О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 244,5 Kb.
bet5/17
Sana03.01.2022
Hajmi244,5 Kb.
#313339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs ishi talim samaradorligini oshirishning psixologik xususiyatlari

O’quv sharoitining motivatsiyasi. Motivaciyaning manbalari quyidagilar:

  1. Ichki manbalar. Ular insonning tug’ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug’ma informaciyaga bo’lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.

  2. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sharoitlari bilan belgilanadi.

Talabalar ularning birinchisi bo’lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan ta`limiy xulq-atvor formalarini bildiradi. Bog’cha, maktayu, oila boladan juda ko’p ishlarni amlaga oshirishni talab qiladi.

Ijtimoiy kutish har birimizdan ma`lum bilimlar, ko’nikmalar darajasini bo’lishi zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, 1 yoshli bola yurishi kerak deb hisoblaymiz.

Imkoniyatlar – shaxs faoliyatini belgilovchi ob`ektiv shart-sharoitlardir. Masalan, bolaning uyidagi boy kutubxona uni kitob o’qishga undaydi.


  1. Shaxsiy manbalar. Bu shaxsning qadriyatlari sistemasi, ustanovkalari, g’oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchais faoliyatning kechishiga ta`sir etib, ta`lim jarayonining motivaciyasini tashkil etadi.

O’quv harakatlari faoliyatda qanday funkciyani bajarishiga qarab o’quv faoliyati quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

  1. tashqi informaciyani passiv o’zlashtirish;

  2. informaciyani aktiv qidirish, topish va undan foydalanishdir;

  3. tashqaridan boshqariladigan yo’naltirilgan informaciyani qidirib topishdir.

Ta`lim oluvchilarning ta`lim faoliyati xarakteriga ko’ra ta`limning quyidagi metodlari ajratiladi:

  1. tushuntiruv – ko’rsatmalilik metodi;

  2. reproduktiv metod – bilimni qayta xotirada tiklash metodi;

  3. muammoli ta`lim metodi – produktiv xarakterdagi metoddir;

  4. qisman izlanish metodi – o’quvchidan ijod qilishni talab etadigan metod;

  5. tadqiqot metodi – o’qituvchi (metodisiz) yordamisiz tashkil etiladigan ta`lim metodi;

  6. aqliy xatti-harakatlar bilimlar, malaka va ko’nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlanishi nazariyasiga ko’ra (P.Y.Gal`perin) bu jarayon 6 bosqichdan iborat:

a) motivaciya;

b) tushuntirish;

v) moddiy shakldagi xatti-harakatlarni bajarish;

g) baland ovozda xati-harakatlar va vazifalarni bajarish;

d) xatti-harakatlarni ichki planda bajarish;

e) faoliyatni fikran bajarish.

Ta`lim jarayonining samaradorligi bir qancha psixologik omillarga bog’liqdir.bular avvalo o’quvchining o’qishga bo’lgan munosabati, uning diqqati xususiyatlari, o’qituvchi tomonidan belgilangan ustanovkalar, o’qitishning emocional xususiyati va o’quvchining qiziqishlaridir.

Tushuncha va bilimlarning shakllanishi. Bilimlarni o’rganish bir necha bosqichni o’z ichiga oladi:



  1. ma`lum sinfga kiruvchi predmet va hodisalarni namoyish qilish;

  2. bu predmet va hodisalarni kuzatish;

  3. aniqlangan xususiyatlarni taqqoslash, analiz qilish;

  4. ajratilgan xususiyatni mavhumlashtirish.

Ilmiy tushunchalarni shakllantirish, bilish masalalarini echishga qaratilgan aktiv faoliyatdir. Bu faoliyat muammoni aniqlash, yechish va uni shakllantirishdan iborat.

Tasavvur va hayotiy tushunchalardan farqli ravishda ilmiy tushunchalar predmetlarning bevosita qiyosiy xususiyatlarini aks ettirmasdan, ularning umumiy va muhim ob`ektiv munosabatlarini aks ettiradi. Ilmiy tushunchalarning manbai hissiy tajriba bo’lmasdan, balki predmetlarni o’zgartirish yo’li bilan ularning yangi munosabati va xususiyatlarini aniqlaydigan ma`lum harakatdir.

Ta’limning asosi – o’qituvchining o’quvchilarga etkazadigan mo’l-ko’l axborotini esda olib qolish emas, balki bu axborotni olish jarayonida o’quvchilarning o’zlari faol ishtirok etishi, ularning mustaqil fikr yuritishini, mustaqil bilim olish qobiliyatini sekin-asta shakllantirib borishdan iborat bo’lmog’i lozim. Hozirgi davrda T.V.Kudryavcev, A.M.Matyushkin, Z.I.Kalmikova va boshqalar muammoli ta`limning asoslarini ishlab chiqdilar. Uning mohiyati quyidagicha: “O’quvchilar oldiga bilishga oid muammo quyiladi. Ular bu muammoning echimi haqida gipoteza tuzadilar, uning tekshirish usullarini belgilaydilar, muhokama qiladilar, isbotlaydilar. O’quvchilarning mustaqil kashf etish va izlashi bilan bog’liq metod evristik yoki tadqiqotchilik metodi deb ataladi. Ta`lim jarayonida o’quvchilar bilimlarini o’zlashtiribgina qolmay, xilma-xil ko’nikma va malakalarni hosil qiladilar”. Ko’nikma – bu to’g’ri usul va qo’llanmalarni tadbiq qilgan holda biror faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishdir.

Malaka – mustahkamlangan, avtomatlashtirilgan ish usullari va yo’llari bo’lib, bu usullar murakkab faoliyatning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ko’nikmalar mashqlar jarayonida vujudga keladi, lekin har qanday mashq ham ko’nikmani vujudga keltirmaydi. Ko’nikma harakatlarni bajarishning to’g’ri usullarini egallash bilan bog’liqdir.

Ta’lim talabaga mufyyan ko’lamda va darajada bilim, ko’nikma va malaka berishga, shuningdek shaxsning aqliy faoliyatini rivojlantirishga qartilgan murakkab jarayon hisoblanadi. Ta’lim ikki tomonlama xarakterga ega bo’lib, o’qituvchi (ta’lim beradi) va talaba (ta’lim oladi) larning hamkorlikdagi faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Ta’limning muvaffaqiyati, birinchidan o’qituvchi bilan talabalar jamoasi hamkorligidagi faoliyatining faol tarzda o’tishiga, ikkinchidan, nimalardan saboq berishga, Kim tomonidan tashkil qilishga, uni qanday metodlar Bilan amalga oshirishga va kimlarni o’qitishga ko’p jihatdan bog’liqdir.

Oliy ta’lim tizimida o’qish o’qituvchi rahbarligidagi o’qitish jarayonining bir tomonini xarakterlaydi, xolos. O’qishdagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi asosiy omil talabaning mustaqilligidir. Mustaqillik ta’limning obektiv /o’quv materiali, o’qitish sur’ati, metodi, darsliklar va boshqalar/ va subektiv /talabaning o’quv motivi, qiziqishi, mayli kabilar/ sabablariga ta’sir qiladi. Bu o’rinda ta’sir o’tkazish, ta’sirlanish, o’z-o’zini qo’lga olish, o’z-o’ziga buyruq berish holatlari muxim rol uynaydi.

Pedagogik psixologiyada ta’lim /o’qitish/, o’qish /o’rganish/ bilan bir qatorda o’zlashtirish tushunchasi ham qo’llaniladi. Oliy maktab amaliyotida o’qish va o’qitish oldiga qoyiladigan asosiy vazifa bilimlarni, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishdan ibratdir. O’zlashtirish jarayoni inson faoliyatining ajralmas qismi bo’lib pedagogik psixologik ta’sirlar talabalar ongida qay yo’sinda tasavvur obrazlari, fikr va mulohazalar bo’layotganligi, ularning amaliy faoliyatlarida qanday shaklda aks etayotganligi, psixik o’sishga, ilmiy dunyoqarash va e’tiqodlarni egallashga yordam berayotganligini aks ettiruvchi murakkab jarayon hisoblanadi.

Kuzatuvchanlikni talabaarda shakllantirish uchun o’qituvchi ular oldiga aniq va muayyan maqsad qoyishni: yaxlit predmetdan bo’lak va qismlarni ajratishni, obektlarni o’zaro taqqoslashni, muxim va nomuxim belgilarni farqlashni o’rgatish lozim. Kuzatish yordamida o’rganilgan narsa va hodisalar talabalar tomonidan rasmlar, chizmalar, loyihalar, esdaliklar, muloxazalar tarzida qayd qilib boriladi. Faol maqsadga yo’naltirilgan uzluksiz kuzatish zamirida ularning kuzatuvchanlik xususiyati tarkib topadi va bilimlarni puxta, tez va aniq o’zlashtirish uchun xizmat qiladi.

Bilimlarni o’zlashtirishning muxim tomonlaridan biri o’quv materialini tushinishdan iborat bo’lib, ularning o’zoro bog’liqligi, predmetlararo aloqasi, muayyan sohalarga va tizimlarga taalluqligini anglash bosqichiga ko’tariladi. Talaba o’rganilayotgan materiallarni o’tilgan mavzular bilan murakkab ichki bog’lanishga ega ekanligini, qonuniyat ta’rifini, sabab-oqibat munosabatlari kelib chiqishini tushunish imkoniyatiga ega bo’lmog’i zarur. Bu narsalarni oddiy idrok qilish yoki kuzatish orqali anglab bo’lmaydi. Shuning uchun u fikrlash, mulohaza yuritish, ijodiy izlanish, ya’ni tafakkur qudrati Bilan aniqlanadi.

O’quv materiallarini o’zlashtirish uchun talabalar matndagi har bir tushunchalarni anglab yetmog’i zarur. Masalan, «kitob» - umumiy tushuncha, ya’ni bunda bir jinsdan bo’lgan ko’p narsa va hodisalar gavdalanadi; «Samarqand» - yakka tushuncha, chunki yakka nom haqida ma’lumot beradi; «daraxt» -yaqqol tushuncha, bu yerda alohida olingan bir butun narsaga aloqadorlik aks ettirlmoqda; «siyosat» mavhum tushuncha. Hatto talabaga «gulzor» so’zini to’planma tushunchalarga taalluqli ekanligini isbotlab, dalillab bermog’i shart.

Bilimlarni aniqlash va ularni mustaqil o’zlashtirish jarayonida fikr yuritish operasiyalaridan unumli foydalanmog’i darkor. Masalan: matnni tahlil va sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, tizimlashtirish va hokazo. Tahlil narsa va hodisalarni fikran tarkibiy qismlarga ajratishdan iborat bo’lib, unda butunning bo’laklarga nisbatan munosabati aniqlanadi. Sintez esa, aksincha, fikr obekti bo’lgan narsa va hodisalarning tarkibiy qismlarini fikran bir butun qilib qo’shishdir.

O’rganilayotgan narsa va hodisalardan ularning muhim belgilarini, sifat yoki xususiyatlarini fikran ajratib, ana shu belgi sifat yoki xususiyatlarni mustaqil fikr obektiga aylantirsh, ya’ni mavhumlashtirish /abstraksiyalashtirish/ Ayni muddaodir. Shuningdek, ular o’zlashtirilayotgan narsa va hodisalarning muxim va uxshash belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtirish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. Psixologiya fanida uning uchta ko’rinishi mavjuddir: ta’kidlovchi, ayruvchi, taqqoslovchi.

Talabalar o’zlashtirilgan bilimlari yuzasidan mustaqil ravishda hukm chiqarish imkoniyatiga erishmoqlari kerak. Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deyiladi. Ta’limda odatda hukmlarning yakka, umumiy, ehtimollik kabi turlari ko’p qo’llaniladi. Masalan, «Alisher Navoiy o’zbek adabiy tilining asoschisidir» /yakka hukm/, «O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari mehnat qilib, bilim olish huquqlariga egadirlar» umumiy hukm, «Ehtimol, quyosh tizimidagi sayyoralarning ko’plab yo’ldoshlari bordir» /ehtimollik hukm/ va boshqalar.

Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi Bilan talaba ikki va undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qiladi. Xulosa chiqarish induktiv, detuktiv va analogiya turlariga bo’linadi. Induktiv xulosa chiqarishda fikrning yo’nalishixususiydan umumiylik tomon boradi. Masalan, «I kurs talabalari paxta terimida faol ishtirok etadilar», «Paxta yig’im-terimida III kurs talabalari ham qatnashadilar», «Paxta yig’im-terimida IV kurs talabalari ham chetda turmadilar», talaba yuqoridagi hukmlardan yangi umumiy hukm chiqaradi: «Universitetimizning barcha talabalari paxta yig’im-terimida faol ishtirok qildilar».

Deduktiv xulosa chiqarishda fikrning yo’nalishi umumiylikdan xususiy tomon boradi. Masalan, «Respublikamiz mehnatkashlari yer kurrasida tinchlik bo’lshi uchun qo’l qoyganlan», «Bizning Toshkent Davlat universiteti talabalari ham tinchlik tarafdoridirlar».

Analogiya yo’li Bilan xulosa chiqarishda fikrning xususiydan xususiya tomonga qaratiladi. Masalan, «Havo o’zgarib, avzoyi buzilmoqda», «Utgan yili ham shunday havodan keyin sovuq shamol esib, qor yoqqan edi», «Ob-havo xuddi shunday o’zgarib turibdi, albatta yana qor yoqsa kerak». Xudi shu anologik yo’l bilan talabalar boshqa hodisalar to’g’risida ham xulosa chiqarishi mumkin. Mustaqil xulosa chiqarish o’zlashtirilgan materiallarni tushunishdan dalolat beradi.

Talabalar oldida muammoli vaziyatlar vujudga keltirilganda, ularning yechimini mustaqil ravishda topishlari kerak bo’ladi. Aytaylik, manna bunday vaziyat maydonga keladi: «Mustaqil bilim olish uchun talabalar qanday imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak?» Mazkur muammo yechimini aniqlash uchun, birinchi navbatda, uning mohiyaini anglash, yechish yo’llarini va vositalarini topi shva tadbiq qilish, yechimini tekshirish kabi murakkab faoliyatni amalga oshirish zarur. Ana shundan so’ng talabada o’quv materiallarini o’zlashtirishga ongli yondoshish ko’nikmasi vujudga keladi. Shu bilan birga ular narsa va hodisalarning mohiyatini aks ettiruvchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdan /mavxum tafakkurdan/, nazariy muloxaza bildirishdan /nazariy tafakkurdan/ foydalanishi kerak. Chunki tushunchalarni anglash fikr yuritishning turli ko’rinishlarini mustaqil ravishda qo’llashni taqozo qiladi.

O’quv materialini esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirishsh uchun xotiraning bir necha xil vositalaridan foydalaniladi. Dastlab bilimlar, axborotlar talaba ongiga assosiativ yo’l bilan boradi.


Jumladan, o’rganilayotgan narsa va hodisalarning o’zaro o’xshashligi, yondoshligi, qarama-qarshiligi, kontrast holati mavjud bo’lgandigi sababli, ular yegilroq o’zlashtiriladi. Ba’zan qonun va qoidalar ma’nosiga tushunmay, mexanik ravishda yod olinadi. Lekin, bunday materiallar esda po’xta saqlanmaydi. Ana shuning uchun o’quv materiallari mohiyatini imkoni boricha mantiqiy yo’l bilan esda olib qolish kutilgan samaralarni beradi. Ayniqsa , esda olib qolishning omilkor usullaridan foydalanish o’zlashtirish sifatini oshiradi. Chunonchi, ma’nosiga ko’ra matndagi so’zlarni, iboralarni fikran guruhlashtirish, matndan tayanch nuqtalarini topish, matn buyicha reja tuzish, o’tilgan mavzularni idrok qilgan holda yangi mavzuni takrorlashning axamiyati nixoyatda kattadir.

O’zlashtirish jarayonidagi samaradorlik ko’p jihatdan talabalarga beriladigan ustanovkalarga ularning ruhan shu narsana qabul qilishga tayyorgarligi, yaqqol ko’rsatmalar berilishi, inson o’zini-o’zi yo’naltirish jarayoniga bog’liqdir. Odatda ularning materiallarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uzoq yoki qisqa muddat esda saqlashga, aniq esga tushirishga, erkin fikr yuritishga mo’ljallangan ko’rinishlarga ajratish mumkin.

O’qituvchi talabalarda esda olib qolish xususiyatlarini /ustanovkani/ hosil qilishda qaysi materialni uzoq muddat saqlash, qaysi turkumdagi materialning mohiyatini tushunib olishni; nimalarni aynan esda qoldirish, qanday axborotlarni o’z so’zi Bilan ifodalagan holda xotirasiga joylash kabilarning usul va vositalarini tushuntirib berishi lozim.

Bilish jarayonining barqarorligi, mazmundorligi va tartibliligi bevosita diqqatga bog’liqdir. Diqqat passiv, kuchsiz bo’lgan vaqtda bilish jarayoni sekinlashadi yoki tormozlashadi. Talabalarning diqqati uzoq vaqt davomida muayyan vazifaga qaratilgandagina bilish jarayoni amalga oshadi. Diqqat faolligiga ko’ra ixtiyorsiz, ixtiyoriy , ixtiyoriydan keyingi; obektga qarab tashi, ichki; faoliyat shakliga qarab yakkahol, guruhiy, jamoaviy turlarga bo’linadi.

Ixtiyorsiz diqqat ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, o’qitishda diqqatning faqat manna shu turiga asoslanib ish ko’rish maqsadga muvofiq emas. Ma’lumki, o’ta qiziqarli ma’ruzalar, mashg’ulotlar talabalarning fikr yuritishiga, qiyinchiliklarni yingishiga salbiy ta’sir qiladi. Saboq berish jarayonida ko’proq ixtiyoriy diqqatga tayanish yaxshi natija beradi. Chunki, irodaviy diqqat Bilan emosional qiziqishning birlashuvi diqqatni shakllantirishning muhimsharti hisoblanadi.

Shu narsani alohida ta’kidlab o’tish kerakki, irodaviy diqqatdan uzoq fursat foydalanish uning chalg’ishiga olib keladi. Binobarin, mashg’ulotlarda diqqatning har qaysi turidan foydalanish zarur. Ayniqsa, bu o’rinda ixtiyoriydan keyingi avtomatlashgan diqqat turi alohida axamiyatga ega.

Ta’lim jarayonida qiziqishning roli g’oyat muhim. Chunki qiziqishlar talabalarning o’qishga nisbatan munosabatini, o’quv predmetlarining mazmuniga ko’ra moyillik kuchini aks ettiradi. Moyillik kuchi ularda yuzaga kelgan bilimga nisbatan extiyojlariga javob reaksiyasini bildiradi; bilishga chanqoqlik xislarini qondirish vositalarini izlab topishga yo’l ochadi. Qiziqishlar, odatda, bevosita va bavosita, beqaror va baqaror, keng va tor, umumiy va maxsus turlarga bo’linadi. U sinchkovlik, bilishga qiziqish, turg’un qiziqish bosqichlarini bosib o’tadi. Qisqa muddatli sinchkovlikka ega bo’lgan talabalar mashg’ulotda olgan bilimlarni oddiygina idrok qilish bilan kifoyalanib, ichki mohiyatni ochib berishga urinmaydilar. Qiziqishlikka ega bo’lganlar – predmet, voqea va hodisalarni o’zaro jamlab umumiy xulosa chiqarishga harakat qiladilar.

Lekin bunday haarkatlarni amalga oshirishda chuqur mazmunga ega emasligi namoyon bo’ladi. Bilishga qiziqish paydo bo’lgan talabalar o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishga intiladilar. Ularning intilishlari barqaror xarakter kasb etib, narsa va hodisalar mohiyatini anglab olishga qaratilgandir. Turg’un qiziqishni egallagan talabalarga bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishdan, maqsadni aniq yoritishdan tashqari barcha narsa va hodisalarning o’zaro munosabatlarini tushuntirib berishda hamma vaqt ijobiy munosabat, ijodiy yondoshish xarakterlidir. Ularda tashabbuskorlik, ijodiy izlanish, tirishqoqlik kabi shaxs sifatlari majmuidir.

O’zlashtirishning samaradorligi talabalarning irodaviy zo’r berish, ma’naviy extiyoji va anglashilgan o’quv motiviga bevosita bog’liq. Shunday ekan, ularni qiyinchiliklarni yengishga, ayrim paytda duch keladigan muvaffaqiyatsizliklar oldida dovdirab qolmasdan, balki ularni o’z-o’zini boshqarishga buyruq berishga o’rgatish ayni muddaodir. Buning uchun ularda qiyinchiliklarni yenga olish o’quvini, o’z-o’zini qo’lga olish fazilatini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini takomillashtirish, ichki imkoniyatini ruyobga chiqarishga xizmat qiluvchi treninglar, ishbilarmonlik qyinlari, rolli va syujetli oyinlarga oid mashqlar majmuasi, mashqlar to’plami mavjuddir. Ularning har biridan unumli foydalanish yo’l-yo’riqlarini talabalarga tanishtirish o’qituvchining kasbiy burchidir.

Ta’lim jarayonida o’qituvchi bilan talabalar muloqoti va muomalasini oqilona tashkil qilish, talabalarning individual-tipologik jinsiy, etnopsixologik, hududiy, yosh davrlari xususiyatlariga, intellektual rezervlariga, iqtidoriga e’tibor berish, hamkorlik faoliyatini, to’g’ri joriy qilish o’quv-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi.




Download 244,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish