О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 244,5 Kb.
bet10/17
Sana03.01.2022
Hajmi244,5 Kb.
#313339
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
kurs ishi talim samaradorligini oshirishning psixologik xususiyatlari

Ta'limiy suhbat. Ekskursiya, amaliy ish va yangi materialni tushuntirgandan keyin ularni mustahkamlashda, takrorlashda, shuningdek, ekskursiya va yangi materialni tushuntirish davomida o’qituvchi o’quvchilar bilan suhbatlashadi. Suhbatni o’quvchilar shaxsiy tajribalari va kuzatishlari, mavjud bilimlari asosida o’qituvchining savolini tushunadigan va unga javob qaytara oladigan bo’lganlaridan keyin o’tkazish mumkin. Agar ana shunday sharoit (bilimlar, tajriba va kuzatishlar) bo’lmasa, o’quvchilar hech qanday tasavvurga ega bo’lmagan narsalar, hodisalar to’g’risida suhbat o’tkazishning mutlaqo foydasi yo’q.

Har qanday suhbatning asosini didaktik masala tashkil etadi. Ana shu masala suhbatning vazifasini va xarakterini, hatto uning turini ham belgilaydi. Shunga ko’ra, ta'limiy va evristik-ta'limiy suhbatlar bo’ladi. Ta'limiy suhbat o’rganiladigan materialni yanada mustahkamlash, chuqurlashtirish va takrorlash maqsadlariga xizmat qiladi. Yangi mavzu tushuntirilgach, garchi har bir bola faol qatnashmasa ham, ularning xotirasi va tafakkurini rivojlantirish uchun suhbat o’tkazish zarur. Unda to’g’ri fikr yuritish uchun misollarning namunalari bo’ladi. Bundan tashqari, adabiyot, jamiyatshunoslik va boshqa fanlarga doir darsliklardagi suhbatlarda o’quvchilarning o’qituvchi aytgan g’oyalariga to’g’ri kelmaydigan xususiy fikrlari yoki tushunchalari ham maqullanadi, o’qituvchi o’quvchilarning javoblarini e'tirof etishga yoki rad qilishga shoshilmaydi.

Aksincha, sinfda ular о‘z fikrlarini yoki mustaqil mulohazalarini erkin aytishlari uchun sharoit yaratishga harakat qiladi. Javoblarni baholashda esa ularning shunchaki to’g’ri yoki noto’g’riligini qayd qilish bilan cheklanmaydi, balki o’quvchilarning javoblaridan ozgina bo’lsa-da, to’g’ri fikrlarini izlaydi. Ulardan zarracha haqiqatni topsa, uni o’zi qisqa va yaqqol qilib takrorlaydi, o’quvchining mustaqil fikr yuritganini ta'kidlaydi va uni shunday qilishga da'vat etadi. Muvaffaqiyatli fikrlar, xatto ayrim ifodalar mazkur mavzuda nima haqida gap borayotganini tushunishga yo’l ochsa, ta'limiy suhbatning evristik-ta'limiy suhbatga aylanishi uchun xizmat qiladi. Noto’g’ri javoblar, agar jiddiy bo’lmasa, o’qituvchi tomonidan qayd qilinmaydi yoki yo’l-yo’lakay tuzatib ketiladi.

Noto’g’ri javoblar esa o’quvchilar tomonidan oydinlik kiritilguniga qadar muhokama qilinadi. To’liq qaytarilmagan javoblarni o’quvchilarning o’zlari to’ldiradilar. Hozircha maktablarimizda o’quvchilarning bilish ehtiyojlariga taalluqli dolzarb masalalar boyicha suhbatlardan ko’p foydalanilmayotir. Fan, texnika, san'at va ishlab chiqarishning dolzarb masalalari yoki ayrim muammolari o’quvchilarni hayajonlantirishi mumkin. Ixtisoslikka doir o’quv predmeti boyicha darslarda, xususan hozirgi paytda, o’quvchilarni qiziqtiradigan masalalar muhokama qilinadi. Ba'zan esa bunday masalalar o’quv dasturining chegarasidan ancha chiqib ketadi. Shunday suhbatda o’qituvchi o’quvchilar muhokama qilinayotgan masala boyicha uning fikriga ehtiyojmand bo’lishlariga ko’ra qatnashadi. Mazkur suhbat o’quvchilarning shaxsiy ehtiyoji va qiziqishlarini, shuningdek, ularni qiziqtiradigan muammoni aniqlash imkonini beradi. Unda o’quvchilar o’zaro erkin fikr almashadilar.

Munozara. Ta'limiy suhbat bilimlarni o’zlashtirishga zamin tayyorlab, evristik-ta'limiy suhbat ana shu bilimlarni har tomonlama qo’llashga yordam bersa, erkin suhbat bilishdagi mustaqillikni oshiradi. Shu bilan birga, bilishdagi mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan ta'lim o’quv mashg’ulotlarining har qanday turlari, shakllari va usullari o’rtasidagi bevosita izchillikni vujudga keltiradi. Munozara suhbatning yanada rivojlanishidir. U ikkita qarama-qarshi nuqtai nazarning to’g’riligini isbotlash zarurati tug’ilganida vujudga keladi. Munozara davomida o’quvchilarning fikrlashidagi xususiy cheklanish barham topadi, bilishga qiziqish ortadi va mustaqil mulohaza yuritish rivojlanadi.


Download 244,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish