O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a. T. G’ofurov, S. S. Fayzullayev u. E. Raxmatov g enetika dan m a sa la va


§. Jinsiy ko’payishning sitologik asoslari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/65
Sana07.07.2022
Hajmi3,81 Mb.
#752879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Genetikadan masalalar

2§. Jinsiy ko’payishning sitologik asoslari
Jinsiy hujayra - gametalar hujayraning meyoz bo’linishi natijasida hosil 
bo’ladi. Meyoz bo’linish mitoz bo’linishdan quyidagilar bilan farq qiladi:
1.Mitoz bo’linish bir marta, meyoz bo’linish ikki marta bo’linishdan iborat. 
Uning birinchi bo’linishi 
reduksion,
ikkinchisi 
ekvatsioit b o ’linish
deyiladi.
2.Mitoz bo’linish tufayli bitta ona hujayradan ikkita qiz hujayra rivojlanadi. 
Meyoz bo’linishda bitta ona hujayradan to’rtta gameta - hujayra vujudga keladi.
3.Mitoz bo’linishda ona va qiz hujayralarda xromosomalar diploid to’plamda 
bo’ladi. Meyoz bo’linishda esa ulaming soni ikki marta kamayadi, ya’ni 
xromosomalar to’plami diploid bo’lgan ona hujayradan 
gaploid to ’plam li
hujayralar -
gametalar
hosil bo’ladi.
4.Meyozning I profazasi mitoz profazasiga nisbatan uzoq muddatli bo’lib, u 
leptonema, zigonema, paxinema, diplonem a, diakinez bosqichlarídan iborat.
5.Mitozning profazasi da ota-onadan o ’tgan xromosomajuft-juft holatda bo’ladi. 
Reduksion bo’linishning profazasida ota-onaning gomologik xromosomalari 
o ’zaro 
konyugatsiyalanadi 
va 
xromosomalar tetradasini 
hosil 
qiladi. 
Xromosomalar konyugatsiyasi tufayli genlar bir xromosomadan ikkinchi 
gomologik xromosomaga o ’tishi mumkin. Bu hodisa 
krossingover
nomini 
oigan. Krossingover natijasida xromosomadagi genlaming joylanish tartibi 
o ’zgarib, u o’z navbatida genotipik o’zgarishga sababchi bo’ladi va u organik
l!


olam evolyutsiyasida muhim rol o ’ynaydi.
6
.Meyozning reduksion bo’linishi anafazasida, mitoz anafazasidan farqli 
ravishda, hujayraning ikki qutbiga xromosomalar yakka-yakka holda emas
balki jufl-juft holda tarqaladi.
Jinsiy ko’payishning sitologik asoslariga doir mashqlami bajarish uchun 
o’quvchilar va talabalar darslikning meyoz bo’linishi, uning fazalari, 
bosqichlarini hamda uning mitozdan farqini, xromosomalarning diploid, gaploid 
to ’plami, gomologik xromosomalar, ulaming konyugatsiyasi, krossingover 
hodisasini bilishlari kerak.
M ustaqil bajarish uchun m ashqlar
1 .Meyozning qaysi fazasida xromosomalar hujayra markazidan o ’rin oladi?
2.Meyozning qaysi fazasida har bir xromosoma jufl-juft xromatidalardan tashkil 
topadi?
3.Gomologik xromosomalar orasida ro’y beradigan qo’sh krossingover 
sxemasini chizib, izohlab bering.
4,Odamning bo’linayotgan hujayralarida meyoz anormal borishi natijasida bir 
juft gomologik xromosoma qutblarga tarqalmay qolsa, hosil bo’lgan 
hujayralaming har birida nechtadan xromosoma bo’ladi?
5.Hujayraning mitoz va meyoz bo’linishi sxemasini albomingizga chizing. Ular 
orasidagi o ’xshashlik va farqni sxema bilan ko’rsating.
ö.Meyozning I profazasida istalgan xromosoma juftlari orasida konyugatsiya 
ro’y beradi deb aytish mumkinmi?
7.Agar meyoz bo’Iina boshlagan dastlabki hujayrada xromosomalar soni 
8
ta 
bo’lsa, reduksion bo’linishning anafazasida ikkita qutbning har biriga nechtadan 
xromosoma tarqaladi?
8
.Agar xromosomalar 14 ta yoki 28 ta bo’lsa, nechtadan bivalentlar hosil 
bo’ladi?
9.Meyoz tufayli dastlabki hujayradan bir xildagi 4 ta hujayra hosil bo’ladi, deb 
aytish mumkinmi? Nima sababdan shunday bo’lishini tushuntiring.
1 0
.Reduksion bo’linish profazasining barcha bosqichlarini sanab chiqing.
1 1
.Meyozning qaysi fazasida gomologik xromosomalarning ayrim qismlari 
almashinadi?
12.Meyozda gomologik 
xromosomalarning 
konyugatsiyasi 
qanday 
rol 
o’ynaydi?
13.Meyozning genetik ahamiyati nimadan iborat?
14.Xromosomaning gaploid va diploid to ’plami nima?
15.Xromosomaning gaploid va diploid to ’plami qaysi hujayralarda uchraydi? 
Ular mitoz yo’li bilan hosil bo’ladimi, yoki meyoz yo’li bilanmi?
16.Xiazma qachon boshlanadi va qachon tugallanadi?
17.Xromosoma bivalentlari qachon bir-biridan uzoqlashadi?
18.Meyozning qaysi fazasida ota-ona xromosomalar hujrayra qutblariga 
mustaqil ravishda tarqaladi?
12



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish