Burhoniddin al-Marg’inoniy va uning ,,al-Hidoya” asari Bajardi:Abdullayev Nuriddin - Tarixda ,,Islom daraxti Arabistonda ko’karib gullagan bo’lsa, mevasi Movarounnahrda yetilgan” degan hikmatli e’tirof bor. Ayni shu e’tirofning paydo bo’lishiga sabachilardan biri islom huquqshunosligining ulkan namoyondasi Burhoniddin Marg’inoniydir. To’liq ismi Imom Burhoniddin Abul Hasan Ali Ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy[1] buyuk mutafakkir, fiqh ilmi rivojiga hissa qo’shgan buyuk faqih, muhaddis, Shayx-ul islom, imom darajasiga erishgan buyuk mujtahid. O’sha davrda Marg’ilon tarkibiga kirgan (hozirgi Rishton tumani) Dahbed qishlog’ida tavallud topgan.
- Marg’inoniyning tavallud sanasi haqida Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning ,,Samariya” nomli kitobida ,,mavlono Burhoniddin Marg’inoniy hijriy 515 yilning 12-rajab oyida shanba kuni (milodiy 1123-yil 23-sentabrda) tavallud topgan” deb ma’lumot beriladi. 1197-yil vafot etgan. Buyuk faqih, «Radd ul-muxtor» asarida keltirilishicha, Samarqanddagi 400 ga yaqin Muhammad ismli faqihlar dafn etilgan «Turbat ul- Muhammadiyn», ya’ni Muhammadiylar qabristoniga dafn etilgan. Bu qabriston tarixda «Chokardiza» nomi bilan mashhurdir. Burhoniddin Marg’inoniy ziyoli oilada tug’ilgan, uning otasi ham o’z davrida olim bo’lgan. Dastlabki ilmni ham otasidan o’rganganligi ham fikrimizni isbotlaydi.
- Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni “Kifoya ul-muntahiy” deb nomladim”.[3] Keyinchalik bu asarlarning ham hajmi kattalik qilib, yanada moʻjaz boʻlgan, butun islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qoʻllanmasiga aylangan al-Margʻinoniyning “al-Hidoya” asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur boʻlib ketdi, musulmon huquqi – fiqh boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi. “Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan boʻlgan Abu Hanifa an-Nuʼmon ibn Sobit, Abu Abdulloh, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, bu allomalarning shogird va safdoshlaridan imom Abu Yusuf, imom Abu Abdulloh ibn Husayn ash-Shay-boniy (imom Muhammad), imom Abul-Xazl Zufar ibn Xazllarning asarlari, dastlabki toʻrt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi.
- Bundan tashqari, “Hidoya”da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning “Mabsut”, ibn Iso at-Termiziyning “Jomeʼ ul-Kabir” (“Katta toʻgsham”), Quduriyning “al-Muxtasar al-Quduriy” kabi asarlariga ishora qilinadi. “Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshka mualliflar eʼtirozlari yoki qoʻshilishlarini izhor etish yoʻli bilan berilgan. Ana shu obroʻli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yoʻliga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi. “Hidoya” toʻrt juzdan iborat boʻlib :
- Birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular : tahorat, namoz, roʻza, zakot va haj kitoblaridir;
- Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yoʻqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan;
- Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga oʻtkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, daʼvo, iqror boʻlish, sulh, bir ishda pul bilan sherik boʻlish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovgʻa, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod boʻlgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar oʻrin olgan;
- Toʻrtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bogʻdorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka soʻyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi toʻlash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
- “Hidoya” bir necha asrlar davomida koʻp musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik boʻyicha eng asosiy qoʻllanma hisoblanib, bu yerda 1917-yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda boʻlib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. “Hidoya” ning qisqartirilgan ruscha tarjimasi 1893-yilda N.P.Grodekov tomonidan nashr etilgan.[4]
- Xulosa qilib aytganda O’rta Osiyo faqihlarining har biri o’z salohiyati, ilmiy uslubi va yashagan davr sharoitiga qarab, islom huquqi, ayniqsa, hanafiya mazhabi rivoji yo’lida o’zlaridan barhayot asarlar qoldirganlar. Ular orasida imom Burhoniddin Marg’inoniyning qimmatli huquqiy asari ,,al-Hidoya” o’z ixchamligi, mukammalligi, hanafiya mazhabini boshqa ahli sunna mazhablari bilan qiyosiy uslubda o’rganib, har tomonlama yoritilganligi uchun o’ziga xos katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Burhoniddin Marg’inoniyning val-milla (din va millat hujati), hidoyat yo’lining sorboni kabi faxriy nom olganlar. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni oʻrganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |