O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov, M. S. Saidova


 Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni elektrokimyoviy eritish



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/118
Sana31.05.2022
Hajmi12,47 Mb.
#621800
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118
Bog'liq
Metallarresiklingidarslik

 
6.2.4. Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni elektrokimyoviy eritish 
Bunday eritishda eritish va mis poroshogi olish jarayonlarini bir apparatda-
elektrolitik vanna, elektrolizerlarda olib boriladi. Moslama quyidagi qismlardan 
tuzilgan: korpus, anod korzina, qopqoq, katodlar, anod kontakt, anod shina, katod 
shina, izolyator. Izolyator - elektr toki va issiqlikni o‘tkazmaydigan modda va 
materiallardan tayyorlangan uskuna. 
Po‘lat-mis bimetall chiqindilarini ammiak eritmasida qayta ishlash 
texnologiyasi ustida hozirgi kunda juda katta izlanishlar olib borilmoqdi va buning 
samarasida ushbu texnologiya takomillashdi. Bu jarayon silindrik elektrolizerda 
olib boriladi (6.13-rasm). 


180 
6.13-rasm. Bimetall chiqindilarni qayta ishlash uchun tajriba elektrolizeri: 
1-
korpus; 2-anod savat; 3-qopqoq; 4-katodlar; 5-anod kontakt; 6-anod shina (maxsus 
elektr o‘tkazgich); 7-katod shina; 8-izolyatorlar. 
Po‘lat listlardan tayyorlangan va viniplast bilan qoplangan elektrolizer 
qoplamasi izolyatorlarga o‘rnatilgan. Chiviq shaklidagi zanglamaydigan po‘latdan 


181 
tayyorlangan anod savat quyidagi o‘lchamlarga ega: 
- elektrolit yuklanadigan qismning balandligi, mm - 880; 
- ichki diametr, mm - 1100; 
- savat hajmi, kg - 300-350. 
Savat anod shina (maxsus elektr o‘tkazgich) lardan oziqlanadigan uchta 
kontaktga ega. Elektrolizer korpusi va anod savat o‘rtasida 28 ta zanglamaydigan 
po‘latdan tayyorlangan katod plastinalar joylashgan. Katod o‘lchamlari 
quyidagicha: 
- eni, mm - 100; 
- uzunligi, mm - 1100; 
- qalinligi, mm - 2. 
- katodlarnig umumiy yuzasi, m
2
- 3,08; 
- ishchi yuzasi, m
2
- 2,46.
Katod shina (maxsus elektr o‘tkazgich) lar bilan plastinalar tekis mis 
kontaktlari bilan biriktirilgan. Elektrolit yuqoridan elektrolizerning pastki silindrik 
qismidan chiqarib yuboriladi. 
Bimetall chiqindilari anod savatga yuklangandan so‘ng ishqoriy eritma bilan 
turli xil moylardan tozalanadi va suv bilan yuviladi. So‘ngra savat elektrolizerga 
joylashtirilib, 25-35
0
С haroratda va 570-810 A/m
2
tok zichligida elektrolit 
eritmada elektroliz qilinadi. Elektrolit eritma ammiakdan, ammoniy sulfatdan va 
mis kuporosidan tayyorlanadi. Elektroliz natijasida mis kukuni hosil bo‘ladi va 
apparatning silindrik qismiga cho‘kadi. Hosil bo‘lgan mis kukuni pulpa (bo‘tana) 
shaklida vaqti-vaqti bilan elektrolizerdan chiqariladi, bo‘tana sentrifugalanishi 
natijasida suyuq va qattiq fazalarga ajratiladi. 
Izlanishlar natijasida, po‘lat-mis bimetall chiqindilarini gidrometalurgik qayta 
ishlashning quyidagi optimal parametrlari aniqlanadi: 
1)
elektolitdagi misning miqdori, g/l - 10-15; 
2)
tokning katod zichligi, A/m

- 600-700; 
3)
elektrolizning davomiyligi, soat - 6-8. 
Ushbu parametrlar jarayonning tok bo‘yicha chiqishini 75-77 % bo‘lishini 


182 
ta’minlaydi. Shu bilan birga elektr-energiyaning sarfi 4900-5500 kVt

soat/t ni 
tashkil qilib, kukun va chiqindilardan misni erish darajasi - 98,5-99,5 foiz bo‘ladi. 
Mazkur yaratilgan texnologiyada po‘lat-latun bimetall chiqindilarini ham qayta 
ishlash mumkin. Bunda tok zichligi 350 A/m
2
va elektrolitda mis va ruh 
konsentratsiyasi 1:1, 1:1,5 va 1:2 nisbatda bo‘lishi kerak. Bunda kukundagi ruh 
miqdori 0,4; 2,63 va 3,27 foizni (mis va ruhni nisbatiga bog‘liq holda) tashkil 
qiladi. Tok zichligini ortishi bilan, kukundagi ruh miqdori tezda ko‘payadi (10-20 
foizgacha). 
Bimetall chiqindilarni gidrometallurgik qayta ishlash mis va ruhni ajralish 
darajasini yuqoriligini ta’minlaydi. 
Bir qancha horij korxonalarida bimetall chiqindi ammiakli eritmalarda tanlab 
eritilmoqda va misni ekstragentlar va gaz holatidagi vodorod yordamida selektiv 
ajratib olinmoqda. Birinchi usulda reekstraksiyalashdan so‘ng eritma elektroliz 
qilinadi va yuqori tozalikdagi katod mis olinadi. Ikkinchi usulda mis kukuni 
olinadi. 
Tarkibida 20 foiz atrofida mis bo‘lgan elektrodvigatel chiqindilarini qayta 
ishlash texnologiyasi, bimetall chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasida unchalik 
ko‘p farq qilmaydi. Elektrodvigatel chiqindilari tarkibida organik laklarni va 
izolyasion materiallarni borligi, ularni gidrometallurgik qayta ishlashdan oldin 
oksidlantirmaydigan qizdirish (500-600
0
C) ni talab qiladi.
Bimetallardan mis kukunini ishlab chiqarishni texnologik sxemasi 6.14- 
rasmda keltirilgan. 


183 

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish