O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Xuastuanift” haqida. 
“Xuastuanift”ning qadimgi turkiyda uch­
ta nusxasi bor. London va Berlin nusxasi - moniy yozuvida, Sankt- 
Peterburg nusxasi - eski uyg‘ur yozuvida bitilgan. To‘lig‘i - London 
nusxasi, noto‘lig‘i - Berlin nusxasidir. Asar yaratilgan davr to‘g‘risida 
V.V.Radlov filer bildirib, milodiy V asr deb aytgan edi, S.ye.Malov esa 
VII asr deb qaraydi. Moniylik oqimining mavqei hamda til xususiyatla- 
riga asoslanib xulosa chiqariladigan bo‘lsa, V.V.Radlovning fikri haqi- 
qatga yaqin bo‘lib chiqadi. Sankt-Peterburglik L. Dmitrieva har uchala 
nusxa asosida 1963-yilda “Xuastuanift”ning yig'ma matnini yaratdi.
“Xuastuanift”ning 
tuzilishi.“Xuastuanift” 
Moniy 
jamoasi 
a’zolarining madhiyasi sifatida yangragan. Ayni paytda bu asar jamo- 
at a’zolarining nizomi hamdir. Bu asaming diqqatga sazovor tomoni 
shundaki, asar moniylik oqimini targ‘ib qilishdangina iborat emas, bal­
ki bu oqimning kelib chiqishi, tub mohiyati, moniylik qonunlarini tah­
lil qilish va keng ommaga yetkazishdan iborat bo'lgan. Moniylik paydo 
bo'lmasdan oldin, moniy jamoasiga mansub bo'lgandan keyin gunohla- 
rini anglagan insonning tavba-tazarrulari bu oqimning manzarasini to'liq 
namoyon qiladi. Asaming L.Dmitrieva tiklagan to‘liq varianti o ‘n besh 
bo'limdan iborat.
Birinchi bo‘lim - Xo'rmuzdning yovuzlik olamiga qarshi otlanga- 
ni, nur bilan zulmatning qo'shiluvi yomon oqibatlarga olib kelgani va 
insoniyat Xudoni unutib, og‘ir gunoh ichida qolganlari bayonidan ibo­
rat. “Kimdir birovni tiriltirsa. Xudoni tiriltirgan bo'ladi, kimdir birovni 
o'ldirsa, xudoni o'ldirgan bo'ladi” degan aqidani insoniyat bilmagani ana 
shu eng og‘ir gunohlardan bittasidir. Mazkur bo‘lim oxirida Raymast de­
gan shoh barcha Moniy jamoasi a’zolari nomidan tavba qiladi. Bu boiim
moniylik tarixini umumlashtirgan, shu bois qolgan bo'limlaming deboc- 
hasi deb aytish mumkin.
Ikkinchi bo‘lim - Kun va Oy xudolarining faoliyati - nur sochish, 
ikkalasi ikkita Nur saroyi ichida o'tiradilar, boshqa xudolar ulaming sa- 
roylari ichida, ammo odamlar Kun va Oy xudolarini ilgari tanimaganla- 
ri, ularga ishonmaganlari, ularga uyatli, yomon so'zlar aytganlari uchun
68


tavba-tazarru qiladilar, chinakam xudolar ekanini e’tirof etishga da’vat 
qilinadilar.
Uchinchi bo‘lim - Xo‘rmuzning yordamchi xudolari - yengil sha- 
bada xudosi, shamol xudosi, nur xudosi, suv xudosi, olov xudosi hamda 
bu xudolaming faoliyati, mazkur beshta xudoga tobe bo‘lgan moddiy va 
fuhiy olam, bu beshta xudoni tanimaslik og‘ir gunoh ekani to‘g‘risida 
t o ‘z
yuritiladi.
To‘rtinchi bo‘lim - Buddaning timsoli - burxonlarga, xabarchi- 
kkt - ruhlarga, lashkarlar - Xo‘rmuzdning beshta yordamchi xudolari 
to‘g‘risida so‘z ketadi. Bu bo‘limda turli diniy tizimdan kirib kelgan xu- 
4olar va ruhlaming moniylikda yaxlit holga keltirilgani ko'rinadi. Bu 
bobda tilga olingan yaxshi xulqli pok ruhoniylar, qaysi tiniy tizimdan 
kirib kelganidan qat’iy nazar, Xudoning elchilaridir. Ammo ular orqa- 
li Xudo muqaddas bitiklami yuborganda, insoniyat qarshilik ko‘rsatdi, 
muqaddas bitiklami tan olmadi. Shu bois ular gunohkorlardir.
Beshinchi bo‘lim - insoniyat ikki oyoqli odamlarga, to‘rt oyoq- 
li jonivorlarga, qanotli jonzotlarga, suvda suzuvchi jonivorlarga, yerda 
bag‘ri bilan sudralib yuruvchi jonzotlarga qarshi gunoh qilgan: ulami 
haqoratlagan, urgan, qo‘rqitgan, hurkitgan, azob bergan, oMdirgan. Endi 
0‘sha qilgan gunohlari uchun tavba qiladi.
Oltinchi bo‘lim - inson doim gunoh bilan yurgan, fikrlari, so'zlari 
bilan gunoh qilgan, qasam ichgan, gunohkor odamlarga guvohlik ber­
gan, begunohlami ta’qib qilgan, insonlarga ruhan azob bergan, inson- 
lami, jonzotlami urgan, o‘ldirgan, aldagan, yo‘ldan ozdirgan. Kun, Oy 
Xudolari ga ma’qul kelmagan ishlami ko‘p qilgan. 0 ‘n turli gunohdan 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish