Yakunlovchi bosqich – mazkur oyindagi barcha pedagogik-psixologik jarayonlarning natijalarini jamlashdir.
Oyinlarning samaradorligini oshirishning eng muhim shartlari quyidagilardan iboratdir:
Psixologik yo’nalishda:
- o’quvchilarning hissiyotli kayfiyati;
- emotsional fondni vujudga keltirish;
- oyin faoliyatida xohishni tarkib toptirish;
- xayol va tasavvur kayfiyatini hosil qilish;
- faol idrok etish, kuzatuvchanlik va ongli fikrlash, irodalilik.
Pedagogik yo’nalishda;
- oyin jarayonining izchil va yaqqol maqsadga qaratilishi;
- oyinning vazifalarini belgilash;
- o’quvchilarni oyinning mazmuni bilan yaqqol va ifodali tanishtirish;
- oyinda o’qituvchining bolalar bilan baravar qatnashuvi;
– oyin jarayonida she'rlar o’qish, kuylash, raqs tushish, taqlid qilish, imo-ishoralarni bajarish, shuningdek, oyinga tayyorlanish jarayonida oyinda va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda tasviriy ijod bilan shug’ullanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |