II BOB. TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1. Ta’lim samaradorligini oshirishda kо‘rgazmalilikning roli
Insaon tomonidan borliqni bilishning turli yo`llari, vaqtlari mavjud bo`lishiga qaramasdan, bu o`rinda ko`rgazmalilik, yaqqol alohida ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, tevarak-atrofni, umuman olganda borliqni bilish insonlar to`g`risida muayyan ma`lumotlarni egallash va tasavvurlarni hosil qilish dastavval yaqqol ko`zga tashlanadigan, tashqi ko`rinishi bilan o`ziga tortuvchi, jozibador, maftunkor ko`rgazmali hissiy yo`l bilan o`ziga tortuvchi obrazlarni idrok qilish ulardagi yangiliklarni yangi ko`rinishi, alomati, rang-barangligi singari unsurlarga ahamiyat berishda namoyon bo`ladi. Tuzilishi jihatdan murakkab, mazmun va mohiyatan mavhum bilimlarni ilmiy tushunchalar va atamalar ma`nosini yengilroq tushunish maqsadida odamlar ularni o`zlashtirish uchun yaqollashtirish uslubini tadbiq etishga odatlanganlar. Ushbu ijtimoiy voqelik (realiya) hodisa bir tomondan ularni tasavvur qilish yoki anglashni tezlashtiradi, ikkinchi tomondan esa aqliy zo`r berishlikni shaxsiy faollik darajasini susaytiradi.
Hozirgi davr pedagogika fani ma‘lum bir yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Buning albatta, ob‘ektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo‘lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo‘lgan. Demak ta’lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Zamonaviy pedagogika bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda.
Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘li, milliy g‘oya va mafkura aniq qilib belgilab olindi. ta’limi-tarbiya sohasida aniq maqsad va vazifalar, uni amalga oshirish dasturlari ishlab chiqildi. Davlatimiz Prezidenti I.Karimov barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida bir qator asarlarida bu masala davlat siyosatida ustivor masala ekanligini bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlar, ma‘naviy qadriyatlarlar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ushbu maqsad ko‘rsatilgan.Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham yetuk, yuksak malakali, ma‘naviyatli, ma‘rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta’lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‘quvchilarni turli kasb -hunar kollejlari, akademik litseylarda tahsil olishlarini ta‘minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv muassasalari uchun davlat ta’lim standartiga muvofiq keluvchi o‘quv dasturlari va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog‘i lozim.
O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an‘anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta’lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan. Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta’limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik horijiy davlatlarda bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Bugungi kunda pedagogika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirish, ularni o‘z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqish zarur muammoga aylandi. Bu muammoni hal etish hozirgi kungacha shakllanib kelgan ta’lim-tarbiya sohasidagi nazariy va amaliy tajribalarni o‘rganishni taqozo etadi.
Pedagogik texnologiya ta‘lim sohasidagi mexanizmlari quyidagilardir:
-ta‘lim muassasalarida ijodiy muhit yaratish, ilmiy pedagogik xodimlar orasida tashabbuskorlik va yangilikka bo‘lgan qiziqishni orttirish;
-ta‘lim sohasidagi ijodkorlikni ,yangiliklarni qabul qilish va keng yoyish uchun ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
-izlanuvchanlik faoliyatini rag‘batlantirish, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishga solish;
-nisbatan istiqbolli yangiliklarni, samarali loyihalarni amalda harakatdagi ta‘lim tizimiga joriy etish, to‘plangan yangilik va tajribalarni doimiy haraktadagi umumta‘lim tizimi rejimiga singdirish. 5
Shu bois mamlakatimizda ta‘lim tizimini takomillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanmoqda.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturida” uzluksiz ta‘lim tizimini isloh etish asosida, jamiyatning rivojlanishi talablarini hisobga olgan holda, yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga katta e‘tibor berilgan. Bu vazifalarni hal qilish uchun esa birinchi navbatda o‘quv jarayonini tubdan isloh qilish, unga jahonning rivojlangan davlatlarida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izchillik bilan tadbiq etish zarur.
Jamiyatning har bir faol fuqarosi XX1 asr bo‘sag‘asida turar ekan, o‘tgan yillarni baholashga va kelajak hayotini turli qirralarini belgilab olishga urinishlari tabiiydir. Ta‘lim sohasida ham bunday ishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlariga, balki madaniy sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqazo etmoqda.Shu boisdan bugugi kunning dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya hisoblanadi.
Ta‘lim - insonlar faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun ta‘lim tizimida inson faoliyati bilan bog‘liq ko‘pgina muammolarni hal etish zarur.
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnik jarayonning o‘zgarishi bilan bog‘liq holda ta‘lim nazariyasini yaratish, ya‘ni fanni jamiyatning faol, samarali ishlab chiqarish kuchiga aylantirish orqali amalga oshirish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning ta‘limdagi amaliylik hamda tashkiliy-uslubiy imkoniyatlarini amalga oshirishga yo‘naltirilganligi, uning aniq vositalar yordamida hayotga tadbiq etilishi butun jahon pedagoglarining unga e‘tiborini kuchaytirmoqda. Bu yo‘nalishga turlicha qarashlar mavjud, ba‘zi pedagoglar pedagogik texnologiyada ta‘limni tabaqalashtirish vositasini ko‘rmoqdalar, boshqalari undan kam mehnat sarflab yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari, pedagogik texnologiyada barcha ta‘lim oluvchilarni oldindan belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasiga etkazish mumkinligi qiziqtirmoqda.Ba‘zi pedagoglar ta‘limni “texnologiya” lashtirish yordamida ommaviy ta‘lim amaliyotida tub burilish yasashga umid bog‘lagan edilar.
Ta‘limni “texnologik” yo‘nalishda ko‘rishning umumiy mezoni uning aniq va batafsil belgilangan maqsadga yo‘naltirilganligidadir. Bu holada har bir maqsadni amalga oshirish uchun alohida qonuniyat, jarayon, ketma-ketlik va unga mos amallar majmui mavjud bo‘lishi asos sifatida olinadi.“Pedagogik texnologiya” ning vositaviy yo‘naltirilganligi unng turli uslublar asosida turli ta‘lim tizimlarini ko‘rishdagi keng imkoniyatlarini belgilab beradi.Bunda ta‘limning tashkiliy jihatlari olinadi.Faqatgina “pedagogik texnologiya” doirasida aniqlab olinadigan maqsadlar-ning empirik (amaliy) tahlili beriladi.
O‘quv jarayonining har qanday qismi uning loyihalanishiga texnologik jihatdan yondashilganda quyidagi asosiy bosqichlarga ega bo‘ladi:
-ta‘lim bosqichining umumiy maqsadini belgilab olish:
-umumiy maqsadni shakllantirishdan uni ixtisoslashtirishga o‘tish;
-o‘quvchilarning bilim darajasini tashxis qilish;
Bosqichlar ketma-ketligi tavsifi o‘qituvchi harakatlarining davriy takrorlanuvchi ketma-ketligi bo‘lib, u ko‘p marotaba mos ravishda maqsadlar, aniq nazorat usullari va ta‘lim jaaryoni turlari bilan takrorlanib, ta‘lim jarayonini nihoyasiga yetkazadi.
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadigan uning metodikasiga qo‘yiladigan talablar, printsiplar mavjud.Ayrim tadqiqotchilar, “pedagogik texnologiyaning tamoyillari: kafolatlangan yakuniy natija, ta‘limning mahsuldorligi, teskari aloqaning mavjudligi,ta‘lim maqsadining aniq shakllanganligi” kabilar deb talqin qilinadi. Pedagogik texnologiyaning printsiplari:
-pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogik tizimning optimalligi, maqbulligi;
-ta‘lim-tarbiya natijasining kafolatligi;
-pedagogik jarayonning bir butunligi va tarkibiy qismlarning o‘zaro bog‘liqligi;
-o‘qituvchi va o‘quvchi faolligining uyg‘unligi, tarbiyalanuvchi faoliyatini tashkil qilish;
-inson va texnika resurslari, optimal vositalarni qo‘llash;
-pedagogik jarayonni modellashtirish kabilar.
Ta`limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta`limning mazmuni deganda, o`quvchilarni o`qish jarayonida egallab olishi lozim bo`lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko`nikmalarni aniq doirasi tushuniladi.
Ta`limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
ijtimoiy ishlab chiqarishni eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzimni xususiyatlari.
davlatning xalq ta`limi va muayyan turdagi o`quv yurt oldiga qo`yadigan maqsad hamda vazifalari;
o`qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o`quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlar va boshqalar) etiborga oluvchi didaktik talablar.
O`quv rejasi – davlat hujjatidir. Oquv rejasi – barcha umumta’lim maktablarida so`zsiz amal qilinishi lozim bo`lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo`yicha o`rganilishi kerak bo`lgan o`quv fanlari va o`sha fanlar uchun ajratilgan o`quv soatlari ko`rsatilgan bo`ladi.
Maktabning yagona o`quv rejasi xalq ta`limi tomonidan tasdiqlanadi.
O`quv rejasi deb, o`qitiladigan fanlar, o`qitish uchun ajratilgan soatlari ko`rsatilgan bo`ladi.
O`quv rejasi tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi.
Oquv rejasi o`quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad - ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarni hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
Maktablarning birligi o`z qoidalariga asoslanadi. (ya’ni: boshlang`ich maktab –1-4 sinflar, to`liqsiz maktab-5-9 sinflar, umumiy ta`lim maktabining 10-11 sinflarining o`zaro bog`liqligi).
To`liqsiz va o`rta maktablarda o`quvchilarga bir butun tugal bilim beriladi.
O`quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmi qaysi sinfda o`qitilishi, ajratilgan soati, bollarning yosh va bilim saviyasiga qarab beriladi. Fanning hajmi, og`ir-yengilligi, didaktik-ahamiyati ham e’tiborga olinadi. O`quv rejasiga kiritilgan fanlar, birinchi navbatda, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Unda ta`limning ilmiyligi g`oyaviylik hamda O`zbekistonning kelajagiga munosib barkamol insonning tarbiyalab, voyaga yetkazish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham unda tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish asoslari, san’at va jismoniy tarbiya, sog`lom avlodning ma’naviy qiyofasi asosiy o`rinni egallaydi.
O`quv rejasida tabiiy fanlar- tabiiy jo’g`rofiya, biologiya, fizika, astronomiya, ximiya, matemateka va infarmatika markaziy o`rinni egallaydi.
Ijtimoiy fanlar - tarix, til haqidagi ilmiy bilimlar - ona tili, ingliz tili, rus tili va boshqa chet el tillari, badiiy va san’at asoslari- adabiyot, tasviriy san’at, musiqa va ashula; jismoniy tarbiya asoslari bilan bir qatorda hamma sinflarda mehnat ta`limini o`qitish uchun soatlar ajratiladi.
Bulardan tashqari, o`quv rejasida ayrim tabiiy fanlar, ayniqsa, matematika, infarmatika, fizika fanlari, ayrim gumanitar fanlar bo`yicha ham o`quvchilarni qiziqishi, xohishlarini qoniqtirish, qobilyatlarini rivojlantirish maqsadida o`tkaziladigan fakultatuv mashg`ulotlar ko`rsatilgan bo’1adi.
Har bir o`quv fani uchun o’quv dasuri tuziladi. O`quv dasuri o`quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O`quv dasturi har bir oquv fanini o`qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g`oyaviy-siyosiy yo`nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir.
O`quv dasturida o`quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo`yicha o`quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi fanlarning mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko`rsatiladi.
Ma’lum mavzu yuzasidan o`quvchi o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi.
O`quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi.
Dasturning qat’iyligi. O`quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotning har bir bosqichda fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajani aks ettirishi lozim. Bu ular har yili ko`rib chiqilishi kerak, degan gap emas, aksincha, hamma o`quv fanlariga oid dasturlarning bir nech yillar mobayninda qat’iy bo`lishiga erishmoq darkor. Dasturining qat’iyligi qat’iy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga egaki, bu darsliklar uzoq yashashi va o`quv jarayonida uzoq foydalanishi kerak.
O`quv dasturida ilmiylik qoidasi. Dasturga borliqni aniq, haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiyallar kiritiladi.
Ilmiy bilimlarning tobora rivojlanib borishi va uni ishlab chiqarishda tadbiq etilishiga doir ma’lumotlar maktab o`quv fanlariga ham o`zgarishlar kiritishiga olib kelganidek, o`quv dasturidagi ayrim eskirgan massalalar o`quv fanlaridan chiqarib tashlanadi.
O`quv materiallari mazmunini to`g`ri tanlash, fan materiyallarini tanlashda unda isbotlar, misollar mantiqiy umumlashma va xulosalarning to`g`ri uyg`unlashuviga alohida e’tibor beriladi. Aniq misollar bo`lmasa o`rganilayotgan hodisalarni nazariy jihatdan tushunish mumkin emas.
Nazariyaning amaliyot bilan birlik qoidasi. O`quv dasturida nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi, birinchi navbatda, eng avvalo, ilmiy bilimlarni turmushda, ishlab chiqarish amaliyotida tutgan o`rni ko`rsatib beriladi. Ilmiy bilim ko`nikma va malakalarning o`zaro mustahkam bog`liq bo`lishi hamda ta’lim jarayonidagi nazariy ma’lumotlarni amalda qo`llab borish jarayonida o`z aksini topadi.
O`quv dasturlarida tarixiylik qoidasi. O`quv dasturlari tarixiylik qoidasiga asoslangan holda tuziladi. Bunda o`quv fanlarining nazarda tutiladi. Masalan, tarix fanini o`qitishda tarixiy voqealar izchillik va xronologik tarzda bayon etilsa, matematika, infarmatika, fizika va boshqa qator fanlarni o`qitishda fan olamidagi ma’lum bir ilmiy hodisa, qoida va qonunlarni paydo bo`lishi, uning kelajak istiqboliga oid ma’lumotlar berib o`tiladi.
Dastur ikki usul bilan: ketma-ket (muntazam) va konsertik (markazlashgan) tarzda joylashtirilishi mumkin.
Maktab va hunar-texnika bilim yurtlari dasturning tuzilishi uch bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`limda mazkur dasturga amal qilish yuzasidan yo`l-yo`riqlar – qisqacha o`qittirish xati; ikkinchi bo`limda – o`quv materiallarining mazmuni; uchinchi bo`limda esa o`quvchilarning qo`shimcha ravishda o`rganishlari lozim bo`lgan adabiyotlar ro`yxati beriladi.
VI.Ta’limning mazmuni darsliklarda konkretlashtiriladi. Darslik ma’lum predmet buyicha dasturda ko‘zda to‘tilgan o‘quv materialini o‘z ichiga olgan, ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga imkon beradigan vositadir. Darsliklar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlarida bosh manba, o‘qituvchining o‘quv jarayoniga raxbarlik qilishining muhim qo‘llanmasi, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, bilimga qiziqishni rivojlantirishi, mustaqil ishlash malakasi, xotira, tafakkur, nutk va til estetik tarbiya kabilarning muhim vositasi hisoblanadi.
O’zekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan maktab iste’dodli olimlar tomonidan yozilgan, muqobil darsliklarga ega bulmokda. Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi darsliklarning mazmuniga, so‘zsiz ta’sir etadi, darsliklar tuldiriladi, kaytadan ishlanadi, yangidan yaratiladi. Lekin darsliklarning stabillik printsipi saqlanib koladi. Darsliklarga qo‘yiladigan pedagogik talablar quyidagilardan iborat:
1.Material bayonining qat’iy ilmiyligi va hozirgi zamon fan va texnika rivojiga mosligi.
2.Yuksak g‘oyaviylik va o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash vazifalariga bo‘ysunishi.
3.Darslik mazmunining hayot bilan bog‘liqligi har bir nazariy masalalar yetarlicha asosli misollar, ko‘rsatmalar bilan bo‘lishi va ularning hayotiy ahamiyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
4.O‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlarini hisobga olib, materialni izchil va tizimli joylashtirilishi.
5.O‘quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga muvofiq ko‘rsatma va ma’lumotlarning mavjudligi, darslik mazmuniga kuzatish va mashq uchun topshiriqlar, o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, takrorlash uchun savollar bo‘lishi.
6.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun bayonning oddiy, badiiy va obrazli bulishi.
7.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun chizma, diagramma, rasm va illustratsiyalarning mavjudligi.
8.Darsning tashkiliy ko‘riniishi yaxshi bo‘lishi.
Boshlang‘ich ta’lim sharoitida darsliklar tuzishda o‘ziga xosliklar va qiyinchiliklar bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning, ayniqsa 1-sinf o‘quvchilarining darsliklarida boshlang‘ich ilmiy bilimlar beriladi, ular Bolaning hayotiy tajribasi bilan, unga odat bo‘lib qolgan fikr yuritish mantiqi bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Shuning uchun darslikda tushuntirishlar, misollar, topshiriqlar, mashqlar, rasm va suratlar ko‘p bo‘ladi, unga mumkin bo‘lgan o‘yin vaziyatlari, topshiriqlar kiritiladi. O‘quvchining nazariy bog‘liqliklarni topishi va o‘zlashtirishi mashqlarning harakteri va sismavzusiga bog‘liqdir. Bir fanning o‘zi turli sismavzuda muxokama, dalil, isbot va mashqlar yordamida bayon qilinishi mumkin.
Hozirgi maktablarda yangi pedagogik texnologiya asosida yaratilgan darsliklardan ham keng foydalanilmokda. Bu darsliklarning asosiy xususiyati shundaki, har bir informatsion materialdan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar beriladiki, bo‘lar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikmalarini mustaqil egallashlariga yordam beradi. O‘quv darsliklariga yordamchi o‘quv qo‘llanmalari chiqariladi. Bo‘lar: xrestomatiya, mashq va masalalar tuplami, lugat, spravochnik, o‘qish kitobi, geografik va tarixiy kartalar va boshqalar. Bo‘lar darslik materiallarini kengaytiradi, o‘zlashtirishni yengillashtiradi.O‘quv qo‘llanmalariga ham darsliklarga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi. Bunday o‘quv qo‘llanmalari o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini hosil qilishda muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |