Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti



Download 110,36 Kb.
bet1/9
Sana19.05.2022
Hajmi110,36 Kb.
#604506
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ref



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
2-BOSQICH 120-GURUH TALABASI
MAMATQULOV BOTIRNING
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI” FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Mamatqulov. B
Tekshirdi: Oqbo‘tayev. B


Termiz-2021
Mavzu: “Al jomi’ as-sahih”dagi hadislardan namunalar to‘plash.

Reja:


  1. Imom al-Buxoriyning hayoti va ijodi.

  2. “Al-Jomiʼ as-Sahih” asari yozilishiga nima sabab bo‘lgan?

  3. “Al jomi’ as-sahih”dagi hadislardan namunalar.


Imom al-Buxoriyning hayoti va ijodi.

Buxoriyning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug’ira ibn Bazdahbah al-Juafiy al-Buxoriydir.U Buxoroda Ismoil ismli katta olim oilasida hijriy hisobda 194-yil shavol oyining 13-kuni 810-yilda tug’ilgan, yoshligidanoq o’zining o’tkir zehnli va kuchli iqtidorini namoish qilgan. Buxoriy go’dakligidayoq otasi dunyodan o’tdi va onasini qo’lida qoldi. Maktabda dastlabki savodini chiqargancha arab tili va hadis kitoblarni o’qishga ularni yod olishga rag’bat bildirdi. O’n sakkiz yoshga kirganda u bir qator yirik ilmiy asarlar mualifi edi. Hoshid ibn Ismoil ismli bir hamdars olimning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy bir nech sheriklari bilan Barsa shaxrining yirik ulamolaridan biriga borib saboq olar ekan. Hammalari eshitgan hadis va rivoyatlarni ustozining og’zidan chiqishi bilan batartib yozib olishga shoshilar ekanlar. Imom Buxoriy esa qog’oz qalamsiz dars tinglab yuraverar ekan . Bir kuni talabalar “O’n olti kun olgan darsimizni Buxoriydan bir so’rab ko’raylikchi esida bormikin?” deyishibdi imtihon qilishibdi. Buxoriy o’n oltita darsini birorta qolmay yoddan o’qib berigandan keyin, uning xotira va qobilyatiga lol qolib, ayni chog’da, o’zlarining yozib olgan darslaridagi kamchiliklarini ham tuzatib olishibdi. Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda keng ekan. Ular Muhammad payg’ambarimizning hayoti va faoliyati bilan bog’liq hadislar talqini, o’zaro insoniy munosabatlar, halolik, poklik, adolat, insof, diyonat, hasad, xiyonat, rostgo’ylik, yolg’onchilik va boshqa insoniy fazilatlar va nuqsonlar ustida bahs yuritiladi. Muhimi, ularda yuksak insoniy fazilatlar ulug’langan, kishilarda shundy hislatlarning bo’lishi maqullanadi va targ’ib qilinadi.

Ilm olish maqsadida al-Buxoriy juda ko’plab olimlardan ta’lim oladi. Nishopurlik al-Hakimning yozishicha, ustozlarning soni 90 ta atrofida bo’lib ular: Muhammad ibn Yusuf al-G’arobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy ibn Rohaviyh nomi bilan mashhur bo’lgan Imom Is’hoq ibn Ibrohim, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madaniy va boshqalardir.
Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o’zining go’zal hulq atvori, muruvatliligi, hammatliligi va beqiyos sahovatliligi bilan boshqalardan tamomila aralib turgan. U zehni o’tkirligi va yodlash qobilyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g’oyat shuhrat qozongan. Manbaalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilganligi keltirilgan.
Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan al—Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab, amir olimdan huzuriga kelib “Al-jomi as-sahih’’, ”At-tarix’’ kitoblarini o’qib berishni talab qiladi, lekin al-Buxoriy “Men ilmni hor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo’lsa, o’zi izlasin, lekin Allox oxirat kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilgani uchun meni kechiradi”, degan javobni aytadi. Amirga javob yoqmay, fitnachi, bo’xtonkor shaxslarning gapiga kirib al-Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin al-Buxoriy Samarqandga qarab yo’l oladi va birmuncha muddat Xartang qishlog’ida o’z shogirtlari va qarindosh-urug’larinikida yashagandan keyin og’ir kasalga chalinib, hijriy 256-yil 60 yoshida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.

Al-jomi as-sahih”


Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, ”Al-jomi as-sahih”dir. Bu asar “Sahiyh al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur. Uning g’oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o’tgan muhaddislar o’z to’plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o’tirmay qatorasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli rivoyatlardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo’lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratadi.
Alloma ibn Salohning takidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo’lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat.
Bu sharafli ishni birinchi bo’lib al-Buxoriy boshlab bergan bo’lib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar to’plamini yaratgan. Imom al-Buxoriyning ushbbu yirik asari yozilganiganiga taxminan 1200 yil bo’ldi, o’sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u Islom talimotida Qur’ondan keyingi ikkinchi o’rinda turadigan manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Imom al-Buxoriyning ushbu asarining ko’plab nusxalari turli shaharlarda tarqalgan. Xatto, ba’zi hattotlar uchun o’rta asrlarda bu asar nusxalarini ko’chirish tirikchilik manbai ham bo’lgan. Jumladan, taniqli adib va tarixchi an-Nuvayriy al-Buxoriyning ushbu asaridan 8 nusxa ko’chirib, har birini 1000 dirxamdan sotgan. 1325-yilda ko’chirilgan sakkiz jilddan ibrat go’zal bir nusxasi hozir Istanbulda saqlanmoqda. ”Al-Jomi as-sahih’’ga ko’pdan ko’p sharhlar bitilgan bo’lib muhim bir manbaa sifatida u qayta-qayta nashr ham qilingan.
1974-yilda O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabussi bilan butun islom dunyosi vakillari ishtirokida allomaning 1200-yillik yubileyi nishonlangan edi. Uninng shox asarlari hisoblangan “Al-jomi as-sahih’’ va “Al-adab al-mufrad’’ kitoblari Toshkentda qaytadan nashr qilinishi al-Buxoriy merosini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Toshkentdagi diniy oliy ma’xadning Imom al-Buxoriy nomi bilan atalishi bundan o’n ikki asr muqaddam ilm-fan yo’lida beqiyos katta xizmat qilgan buyuk olimga chuqur hurmat –e’tiborning ramzidir. Allomaning Xartang qishlog’ida joylashgan salobatli maqbarasi eng obod va ko’rkam qadamjolardan biri sifatida ardoqlanib, Islom ahli va barcha mehmonlar uchun tabarruk ziyoratgoh sifatida mashhurdir.
1998-yilda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti farmoni bilan buyuk hadisshunos allomaning 1225-yillik tavallud kuni keng jamoatchilik tomonidan katta hurmat va ehtirom ila nishonlanib, uning maqbarasi qayta qurildi.

Al-Jomiʼ as-Sahih” asari yozilishiga nima sabab bo‘lgan?

Tarixda ko‘plab buyuk mutafakkir va allomalarning nodir asarlarini tasnif etilishida muayyan bir sabab bo‘lgan. Bu ularning pokiza niyati, chiroyli amali va ilm yo‘lidagi tinimsiz xizmati bilan nodir asarlar yozishga undagan. Buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hayotida ham xuddi shunday ulug‘ ustozlari tomonidan buyuk asarni yozishga targ‘ib bo‘lgan. “Sahih al-Buxoriy” asarining tasnif etilish tarixi hamda uning roviy va kotiblarining hayoti o‘rganilishi ham muhim ahamiyatga ega. Imom Buxoriyni shoh asarni tasnif etishda ilhomlantirgan voqea ham ajib ibratli tarixga ega. Ibrohim ibn Maʼqal Nasafiy: “Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan eshitdim, u kishi: “Isʼhoq ibn Rohavay huzurida edik. Shayximimz bizlarga “Sizlardan birontangiz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlarini qisqa muxtasar holda kitob qilsangiz” dedilar”. “Bu taklif mening qalbimdan joy oldi va “Jomiʼ” (“Sahih al-Buxoriy”) kitobimni jamlashni boshladim” dedilar” deb taʼkidlagani.

Ibn Hajar Asqaloniy o‘zining “Hadyi-s-Soriy” asarida ishonchli sanad bilan Muhammad ibn Sulaymon ibn Foris tomonidan aytilgan Imom Buxoriydan shunday rivoyatni keltiradi: “Men tushimda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ni ko‘rdim, u kishi go‘yo-ki, uyquda edilar. Men u kishining oldida turibman qo‘limda bir yilpig‘ich u bilan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning muborak yuzlaridan pashshalarni haydayapman. Bu tushning taʼbirini tushni taʼbir qiladiganlardan so‘radim. Ular: “Siz Rasululloh (sollalloh alayhi vasallam)ning sunnatida paydo bo‘lgan yolg‘onlarni ketgisasiz” dedilar. Bu menga “Al-Jomiʼ as-Sahih”ni tasnif etishimga sabab bo‘ldi” dedilarii. Buyuk asar “Sahih al-Buxoriy”ni tasnif etilishiga bo‘lgan bu ikki sabab ham shubhasiz, Imom Buxoriyning o‘zi tomonidan rivoyat qilingan. Bu uning ustozi marvlik buyuk muhaddis, musnid imom, hofiz Isʼhoq ibn Rohavayning bergan taklifi va Buxoriyning tushiga Alloh taolo tomonidan berilgan ilohiy rag‘bat. Bu ikki sabab ham 20-22 yoshdagi Muhammad ibn Ismoil Buxoriyga kelajakda “Sahih al-Buxoriy” asarini yozishga katta rag‘bat bergan. Bu ilohiy rag‘bat va ustozining irshodi uning keyinchalik buyuk asarni tasnif etishi va bu asar Qurʼoni karimdan keyingi maqomda bo‘lishida ishorat bo‘lgan. Shundan so‘ng Imom Buxoriy shoh asarni yozishga kirishib, uni 16 yilda yozib bitirgan. Asarni boshlanishi 217/833-yilda bo‘lib, bu vaqtda Imom Buxoriyning yoshi 23 yoshda bo‘lgan. Buyuk muhaddis 39 yoshida 233/849-yilda yozib bitiradi. Bu ulug‘ ishni bajarish Alloh taoloning buyuk marhamati bilan yer yuzida faqat Imom Buxoriyga nasib etgan.

Imom Buxoriy “Sahih al-Buxoriy” asarini jamlash uchun o‘zining xolis mehnati, mustahkam taqvo va zuhdi hamda o‘n olti yillik vaqtini sarflagan. Abu Isʼhoq Zanjoniy shunday dedi: “Abdurrahmon ibn Rasoyin Buxoriydan eshitdim, u Imom Buxoriydan eshitganligini shunday deb aytib berdi: “Sahih” kitobimni o‘n olti yilda yozdim. Men kitobdagi hadislarni olti yuz ming hadislardan tanlab oldim va uni (kitobni) Alloh taolo va o‘zim o‘rtamda hujjat qilib bitdim” deb aytdi”iii. Imom Buxoriyning bu so‘zi haqiqatdan o‘z isbotini topdi, o‘z davrida aytilgan bu bashorat asrlar osha butun islom ulamolari tomonidan ittifoq bo‘lindi. Ko‘plab hadis borasida asarlar tasnif etilsada, bu kabi asarni dunyo yuzi qaytib ko‘rmadi.

“Sahih al-Buxoriy” asarining nomlanishi borasida muhaddis va muarrixlarning bir nechta qarashlari mavjud. Asarning mashhur bo‘lgan nomi “al-Jomiʼ as-Sahih” bo‘lib, asosan ushbu nom bilan tarix va hozirgi davrda yuritilib kelinadi. Imom Buxoriy bu shoh asarini aslida “al-Jomiʼ al-Musnad as-Sahih al-Muxtasar min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi” (Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sunnatlari va u kishining hayotlari haqida qisqa, sahih, sanadi uzluksiz, barcha islom ahkomlarini jamlovchi) deb nomlaganiv. Bu nom bilan kelganligini ko‘plab muhaddis va allomalar taʼkidlaydi. Jumladan, Abu Nasr Kalaboziy “Rijolu Sahih al-Buxoriy”, Abduxoliq ibn G‘olib ibn Atiyya “Fihrist ibn Atiyya”, Hofiz ibn Xoyr Ishbiliy “Fihrist mo ravo an shayxihi”, Hofiz Badruddin Ayniy “Uʼmdat al-Qoriy” asarlarida “al-Jomiʼ al-Musnad as-Sahih al-Muxtasar min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi” deb nomlanganini tasdiqlaydiv. Muhaddisning “Sahih al-Buxoriy” asarini bunday nomlanishida quyidagi sabablar keltirib o‘tiladi:



“al-Jomiʼ” – deb nomlanishi asar islom ilmlaridan bo‘lgan imon, tavhid, ibodat va muomalat hukmlari, jihod va g‘oziylik, tarix, fazoil, manoqib, tafsir, nikoh, odob-axloq, zuhd kabi masalalarni qamrab olgan. Hadis ilmida bu masalalarni o‘z ichiga olgan asar “Jomiʼ” deb nomlanadi.
“al-Musnad” – asarda hadislarning muttasil sanad bilan kelgani, har bir hadis marfuʼ yaʼni sanadining Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga borib ulanishiga aytiladi. Imom Buxoriy asaridan oldin tasnif etilgan hadis asarlarida sahih hadislardan boshqa zayif, munqatiʼ-roviyning bir joyda tushib qolishi va muʼzal-bir joyda ikki roviyning tushib qolishiga o‘xshash hadislar ham kiritilgan. Bu asarda bu kabi hadislarning uchramasligi bilan muhim ahamiyatga ega.
“as-Sahih” – mazkur asarda faqat sahih hadislar saralab olingan. Imom Buxoriy o‘z asarida oldingi asarlardan farqli bo‘lgan yo‘nalishga asos solgan. Muhaddisgacha bo‘lgan davrda jamlangan kitoblarda sahih, hasan, zayif, mavzu hadislar birga jamlangan. Imom Buxoriy hadislarning fiqhiy mavzusi, turi, sahihligiga qarab tasniflash metodiga birinchi bo‘lib asos solgan muhaddisdir.
“al-Muxtasar” – Imom Buxoriy yod bilgan yuz ming sahih hadislar ichidan 7275 tasi tanlab olingan. Asarni hajmi katta bo‘lib ketishidan saqlangan va hadislarning takrorlanmaslik va ularning nodir jihatiga alohida eʼtibor qaratgan. Asarni boshlashda muhaddisning niyati ham ustozi Isʼhoq ibn Rohavayning taklifi asosida butun sunnat va hadislarni jamlovchi qisqa-muxtasar asar yaratish bo‘lgan.
“min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi”- asarda jamlangan hadislarning barchasi Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan so‘zlari, bajargan ishlari, sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlashlari va u zotning ulug‘ shamoillari, tarixi va chiroyli xulq-odoblarini qamrab olganligidirvi.
Islom tarixida buyuk maqom kashf etgan muhaddisning shoh asari asrlar osha o‘rganilib, islom taʼlimotida Qurʼoni karimdan keyingi manba sifatida foydalanib kelinmoqda. “Sahih al-Buxoriy” asarining yaratilishi va uning keyingi avlodlarga yetib kelishida ham buyuk bir ibratli tarix bor. Zero, bu asarning butun musulmonlar qalbidan joy olishi bejiz emas. Imom Buxoriyning tinimsiz ilm yo‘lida chekkan mashaqqati, qirq yil sahroi-shaharlarni kezib qiyinchiliklarga sabr qilishi, tunu-kun qilgan ilmiy mehnati, sof eʼtiqodi va xolis amalining buyuk samarasidir. Imom Buxoriy bu asarni yozib tarixning oltin sahifasiga muhrlashi bilan faqat orzu hafas va shirin xayol bilan ulug‘likka erishib bo‘lmasligini isbotladi. Ilm yo‘lidagi buyuklik ilm-maʼrifat va xolis xizmat bilan bo‘lishini o‘zining ibratli hayoti bilan ko‘rsatib berdi.



Download 110,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish