199
G.Leybnits va R.Dekart tomonidan rivojlantirildi. Uningcha, borliqning
mustaqil asoslari sifatidagi boʻshliq ham, sof davomlilik ham mavjud emas.
Makon narsalarning koʻlamini, oʻzaro joylashish tartibini, uzlukli yoki
uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning
davomiyligini ifodalaydi
.
Ob‘ektlarning koʻlamliligi
va jarayonlarning
davomiyligi birlamchi xossalar emas, ular tortilish va itarilish kuchlari, ichki
va tashqi oʻzaro ta‘sirlar, harakat va oʻzgarish bilan belgilanadi. Mazkur
nuqtayi nazardan koʻrsatilgan munosabatlar doirasidan tashqa‘rida makon va
vaqt mavjud boʻlmaydi. Bu yoʻnalishning atoqli namoyandasi G.Leybnitsdir
(1646–1716).
Oʻrta asrlar falsafasida makon va vaqtga obyektiv idealizm nuqtayi
nazaridan yondashuv boʻlib unga koʻra faqat Xudo makon va vaqtdan
tashqa‘rida deb fikrlanadi.
Mazkur nuqtayi nazarning shakllanishiga Avliyo
Avgustin (354–430) salmoqli hissa qoʻshgan. Idealistik qarashlar makon va
vaqtning obyektivligini rad etish va ular ongning turli shakllariga qaramligini
tan olish bilan bogʻliq. Masalan, subyektiv idealizm vakillari (Berkli, Yum,
Max va boshqalar) makon va vaqtga individual ong shakllari sifatida
yondashadi. Xususan, D.YUm uchun ular faqat idrokda mavjuddir. I.Kant
ham makon va vaqtga subyektiv deb qaraydi,
ammo ularni aprior, ya‘ni
insonga tajribaga qadar berilgan hissiy mushohada shakllari sifatida
tushunadi. I.Kant makon va vaqtni inson hissiyoti shakli – kuzatish shakli
sifatida talqin qiladi. Unga koʻra, aynan dunyoni bilishga harakat qilayotgan
subyekt oʻziga berilgan dunyoning muayyan makon va vaqtdagi shakl-
shamoyilini yaratadi...
Sub‘ektiv-idealistik yondashuv uchun makon va vaqt – tasavvurlarning
joylashuv usuli, binobarin, ular oʻz kelib chiqishining psixologik manbaiga
ega
.
Berklidan Maxga qadar makon va vaqt - sezgilarning tartibga solingan
qatorlari shakllaridir, degan yondashuv amal qildi.
Ingliz
faylasufi Pirson
fikriga koʻra, makon va vaqt amalda mavjud emas, ular narsalarni idrok
etishning subyektiv usuli, xolos. Makon – narsalarni idrok etish tartibi yoki
kategoriyasi
boʻlsa,
vaqt
voqealarni
idrok
etish
kategoriyasidir.
A.A.Bogdanov makon va vaqtni tashkil etuvchi va uygʻunlashtiruvchi inson
tafakkuri mahsuli deb hisoblaydi.
Makon va vaqt tabiati haqidagi metafizik yondashuvlarni rad etuvchi
tabiiy ilmiy dalillar XIX asr oxirida fizikada elektromagnit nazariyasi yuzaga
kelishi bilan shakllana boshladi.
Uning rivojlanishi faylasuflarni boʻshliq
haqidagi tasavvurlardan voz kechishga majbur qildi. Dastlab u ―efir‖
toʻgʻrisidagi gʻoya bilan almashtirildi. Efir hamma joyda toʻliq, lekin mutlaq
va hech narsaga bogʻliq boʻlmagan makonning shakli vazifasini bajargan.
Keyinchalik bu tasavvurlardan ham voz kechildi.
Makon va vaqtni mutlaqo mustaqil atributlar sifatida qayd etuvchi
metafizik substansional konsepsiya XIX-XX asrlarda fanning rivojlanish
200
jarayonida oʻz ahamiyatini butunlay yoʻqotdi.
Lobachevskiy makon va
vaqtning evklid geometriyasi tavsiflamagan xossalari mavjud, degan
taxminni ilgari surdi. Bu taxmin absolyut makon konsepsiyasini inkor etadi,
chunki makon faqat geometrik tavsiflanishi lozim edi.
Asosiy gʻoyalari
A.Eynshteyn
tomonidan
1905-yilda
ta‘riflangan xususiy nisbiylik
nazariyasida makon va vaqtning geometrik xossalari ularda gravitatsion
massalarning taqsimlanishiga bogʻliq ekanligi aniqlandi. Uning fikricha
ogʻir obyektlar yaqinida makon va vaqtning geometrik xossalari evklid
geometriyasi tamoyillaridan uzoqlasha boshlaydi, vaqtning oʻtish surati esa
susa‘yadi.
A.Eynshteyn (1916-yilda) oʻzining umumiy nisbiylik nazariyasi
bilan nafaqat makon va vaqtning substansional konsepsiyasiga, balki makon
va vaqt mohiyatining subyektivistik aprioristik talqinlariga ham qaqshatqich
zarba berdi. U makon va vaqt xossalari moddiy tizimlar harakati va oʻzaro
ta‘siriga bogʻliq ekanligini koʻrsatib berdi. A.Eynshteyn oʻz nazariyasining
mohiyatini tushuntirar ekan, shunday deb qayd etdi: «Ilgari
qandaydir
moʻjiza yuz berib, barcha moddiy narsalar birdan yoʻq boʻlib qolsa, makon va
vaqt qoladi, deb hisoblashgan. Nisbiylik nazariyasiga koʻra esa, bu holda
narsalar bilan birga makon va vaqt ham yoʻq boʻlib ketgan boʻladi»
1
.
Hozirgi zamon tabiatshunosligi va falsafiy xulosalar nuqtayi nazaridan
obyektiv borliq makon, vaqt, harakat hamda modda va maydon turlari oʻzaro
ta‘sirining uzviy aloqasidan iborat
. Hozirgi olimlar yagona va obyektiv
makon va vaqt kontinuumi toʻgʻrisida soʻz yuritishni ma‘qul koʻradilar.
Makon va vaqt moddiy jismlar mavjudligining oʻzaro bogʻlangan shakllari
sifatida tushuniladi.
Makon – materiya borligʻining koʻlamlilik, tarkibiylik
kabi xossalari va uning oʻzaro ta‘sirlarini ifoda‘lovchi shakli. Vaqt –
materiya borligʻining barcha obyektlar mavjudligining davomiyligini va
keyingi holat oʻzgarishlarini tavsiflovchi shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: