O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Tardich timsoli bor ( Tardichday vujudin tark etar der­



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Tardich
timsoli bor (
Tardichday vujudin tark etar der­
lar, molu mulk orqada qoladi derlar).
Tardich inson tanasidagi ruhdir. 
Ruh tanani tark etsa, tana jonsizdir. U asl mohiyatini yo'qotadi. Xud­
di shuningdek, mol-mulk aslida dunyoparastlar uchun ruh, ya’ni jondir. 
She’rda shu ikki narsa tenglashtirilmoqda. Dunyoparastlik va moniylik 
aslo kelisha olmasligini, ikkalasi ikki qutb ekanini “Xuastuanift” ham 
tasdiqlaydi. Umuman, moniylikdagi bu g‘oya umumbashariydir. Yassa­
viyning
74


Qamug‘ dunyo yig‘ganlami valloh ko'rdum,
0 ‘lur vaqtda kularsan deb holin ko'rdum,
Shayton aydi: imoningg‘a changal urdum,
Jon chiqarda yig‘lay, yxg‘lay ketar, do‘stlar
kabi to‘rtliklariga hamohang. Moniy jamoasi a’zolarining tutgan 
yo'li, e’tiqodi mutassaviflami eslatadi.
Moddiy olamdagi hayot, umr inson taqdirida qanchalik muhim rol 
0*ynasa, ruhiy olamda ezgulikning qiymati va mavqei muhimdir. Bir 
|0 ‘z bilan aytganda, she’rda inson ruhiyatiga alohida diqqat qaratiladi.
Ruhiyat - insonni ezgulikka yetaklovchi omil, u insonni shaytoniy 
hissiyotlardan xalos qiladi, Tangri kalomiga itoat etishga, undan yuz 
(fgirmaslikka da’vat qiladi. Ruhiyatning da’vatkor kuchi uni tashviqu 
Hrg‘ ib yoki turli ifodalar orqali tasvirlash orqali emas, balki aksincha 
^0*1 orqali - shaytonning qiyofasi, ya’ni bunga moddiy olamga xos yo- 
fuzliklami ko‘rsatish orqali erishiladi.
fi
“Do'zax tasviri” she’rining boshlanishi va oxiri nuqsonli, ayni 
teiytda mazmunan “0 ‘lim tasviri” she’riga o‘xshaydi, ikkala she’r bir- 
Wrini to‘ldiradi. Insonning qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishi, 
jlsonyomg1 olamdagi gunohlari evaziga narigi dunyoda oladiganjazosi 
(o‘g‘risidadir. Bir qarashda bu she’r, “0 ‘lim tasviri” she’ri kabi, voiz- 
bming nutqidan iborat bo'lgan she’rday taassurot qoldiradi. She’ming 
pqqatga sazovor tomoni shundaki, unda gunohkor inson faqat do'zax 
poblari bilan qo'rqitilmaydi, balki do‘zaxning manzarasi o'quvchi 
B>‘z o'ngida chizib beriladi. She’r zaminida qadimiy insonning olam 
|r g ‘risidagi tasawurlari yotadi, u narigi olamni qanday idrok qilganini 
Bglab olishimiz mumkin.
P Insonning qilgan gunohlari to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, do'zaxda 
Im m a ishlar sarhisob qilinadi, deyiladi she’rda. Insonning hamma gu- 
phlari do'zaxda ochiq-oydin namoyon bo'ladi: oddiy haqiqatning man- 
Iffasi yana bir karra uqtiriladi:
Inson qilmishlari aytilar, derlar,
0 ‘zi qilgan ishlar ko'rilar, derlar,
Yer-suv quti qochadi, derlar,
0 ‘t-suv quti zorlanar, derlar.
75


Gunohkorlar qilmishlari uchun oladigan jazo butun tafsiloti bilan 
beriladi. Shaytonlaming gunohkorlami jazolash manzarasi she’rda man- 
tiqan izchil tasvirlanadi. Gunohkorlami shaytonlar qamchilab jazolaydi- 
lar, o‘ldirmoqchi bo‘ladilaru lekin “oiim ni topa olmaydilar”. “0 ‘limni 
topa olmaslik” aqidasi “Oltun yorug‘” asaridagi Ku tay afsonasida bor.
Moniylik she’rlari orasida madhiyalar alohida o‘rin tutadi. Madhi- 
yalaming tarjimasi hamda asl namunalari bizgacha yetib kelgan. Madhi­
yalar she’riyatning ham shaklan, ham mazmunan olg‘a siljiganini dalil- 
laydi. Qadimgi turk davridan bizgacha bir necha madhiya yetib kelgan.
Tong tangrisiga bag‘ishlangan madhiya alohida o‘rin tutadi. Madhi- 
yaning tuzilishidan shu narsa anglashiladiki, u maxsus kuy uchun yara­
tilgan. She’ming birinchi bandi naqorotdir.
Kun va Oy tangrilariga murojaat va madhiyaning asosiy mazmu­
ni bu tangrilami madh qilishdan iborat. She’ming dastlabki bandi tong 
tangrisining timsolini gavdalantiradi. Tong tangrisi timsoli mifologik 
mazmun kasb etib, xuddi jonli mavjudotlar xususiyatlariga ega. Tong 
tangrisini jonli mavjudot sifatida tasawur qilganlarining o‘zi ongli mu- 
nosabatning mahsulidir. Mifologik fikrlashning eng qadimiy bosqichida 
xudo va tabiat uyg‘un holda tasawur qilingan. She’ming dastlabki mis- 
ralaridanoq shu xususiyat ko'zga tashlanadi:
Tong tangrisi keldi,
Tong tangrisi o‘zi keldi,
Tong tangrisi keldi,
Tong tangrisi o ‘zi keldi.
Kun va Oy tangrilari esa tong tangrisining boMagi, shu boisdan 
she’ming davomida Kun va Oy tangrilari tong tangrisining yordamchi 
xudolari sifatida kuylanadi. Umuman, dunyo xalqlarining aksariyatida 
Kun to‘g‘risidagi ko‘hna tasawurlar bir-biriga yaqin: yaratuvchi, qud- 
rat, erkaklik urug‘i, Bosh xudoning o‘g ‘li.29 Oy - farovonlik, ayollik 
urug‘ining boshlanishi (ammo shumerlarda Oy erkaklik urug‘iga man­
sub bo‘lib, taqvim va inson taqdiri hukmdori deb tasavvur qilingan), do- 
nishmandlik ramzi sifatida tasavvur qilingan.30 Tong tangrisini boshqa 
xalqlar qanday madh qilsalar, qadimgi turkiylar Kun va Oy tangrilarini 
ham shunday madh qiladilar:
2,Qarang: Джек Трессидер. Словарь символов. Москва, 1999, 348-351-6.
“ Джек Трессидер, Словарь символов.., 203-207-6.
76


Ko‘ringan Kun tangri,
Siz bizlami qo'riqlang.
Ko‘ringan Oy tangri,
Siz bizlami qutqaring.
Tong tangrisi Moniy jamoasi a’zolari orasida, xuddi Xo‘rmuzd sin­
gari, bosh xudo, Kun va Oy tangrilari esa uning yordamchilari bo‘lib, 
najotkorlardir. Tong tangrisi Nur xudosi Xo‘rmuzdning ramzidir.
Odamlar, bizning shaxsiy hayotimiz, tabiat tong tangrisining irodasi 
orqali boshqariladi, deb tushunganlar. Bunday tasavvur qadimgi turkiy 
qavmlarda panteistik31 fikrlashning izlari mavjudligini tasdiqlaydi.
Tong tangrisini ham mhan, ham jisman anglash, his qilish ayniqsa 
quyidagi parchada ochiqroq ayon bo'ladi:
Tong tangrisi!
Go‘zal hidli, mushk hidli
Yaltiragan. Nur sochib turgan
Tong tangrisi!
Tong tangrisi!
Boshqa bir she’rda Tangrining o‘zgacha sifati kuylanadi. Tangri
- doimo nurga yo‘g‘rilgan, qudratli, eng donishmand mavjudotdir. Bu 
o‘rinda Tangri Xo‘rmuzd ekani yaqqolroq anglashiladi:
Y olvorarmiz T angri - porloq, kuchli donoga,
0 ‘tinarmiz Kun, Oy tangriga.
Tangrilarga e’tiqod qilish - yuksak ma’naviy olamning, axloqiy mu- 
nosabatlaming natijasi edi. Agar bu she’rda Kun va Oy tangrilari faqat 
fazoviy jismlardir va Moniy jamoasi a’zolari fazoviy jismlarga e’tiqod 
qilganlar, deb talqin qilinsa, bir yoqlama, tor tushunish boMardi. To‘g‘ri, 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish