16
1.
O‘ZBEKISTONDAGI VA HORIJIY DAVLATLARDAGI METALLAR
RESIKLINGINING ZAMONAVIY AHVOLI
1.1. O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda metal chiqindilarini qayta
ishlasining rivojlanishi
Hozirgi dunyoda hech qaysi mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi
ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Bu mamlakatlar jahon xo‘jalik
aloqalarining muayyan jo‘g‘rofiy va siyosiy tizimlari tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston o‘z er osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi - bu erda
mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topiladi.
Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’danlar
namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom
ashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i
ishlab chiqarishga jalb
etilgan. 900 dan ortiq konlar qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan
zahiralari 970 milliard AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganligini ham
aytib o‘tish kerak.
O‘zbekiston respublikasi hududidagi mineral xom ashyoga bo‘lgan
talablarni
hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun er qa’ridan oqilona, kompleks
foydalanilishini, er qa’ri, atrof muhit muhofaza qilinishini, er qa’ridan
foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishini ta’minlash,
shuningdek er
qa’ridan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilish, shaxs, jamiyat va
davlatning manfaatlarini himoya qilish 1994 yilning 23 sentyabrida qabul qilingan
«Er osti boyliklari to‘g‘risida» gi qonun bilan tartibga solinadi. Mazkur Qonunning
yangi tahriri 2002 yilning 13 dekabrida O‘zbekiston respublikasi 444-II-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan. Mazkur Qonunga 2007 yilning 18
dekabrida
O‘zbekiston respublikasi O‘RQ-133-son Qonuniga muvofiq o‘zgartirishlar
kiritilgan.
Qidirib topilgan foydali qazilmalarning hozirgi darajasi va u bilan bog‘liq
holda, qimmatbaho, rangli va nodir metallarning g‘oyat boy konlarini o‘zlashtirish
respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradi. Har yili respublika
konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda
17
va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo‘shilmoqda. SHu bilan
birgalikda xalq xo‘jaligining turli sohalarida,
har qanday tashkilotlarda, ishlab
chiqarish korxonalarida qora va rangli metallarni ishlab chiqarilishi, iste’mol
qilinishi
natijasida qirindi, qirqim, skrap, kuyindi va boshqa ko‘rinishlarda
metallarni temir-tersaklari, chiqindilari hosil bo‘ladi.
Metallar mashina, uskuna, moslama, asbob va boshqa shakllarida fizik va
ma’naviy eskirish natijasida o‘z ishlash muddatini tugatadi va amartizatsion temir-
tersak, chiqindilarga (eski mashinalarga, eskirgan asbob-uskunalarga, yaroqsiz uy
jihozlariga, predmetlarga) aylanadi. Metall parchalari
va chiqindilari va temir-
tersaklarini qayta eritish va qayta ishlab metall olish jarayonlari majmuasi metal
chiqindilarini qayta ishlash deyiladi.
a) b)
Do'stlaringiz bilan baham: