O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

ilk 
e’tiqodiy tasavvurlar shunday bo‘lgan edi. Bu she’rda esa Kun va 
Oy timsolini ruhiy kuch-qudrat, “nur sochuvchi, yorug‘lik baxsh etuvc- 
hi 
xudo” deb e’tiqod qilganlari she’ming asl maqsadini yuzaga chiqa-
31 Panteizra - xudoni tabiat bilan bir, tabiatni xudoning tajassumi deb qarovchi diniy-falsafiy 
ta’lim ot.
77


radi. Jamiyatdagi muqaddaslik va qabihlik, ezgulik va yovuzlik, adolat 
va adolatsizlik o‘rtasidagi kurashni anglab, inson o‘ziga homiy axtardi. 
Natijada Kun va Oy timsolini topdi. She’rning davom shunday fikr yu- 
ritishga undaydi:
Qut baxsh eting, ey Tangrim,
Vujudimizni asrang!
Ruhimizni ozod qiling!
Qut iltijo etarmiz nurli tangrilardan,
Qo‘rquvsiz turaylik,
Sevinch-la yashaylik.
Tangrilar odamning tasawurida ruhan ozod qiladigan kuchlardir. 
Ruhan ozod bo‘lish - Moniy jamoasining tasawurida muqaddaslik bilan 
tengdir. Ruhan ozodlik qo‘rquvni yengadi.
Moniylik muhitida yaratilgan mazkur madhiyadan tashqari, Tang­
riga bag‘ishlangan yana bir madhiya bor. Madhiyaning mazmunidan 
bu madhiya ham Xo‘rmuzd tangri ekani anglashiladi. Bu madhiya­
ning muhim jihatlaridan biri shuki, madhiyaning muallifi qayd etilgan. 
Uning ismi - Aprinchur tigin. Aprinchur tigin to‘g‘risida biron manbada 
ma’lumot yo‘q. Mahmud Koshg‘ariy qadimgi turkiyda ijod qilgan shoir 
sifatida Chuchuning nomini qayd etgan edi, xolos. Aprinchur tigin qac­
hon, qayerda yashagan - bunisi bizga nomaTum.
Aprinchur tigin qalamiga mansub madhiya to‘rtliklar shaklida yo­
zilgan va 12 misradan iborat. Har uchala banddagi birinchi va ikkinchi 
misralar takrorlanadi. Bu takror madhiyaning naqorotidir. Tangrini sha- 
raflash, uning sifatlarini ko‘klarga ko‘tarish madhiyaning asosiy maqsa­
di bo‘lgan edi:
Bizim Tangrimizning xo‘bligi javhardir, derlar,
Bizim Tangrimizning xo‘bligi javhardir, derlar,
Javhardan-da ustun mening a’lo tangrim, alpim, pahlavonim, 
Javhardan-da ustun mening a’lo tangrim, alpim, pahlavonim.
She’rda parallelizm vositasida Tangrining boshqa yana bir sifati 
madh qilinadi:
78


Olmos uchi qayralgan-chun keskir derlar,
Olmos uchi qayralgan-chun keskir derlar.
Olmosdan ham keskir mening donishmandim, aslzodam, nurim, 
Olmosdan ham keskir mening donishmandim, bilimdonim, pahla- 
vonim.
Parallelizmdan maqsad - tangrining qudratini har tomonlama 
ko‘rsatish va aniqroq, keng qamrovli qilib Moniy jamoasi a’zolari, qo­
laversa, keng omma o‘rtasida namoyon qilishdir. Tabiatning eng no- 
yob hodisalaridan olmos bilan Tangrining qudrati o‘rtasida tenglik bor. 
Qadimda buyumlaming nomi o‘z sifatlaridan ajralmaganini, nom va 
sifat yaxlit tasavvur qilinganini e’tiborga olsak, olmos bilan tangrini 
uyg‘unlashtirish tasodif emasligini ko‘ramiz. Quyidagi misralarda ham 
Tangrining shu xususiyatlari madh qilinadi:
Olmosdan ham keskir mening bilimdonim, 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish