chetda emas. Borliqning Yaratuvchisi va Haqiqatning otasi kimligini, 
zaminni kim yaratganini, tabiat hodisalariga, yomg‘iru qorlaming yer 
yuziga shiddat bilan yog‘ilishini, xullas, yaratilish va harakatning paydo 
bo‘lishini Zardusht bilishni istaydi. Bu - Zardushtning ibtidoiy qarashla- 
ridan paydo bo‘lgan tasavvurlari emas, balki olamni ilmiy bilishga inti- 
lishining mahsuli sifatida qarashni talab etadi.
Gohlaming diqqatga sazovor tomoni shuki, Axura Mazdaning 
ta’limoti, yo‘l-yo‘riqlari, o‘gitlari orqali Zardusht insoniyatning komil 
bo‘lishlarini istaydi. Mazdu unga, bir-biriga hamqadam bo‘lgan inson 
bolalariga “ilohiy ta’limot gavhari”ni - Axura Mazdaning ta’limotini 
yetkazishga jahd aylagin, deya topshiriq beradi.
Gohlarda ruh olami ham bor, moddiy olam ham bor. Bu olamning 
yo‘llarida Kavayga 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish